Aktiv eksperimentni tayyorlash va o‘tkazish Reja: Aktiv eksperimentni rejalashtirish



Yüklə 215 Kb.
səhifə2/5
tarix28.09.2022
ölçüsü215 Kb.
#64296
1   2   3   4   5
Aktiv eksperimentni tayyorlash va o‘tkazish Reja Aktiv eksperim

X2 faktorning darajalari

X1 faktorning darajalari

X1(1)

X1(2)

X1(3)

X1(4)

X1(5)

X2(1)
X2(2)
x3(3)
x2(4)
x1(5)

U11
U12
U13
U14
U15

U21
U22
U23
U24
U25

U31
U32
U33
U34
U35

U41
U42
U43
U44
U45

U51
U52
U53
U54
U55

Eksperimental ma’lumotlarga ishlov berish natijasida quyidagi bog‘lanishlarni aniqlash mumkin:


birinchi qator tajribalar uchun


X1=X2(1) bo‘lganda U1= f1 (X1)=F(x1, a1, v1, s1);
ikkinchi qator tajribalar uchun
X1=X2(2) bo‘lganda U2=f2(X1)=F(X1, a2, v2, c2);


k - qator tajribalar uchun
X1=X2(k) bo‘lganda Uk=fk (X1)=F(X1, ah, vk, ck);

bunda a,v,s - k tenglamalardagi regressiya koeffitsentlari, ular eksperiment ma’lumotlari orqali aniqlanadi.


Shunday qilib, qidirilayotgan funktsiya quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi
U = F (X1, a, v, s)

Xar bir qator tajribalar uchun a,v,s koeffitsientlar qiymati aniqlanib, ularni X2 qator darajasi kattaliklariga nisbatan o‘zgarishning bog‘lanishi topiladi, yaxni


a = (X2); v = (X2); s =  (X2)
Bu funktsiyalardan foydalanib, qidirilayotgan funktsiyani, yaxni ikki faktorli jarayonni matematik modeli olinadi:
U = F (X1, (X2), (X2),  (X2)

O‘zgartiriladigan faktorlar qiymati yoki darajalari ko‘rsatilgan o‘qlarga ega fazo - faktorli fazo deb ataladi. U qiymatlariga mos eksperimental nuqtalar tashkil qiluvchi yuza, baxolash yuzasi (poverxnostg‘ otklika) deb ataladi (4.1-rasm,a), bunda U=F (X1, X2) funktsiya - baxolash funktsiyasi deyiladi.


Agar baxolash yuzasini X1X2 tekislikka parallel tekislik bilan U0, 2U0, 3U0 va shunga teng masofalarda kesilsa, baxolash funktsiyasining bir xil darajalarini xarakterlovchi chiziqlar olinadi, bu chiziqlar teng daraja chiziqlari yoki konturli chiziqlar deb ataladi (7.1-rasm,b).
Eksperimentni anxanaviy rejalashtirishda olinadigan matematik model, ob’ekt faktorlarning o‘zgarishini keng oralig‘ida ifodalaydi, chunki darajalarning soni va ularni o‘zgartirish diapazoni faqat jarayonni amalga oshirishni texnikaviy imkoniyatlari bilan chegaralanadi. Baxolash funktsiyasining ekstremal qiymatlariga mos keluvchi faktorlarning qiymatini aniqlash uchun klassik taxlilning ma’lum bo‘lgan usullaridan foydalaniladi.



7.1-rasm. Baxolash yuzasi (a) va uning teng darajali egri
chiziqlari - izolinilari (b)

Matematik modelni, anxanaviy rejalashtirish bo‘yicha eksperiment ma’lumotlar asosida qurish uchun va bunda natijalarni yetarli aniqligini taxminlash maqsadida tajribalarni ko‘p sonda o‘tkazish talab qilinadi.


Eksperimentni anxanaviy rejalashtirishda faktorlarning o‘zaro munosabatlarining aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi va matematik modelni regressiya koeffitsientini baxolashda tajribalarning oz qismi ishtirok etadi.
Eksperimentni faktorli rejalashtirish deb shunday rejalashtirish tushuniladiki, bunda barcha faktorlar bir vaqtning o‘zida o‘zgartiriladi. Bunday rejalashtirish, tajribalarning ko‘p bo‘lmagan soni orqali eksperimentning yetarli aniqligini taxminlaydi. Faktorli rejalashtirishli eksperiment asosida olingan matematik modelda, xar bir regressiya koeffitsienti barcha N tajribalar natijasida aniqlanadi, shuning uchun uning dispersiyasi tajriba xatosining dispersiyasidan N marotaba kamdir.
Agar matematik model, quyidagi chiziqli tenglamani belgilasa
U = 0 + 1 x1+ 2 x2 +... + nxn

unda, uning regressiya koeffitsentlarini aniqlash uchun N = n + 1 ta tajriba o‘tkazish yetarli bo‘ladi va bu xolda regressiya koeffitsientining dispersiyasi faktorlarning sonini ortishi bilan kamayib boradi.


Eksperimentni anxanaviy rejalashtirishda, regressiya koeffitsient-larini aniqligini baxolash faktorlar soniga n ga bog‘liq bo‘lmaydi.
Eksperimentni faktorli rejalashtirishda tajribalarni randomizatsiyalash amalga oshiriladi, u nazorat qilinmaydigan faktorlarni yo‘qotish va ularni tasodifiy faktorlar sifatida ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi.
Faktorli rejalashtirish to‘la va kasrli faktorli eksperimentni (TEF-PFE va KFE-DEF), tasodifiy balanslashtirilgan eksperimentni (TBE-SSE), ekstremal eksperimentni (EE), shuningdek dispersion taxlil va boshqalarni o‘tkazishda qo‘llaniladi. Xar bir ko‘rsatilgan eksperimentlarning matritsalari va eksperimental ma’lumotlariga statistik ishlov berish usullari o‘ziga xos xususiyatlariga egadir.


2. Jarayonning kirish va chiqish ko‘rsatkichlari

Eksperimentni xar qanday rejalashtirish usulida tadqiqotchi o‘lchash va tekshirish zarur bo‘lgan jarayonning chiqish va kirish ko‘rsatkichlarini, yaxni faktorlarni o‘rnatishi kerak.


Chiqish ko‘rsatkichlari ob’ektni va olinayotgan maxsulotni xossalarini baxolab, u texnikaviy - texnologik, texnikaviy-iqtisodiy, iqtisodiy, statistik va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Texnikaviy-texnologik ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: maxsulotni fizikaviy, mexanik, fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalari, shuningdek maxsulotni chiqishi; texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga - unumdorlik, foydali vaqt koeffitsienti, ob’ektni ishonchlilik va uzoqqa chidamliligi, jarayonni barqarorligi va boshqalar; iqtisodiylarga - mashina va mexnatni unumdorligi, maxsulotning tannarxi, foyda, foydalilik (rentabellik), eksperiment uchun sarflar va boshqalar; statistiklarga - dispersiya, variatsiya koeffitsienti va boshqalar.
Jarayonni chiqish ko‘rsatkichi oddiy, oson aniqlanadigan yoki xisoblab chiqariladigan, uni aniqlashdagi xatoliklarni xisobga olgan xolda yagona sonli baxolashga ega bo‘lishi kerak.
Kirish ko‘rsatkichlari (faktorlari) - ob’ektga tashqi muxitni ta’sir usullariga mos keluvchi o‘zgaruvchan kattaliklardir. Ular ob’ektning o‘zining xarakteristikalarini va kirishdagi maxsulotlarning xossalarini aniqlaydi. Faktorlar miqdoriy va sifatli bo‘lishi mumkin. Miqdoriy faktorlarni o‘lchash, tortib qurish mumkin, faktorning miqdorni qiymati faktorning darajasi xam deb ataladi. Sifatli faktorlar - bular turli ishlab chiqarish jarayonlari, turli ko‘rinishdagi xom ashyolar, turli mashinalar va boshqalardir.
Eksperimentni rejalashtirishda, jarayonni aniqlovchi barcha axamiyatli faktorlarni xisobga olish kerak. Agar xisobga olinmagan faktor tasodifiy qiymatlarni qabul qilsa va u nazorat qilinmasa, bu tajriba xatosini ortishiga olib keladi.
Faktorlarni tanlash, quyidagi talablarni xisobga olgan xolda bajarilishi zarurdir:

  • faktorni o‘lchovliligi; yaxni uni, kerakli aniqlik darajasi bilan bor bo‘lgan o‘lchash texnikasining vositalari orqali o‘lchash imkoniyati.

  • boshqaruvchanlik; yaxni ushbu faktorni bir necha oldindan berilgan darajalarda ushlab turish imkoniyati;

  • faktorlarning moslanganligi; yaxni ikki yoki undan ortiq faktorlarning ko‘zda tutilgan kombinatsiyalarini amaliy jixatdan xosil qilish imkoniyati;

  • faktorlarni korrelyatsiyalashganligi; yaxni turli darajadagi xar qanday faktorni boshqa faktorlarning darajalariga bog‘liqmas ravishda o‘rganish imkoniyati (faktorlarning bog‘liqmasligi).



3. Faktorlarning asosiy darajalari qiymati va ularni o‘zgarish


Yüklə 215 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin