Aktiv eksperimentni tayyorlash va o‘tkazish Reja: Aktiv eksperimentni rejalashtirish



Yüklə 215 Kb.
səhifə3/5
tarix28.09.2022
ölçüsü215 Kb.
#64296
1   2   3   4   5
Aktiv eksperimentni tayyorlash va o‘tkazish Reja Aktiv eksperim

oralig‘ini tanlash

Eksperimentni amalga oshirishdagi kirish va chiqish ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, texnikaviy-iqtisodiy muloxazalar bilan asoslangan ma’lum bir cheklanishlarga ega bo‘ladi.


Faktorlarning o‘zgarish soxasi chegaralarini tanlash (XiminXi Ximax) jarayonni fizikaviy taxlili va oldin o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari xaqidagi axborotni o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Oldin o‘tkazilgan anxanaviy bir faktorli eksperiment natijalaridan olingan grafik va jadvallardan foydalanib, tadqiqotchi Y=fi (Xi) funktsiyasini o‘zgarish xarakterini va uning ekstremal qiymatlarini aniqlaydi. So‘ngra, bo‘lar asosida, u baxolash yuzasi F (X1,X2...Xn) ning mumkin bo‘lgan xarakterini belgilaydi.
Tadqiqotchi, faktorlarning mumkin bo‘lgan o‘zgarish soxasini belgilab, faktorli eksperimentni o‘tkazish uchun, bu soxaning lokal yuza qismini aniqlashga utadi.
Faktorli fazodagi bu yuza qismi faktorning asosiy darajasi X0i ni (eksperiment boshlanadigan faktorning qiymati) va faktorning o‘zgarish oralig‘i Iini tanlash bilan aniqlanadi. Faktorning asosiy darajasini qiymati, uning chegaralaridan ma’lum bir masofada bo‘lgan, faktorlar o‘zgarishining tanlangan soxasi ichida yetishi kerak, yaxni


Ximin + iIi  X0i  Ximax - iIi

bunda i  1 - lokal yuza qismini o‘rganish eksperimentlarida o‘zgarish oralig‘ining mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini baxolovchi koeffitsientdir.


Faktorlarni asosiy darajalarining qiymati Xi ni aniqlab, faktorlarning o‘zgartirish oralig‘i Iini tanlashga o‘tiladi.
Faktorni o‘zgartirish oralig‘i deb, shunday nomlangan songa aytiladiki, uni asosiy darajaga qo‘shish faktorni yuqori darajasini, ayirish esa - quyi darajasini beradi, yaxni Xvoi=X0i+Ii; Xni=X0i-Ii.
O‘zgartirish oralig‘ini tanlash eksperimentni rejalashtirishning eng muxim shartlaridan biridir. Agar, qandaydir faktorlar uchun o‘zgartirish oralig‘i juda kichik tanlangan bo‘lsa, unda bu faktorlarni ta’sir effekti, nafaqat uni chiqish ko‘rsatkichi U kattaligiga ta’sir ko‘rsata olmasligi bilangina emas, balki bu effekt chiqish ko‘rsatkichini o‘lchash xatosidan kichikligi uchun xam sezilarli bo‘lmaydi. Boshqa tarafdan, faktorlarni o‘zgartirish oralig‘i juda katta qilib tanlangan bo‘lsa, unda tadqiqot qilinayotgan baxolash yuzasini chiziqli tenglamalar bilan ifodalash mumkin emaslik xavfi paydo bo‘ladi. Faktorlarning o‘zgartirish oraliqlari, xar bir konkret xollarda tajribadan va tadqiqotchining intuitsiyasidan kelib chiqib tanlanadi.
Faktorlarning o‘zgartirish oralig‘ini tanlashda, tadqiqotchi, jarayon to‘g‘risidagi quyidagi boshlangich ma’lumotlarni xisobga olishiga to‘g‘ri keladi:
1) kirish faktorlarini o‘lchash aniqligi xaqidagi, bunda ularni shartli ravishda: yuqori aniqlik – 2 % li; o‘rta – 5 % li; va past - 10 % li xatolik bilan aniqlash.
2) oldin o‘tkazilgan anxanaviy rejadagi eksperiment asosida baxolash yuzasini egriligi xaqidagi;
3) faktorli fazoning turli nuqtalarida chiqish ko‘rsatkichlari qiymatlarini o‘zgarish diapazoni xaqidagi, yaxni y = Umax - Umin kattalik xaqidagi.
Bunda, agar y  y bo‘lsa bu diapazon tor, y > y bo‘lsa - keng diapazon deb shartlashib olinadi, (y - qaytalangan tajribalardagi Uni o‘rtacha kvadrat og‘ishi).
Faktorli o‘zgarish soxasining ulushga bog‘liq ravishda, faktorni o‘zgarishi oralig‘ining uch o‘lchovini (razmerini) ajratish mumkin:



Yüklə 215 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin