Akademiya


Katoliklar va pravoslavlarning o‘ziga xos jihatlari



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə22/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

Katoliklar va pravoslavlarning o‘ziga xos jihatlari


Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy mavqei o‘zgargan, cherkovning mulkdorlar sinfi vakillari manfaatlari va mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni himoya qilish vazifalari ustunlik qila boshlagan. Davlat hokimiyati cherkovning aholi o‘rtasidagi ta’sirini hisobga olgan holda, provinsiya (viloyat)larda ruhoniylarning yeparxiyalarini (grekcha eparchia – rahbariyat, hokimiyat degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini tashkil etgan. Yeparxiyalarga arxiyepiskop (grekcha episkopos – nozir, nazoratchi degan ma’nolarni anglatadi) rahbarlik qilgan.
Xristianlik davlatni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. O‘sha davrda Rim davlatining zaiflashuvi cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo‘lgan kichik davlatlar cherkov kabi ittifoqchiga muhtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud imkoniyatdan unumli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol ishtirok etgan. Bu kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga aylangan. Quddus, Aleksandriya, Antioxiya (Suriya, Arabiston, Kipr kabilarni birlashtirgan mustaqil pravoslav cherkovi) va boshqa yeparxiyalar ularga bo‘ysundirilgan.
Rim yeparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri bo‘lgan. G‘arbiy Rim imperiyasi ag‘darilganidan keyin (476 yil) uning hududida kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim yeparxiyasining qudrati yanada ortgan. Rimda hokimiyat yepiskopning qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Rim yepiskopi papa (lotincha papa – ota, ustoz, murabbiy degan ma’nolarni anglatadi) unvonini olgan. VIII asrning ikkinchi yarmida Apennin yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qiladigan bo‘lgan. Papa o‘z hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa yerlarga yoyishga harakat qilgan.
Sharqiy Rim imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G‘arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asrning o‘rtalarigacha) saqlanib qolgan. Konstantinopol cherkovi imperator hokimiyatiga bo‘ysundirilgan. Kuchli imperator hokimiyati sharqiy cherkovni o‘ziga bo‘ysundirish bilan birga g‘arbiy cherkovning
mustaqilligini saqlab qolishga va o‘z ta’sirini boshqa hududlarga yoyishiga ko‘maklashgan.
Rim papasi va Vizantiya cherkovi o‘rtasida xristianlikning markazi maqomini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurash boshlangan. Bu kurash murosasiz tus olib, unda goh u, goh bu tomon ustun kelib turgan. Oqibatda, 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzil-kesil ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab rasman ikki yo‘nalishga bo‘linib ketgan. Rim papasiga bo‘ysunuvchi yeparxiyalar katolik (butun dunyo) cherkovi, Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi yeparxiyalar esa pravoslaviye (chin e’tiqod) cherkovi degan nom olgan.
Xristianlikning eng katta yo‘nalishlaridan biri katolik cherkovidir. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirlarida katoliklarning soni 900 mln. kishini tashkil etgan. Katoliklar asosan G‘arbiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Yevropada, Lotin Amerikasida keng yoyilgan. Afrika aholisining 1/3 qismi katoliklardir. Cherkov Shimoliy Amerikada kuchli ta’sirga ega bo‘lib, dunyoning boshqa mintaqalarida ham keng yoyilgan.
Katolitsizm ta’limotining manbaini muqaddas bitiklar va rivoyatlar tashkil etadi. Bu ikki manba xristianlikda ahamiyati jihatidan teng hisoblansa-da, katolitsizmda boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, muqaddas rivoyatlardan kengroq foydalaniladi. Katolitsizmda «cherkov otalari»ning (patristika) ilohiyotga bag‘ishlangan asarlari, Jahon soborlari va Rim papasining rasmiy hujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas rivoyatlar sifatida qabul qilingan.
Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslaviyenikiga yaqin turadi. Unda pravoslaviyedagi kabi «e’tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va 7 ta sirli marosimi tan olinadi. Lekin e’tiqod ramzi aqidalariga bir qator qo‘shimchalar kiritilgan. 589 yilda qabul qilingan filioka (lotinchadan so‘zma-so‘z tarjimasi o‘g‘ildan ham degan ma’noni anglatadi) aqidasiga binoan, xudo Muqaddas Ruh xudo Ota va xudo O‘g‘il (Iso)dan paydo bo‘lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning yerdagi noibi deb tan olingan Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo‘yiladi.
Shuningdek, katolitsizmda odam o‘lganidan keyin ruhi jannat va do‘zax oralig‘idagi a’rofga tushishi to‘g‘risidagi aqida mavjud. Unga ko‘ra, tirikligida gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir etmagan kishilarning ruhi a’rof olovida tozalanganidan keyin jannatga tushishi mumkin. Lekin bu murakkab jarayon, chunki ruhning a’rofdan chiqib ketishi uchun boshqa kishi o‘zining ortiqcha savobini berishi lozim. Shu bois cherkov savob ishlarning zaxirasini vujudga keltiradi. A’rofda
qiynoqqa duchor qilingan odamlar o‘z ruhlarini jannatga o‘tkazish uchun zaxiradan foydalanadilar. Savob ishlar zaxirasi Iso Masih, Bibi Mariyam, avliyolar va dindor kishilarning ortiqcha savob ishlari, xizmatlaridan hosil qilinadi va doimo to‘ldirib boriladi. Zaxira doimo to‘ldirib turilishi uchun cherkov kishilarni doimo savob ishlar qilishga da’vat etadi.
O‘rta Asrlarda a’rof haqidagi aqida indulgensiyalar (lotincha indulgere

