Akademiya


Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə3/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan o‘rganishdir, chunki ilohiyot vakillari dinni faqat xudoga ishongan kishi tushunishi mumkin deb hisoblaydilar.
Dinni o‘rganishda ilohiy yo‘nalish bilan birga falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar ham mavjud. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar, ilohiyotdan farqli ravishda, dinni «ichidan» emas balki «tashqaridan» o‘rganadi. Ularning dinni o‘rganish usullari ilohiyotnikidan farq qiladi. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar dinni tafakkur, mantiqiy-nazariy, empirik-ilmiy prinsiplarga tayanib o‘rganadi.
Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlarning dinga yondashuvidagi umumiy jihatlari bilan birga o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Masalan, falsafiy yondashuv tevarak atrofdagi voqea-hodisalarning umumiy prinsiplari hamda qonuniyatlarini topishga, narsa-hodisalarning mohiyatini aniqlashga intiladi, ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv mavjud dunyoqarashning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ijtimoiy hayotda isbotlanmaganlari inkor qilinadi, isbotini topganlari yanada rivojlantiriladi.
Falsafiy yo‘nalishda xilma-xil oqimlar mavjud bo‘lib, ular dinga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladilar. Masalan, din falsafasi oqimi ilohiyotga o‘xshash vazifalarini bajaradi. Lekin ilohiyotdan farqli o‘laroq, xudo va diniy qadriyatlarning obyektiv mavjudligini ilmiy jihatdan isbotlashga intiladi.
XIX asrning o‘rtalarida dinni o‘rganishda ilmiy yondashuvning shakllanish jarayoni uzil-kesil yakunlandi. Shu davrda tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tayanib, dinni yerdagi sabablarga bog‘lab tushuntirish imkoniyati yuzaga keldi.
Ilmiy yo‘nalish dinni ijtimoiy hayotning bir sohasi sifatida uning boshqa sohalari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi. U din qanday shakllangan, kishilarda qanday qadriyatlar, normalar va xulq-atvor obrazlarini vujudga keltirishi, diniy tashkilotlarning qanday faoliyat ko‘rsatishi, dinning jamiyatda qanday funksiyalarni bajarishi kabilarni o‘rganadi.
XIX asrning oxirlarida dinni ilmiy o‘rganish asosida bilimlarning maxsus tarmog‘i – dinshunoslik fani shakllangan. Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga yordam berish;

  • dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tu- shunchani shakllantirish;

  • kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar shakllanishining oldini olish.

Bundan tashqari, diniy e’tiqod tarkibida mavjud insonparvarlik, mehr-shafqat va imonlilik kabi qadriyatlarga janggarilik, shafqatsizlik, qonxo‘rlik da’vatlarining butunlay yot ekanligi dinshunoslik orqali oydinlashadi, diniy jaholatning ma’rifat orqali bartaraf etilishiga, dinning haqiqiy mavqei tiklanishiga erishiladi. Dinshunoslik, diniy e’tiqodning, qaysi shaklda bo‘lmasin, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga bo‘ysunganligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlar o‘rtasida mazkur g‘oyalar asosida ma’naviy yakdillik va hamjihatlik aloqalari mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi.
Dinshunoslikning vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi. Masalan, falsafa kishilarning dunyoqarashi, dunyoga munosabati masalalari, ularni o‘rganish usullari, dinning jamiyatdagi ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy ildizlarini o‘rganadi. Dinshunoslik dinni o‘rganishda falsafiy qonuniyatlar, masalaga yondashish usullari, dunyoqarash muammolari kabilarga tayanishi mumkin.
Huquqshunoslik dinning konstitutsiyaviy mavqei, huquqqa ta’siri, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi kabilarga bog‘liqligi masalalarini o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani dinning qadimgi zamonlardan hozirgi davrga qadar jamiyat hayotidagi ahamiyatini, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri jarayonlarini o‘rganadi. Tarixda bu jarayonlarning barcha jabhalarida dinning o‘rni va o‘ziga xos ta’siri bo‘lgan. Dinshunoslik tarixiy davrlarda dinning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganishda
tarix fani ma’lumotlariga tayanadi.
Dinshunoslik boshqa ijtimoiy fanlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:

  • dinshunoslik dinni ijtimoiy-ruhiy voqelik sifatida kompleks tarzda, boshqa ijtimoiy fanlar esa dinni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganadi. Jumladan, huquqshunoslik dinning huquq bilan bog‘liq jihatlarini, falsafa diniy dunyoqarashni, ruhshunoslik (psixologiya) diniy hissiyot va kechinmalarni, dinshunoslik esa dinning barcha jiatlarini bir-biriga bog‘liq holda o‘rganadi;

  • dinshunoslik dinni o‘rganishga ilmiy jihatdan xolisona yonda- shuvga asoslanadi. Masalan, ilohiyot xudo va diniy qadriyatlarni himoyalab, ularning ustuvor qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qilsa, ateizm dinning insoniyat uchun zararli ekanligini isbotlashga intiladi. Ammo ikkala yondashuv ham ilmiy yondashuvga ziddir.

Dinshunoslik fanini o‘rganish ichki ishlar organlari xodimlari uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birin- chidan, dinshunoslik ichki ishlar organlari xodimlarining din to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga yordam beradi, muammoga mustaqil munosabatni vujudga keltiradi. Ikkinchidan, bu fan ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan muomalada, ularning diniy tuyg‘usi, qadriyatlarini hurmat qilish va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishlariga ko‘maklashadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, din murakkab, ko‘p tarmoqli ij- timoiy ong shaklidir. Shuning uchun ijtimoiy fanlar dinni o‘rganishga doimo jiddiy e’tibor beradilar. Dinshunoslik dinni o‘rganishda boshqa fanlarning yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy munosabatlarning yanada rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.

Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin