Akademiya



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə14/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

Sionizm Sion tog‘lari nomidan olingan. U qadim zamonda tuzilgan ahdnoma to‘g‘risidagi tavrot rivoyatlari asosida ishlab chiqilgan iudaizm dinining zamonaviy ko‘rinishidir.
Sionizm paydo bo‘lgan vaqtdan boshlaboq iudaizmning yahudiy xalqi
«xudoning arzandasi» degan da’vosini bayroq qilib olgan. Sionizm o‘zaro bog‘langan ikkita maqsadni ishlab chiqib, ularni izchil amalga oshirib kelmoqda. Bu maqsadlar quyidagicha: 1) tarixiy sabablarga ko‘ra turli tomonlarga ketib, o‘sha joylarda ko‘p asrlardan buyon yashayotgan yahudiylarni o‘z yurtlariga, ya’ni ajdodlarining Vataniga qaytarib kelish va Isroil davlatini Yer yuzidagi jannatga aylantirishga xizmat qildirish; 2) agar shaxs yahudiy millatiga mansub bo‘lsa-yu, ammo yashab turgan joyidan Isroilga ko‘chib kela olmasa, uni o‘sha yerdan turib Isroilni iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishga da’vat qilish.
Iudaizmda yahudiylarning kundalik turmushi bilan bog‘liq mu- nosabatlarni tartibga solishga katta e’tibor beriladi. Masalan, har bir dindor taom iste’mol qilish, jinsiy munosabatlar, jamoat joylari, ibodatxonalardagi xulq-atvor qoidalari va hokazolarni tartibga soladigan 365 ta taqiq va 248 ta buyruqlarni yoddan bilishi kerak.
Mazkur dinda diniy bayramlarga alohida e’tibor beriladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: shabbat (shanbalik) – dam olish kuni va bunda har qanday ijtimoiy faoliyat taqiqlanadi; yom kippur (cheklanish kuni) – bir kunlik ro‘za, tavba-tazarru qilish; pesax (pasxa) – bahorning boshlanishi bayrami va hokazolar.
Iudaizmda diniy tashkilot tarixiy taraqqiyot bosqichlarida o‘zgarib borgan. Dastlab dindorlar jamoalariga kohinlar rahbarlik qilganlar. Diniy hayot Yaxve (Quddus) ibodatxonasida markazlashtirilgan. Diaspora davri boshlanganidan keyin diniy hayotda sinagoga – ravvin (ustoz) rahbarligidagi dindorlar jamoasi tuzilgan.
Hozirgi davrda iudaizm Isroil davlatida asosiy din bo‘lsa-da, davlat dini maqomiga ega emas. Shunga qaramasdan, u davlatning madadiga tayanadi. Uning ijtimoiy hayotga ta’siri juda kuchli. Diniy jamoalar rahbarlari ravvinlar davlat xizmatchisi maqomiga ega. Ravvinlar fuqarolik holatini rasmiylashtiradilar. Qurolli kuchlarda tarbiyaviy ishlarni olib boradilar, diniy marosimlarga rahbarlik qiladilar.
Iudaizm diniy jamoalari Isroildan tashqari jahonning juda ko‘p davlatlarida faoliyat olib boradi. Jumladan, O‘zbekistonda ham rasmiy diniy konfessiya sifatida tan olingan.
Xulosa sifatida qayd etish lozimki, Iudaizm yakkaxudolikka asoslangan eng qadimgi dinlardan biri, rivojlangan diniy marosimga ega, xalqning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiluvchi milliy dindir. Asrlar davomida takomillashtirib kelgan mazkur diniy ta’limot va marosimlar tizimi jahon dini maqomida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etib kelayotgan xristianlik va islom aqidalarining shakllanishga beqiyos hissa qo‘shgan.

Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin