5-mavzu:
ASAR POETIKASI –
KOMPARATIVISTIKA OBYEKTI
Reja:
5.1. Poetika haqida tushuncha.
5.2. Poetikaning tasnifi.
5.3. Badiiylik va badiiy mahorat.
5.4. Poetikaga oid zamonaviy tadqiqotlar.
Tayanch so‘zlar: poetika, umumiy, tavsifiy normativ, nazariy va
tarixiy poetika, poetik mahorat, badiiylik, badiiy olam, mezon.
Qiyosiy adabiyotshunoslik bo‘yicha olib boriladigan tad
qiqotlarning aksariyati poetika tushunchasi bilan bog‘liq.
Poetikaning asosiy maqsadi asar yaralishiga xizmat qiluv-
chi barcha badiiy unsurlarni yuzaga chiqarish, baholash va
yozuv chining mahoratini ko‘rsatib berishdan iborat. Muayyan
yozuv chi yoki shoirning badiiy asariga xos xususiyatlarni ta
lab darajasida tahlil etish uchun avvalo poetika nazariyasini
chuqur o‘rganib chiqish kerak.
Poetika atamasini birinchi marta Arastu asarida qo‘llagan
1
.
Faylasuf adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish
barobarida ularning badiiy xususiyatlariga xos jihatlarni ham
tahlilga tortadi. Shundan so‘ng Sharq va G‘arbda poetika bilan
bog‘liq ko‘plab ilmiy asarlar yuzaga keladi.
Rus olimi A.A.Potebnya (1835 – 1891) fan tarixida birinchi
lardan bo‘lib, poetikaning nazariy asoslari haqida ilmiy asarlar
1
Аристотель. Поэтика. Об искусстве поэзии. – М., 1961.
38
39
yozgan.
1
U «Tarixiy poetika» kitobida nazm va nasr, badiiy tas
vir vositalari, poetik va mifologik tafakkur, stilistik figuralar
haqida ilmiy-nazariy xulosalarini beradi. Uning adabiyot
shunoslikka doir ayrim izlanishlari
2
ni keyinchalik rus olimi
M.Baxtin davom ettirgan
3
. U.Jo‘raqulovning ta’kidlashicha,
yirik nazariyotchi olim M.M.Baxtin asarlarining birortasi ham
tarixiy va nazariy poetika sintezisiz amalga oshirilmagan
4
.
«Poetika» – yunonchadan olingan bo‘lib, «san’at, yaratuv-
chanlik, mahorat» degan ma’nolarni bildiradi. Rus olimi V.M.
Jirmunskiyning fikricha,
Dostları ilə paylaş: |