  • marhamat qilish, shafqat qilish degan ma’nolarni anglatadi) sotishdek noxush hodisani vujudga keltirgan. Qayd etish joizki, XII asrgacha indulgensiyalar cherkovga xush keladigan ishlarni bajaruvchilarga, ya’ni cherkov o‘rnatgan tartiblarga qat’iy amal qilganlar, muqaddas joylarni ziyorat qilganlar va salib yurishlarida ishtirok etganlarga berilgan. XII asrdan boshlab indulgensiyani sotish tartibi joriy qilingan. Masalaning salbiy jihati shundaki, mulkdor kishi «kechirilmas gunohi»dan tashqari, barcha sodir etgan gunohlarini pul to‘lab yuvishi mumkin bo‘lgan. Hattoki kishi qaysi gunohi uchun qancha pul to‘lashi kerakligi to‘g‘risidagi jadval ishlab chiqilgan. Cherkov indulgensiyalarni sotish tartibini XIX asrgacha qo‘llab kelgan.

Katolitsizmda Bibi Mariyamni ulug‘lashga katta e’tibor beriladi. 1854 yilda papa Piy I Bibi Mariyamning ilohiy homiladorlik bilan tug‘ilganligi to‘g‘risidagi aqidani tasdiqlagan. Keyinchalik Bibi Mariyam xudoning marhamati bilan birlamchi gunoh ta’siridan himoyalanganligi e’lon qilingan. Keyinchalik Bibi Mariyamning vafot etganidan keyin jasadi va ruhi osmonga ko‘tarilib ketganligi qayd etilgan. Ushbu aqidaga asoslanib, 1954 yilda «falakning malikasi» sharafiga bag‘ishlanuvchi diniy bayramning o‘tkazilishi joriy qilingan. Katoliklar Bibi Mariyamni avliyolar kabi ulug‘lash bilan birga xotin-qizlarning gunohlarini xudodan so‘rab beruvchi homiy deb biladilar.
Katolitsizmda Rim papasi xristianlarning rahbari ekanligi to‘g‘risida aqida mavjud. Katoliklar o‘z e’tiqodlarini xristianlik ta’limotini to‘liq ifodalaydigan yo‘nalish deb biladilar. Shu bois Rim papasi Isoning yerdagi noibi, Rimning birinchi yepiskopi, havariy Pavelning vorisi deb tan olinadi. 1870 yilda Vatikanda Rim papasining benuqsonligi haqidagi aqida qabul qilingan. Unga binoan, papaning rasmiy chiqishlarida din va axloq masalalarida aytgan fikrlari benuqson yoki, boshqacha aytganda, u xudoning irodasini yetkazuvchi vakildir.
Ruhoniylarning ijtimoiy ahvoli masalasida katolitsizm boshqa yo‘nalishlardan sezilarli darajada farqlanadi. Katolik cherkovida ruhoniylarning maishiy turmushida XI asrdan boshlab selebat, ya’ni rohib va rohibalarning turmush qurmasligi qoidasiga amal qilinadi. Ruhoniy
xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachi deb tan olinadi. Odamlarning o‘zlari ruhoniyning yordamisiz va murabbiyligisiz mustaqil ilohiy haqiqatga erisha olmaydilar deb hisoblanadi. Ular diniy tashkilot vazifasini bajaruvchi ordenlarga birlashganlar. Katolik cherkovida iyezuitlar (Iso jamiyati), fransiskanlar, salezianlar, dominikanlar, kaputsinlar, xristian birodarlari, benediktlar kabi katta-katta rohiblik ordenlari mavjud. Orden a’zolari kiyim-kechagi bilan bir-biridan farq qiladilar.
Katoliklarning diniy marosimlarida ham xristianlikning boshqa yo‘nalish va oqimlaridan farqlar mavjud. Masalan, yetti sirli marosimni olib ko‘raylik. Cho‘qintirish sirli marosimini bajarishda rohib cho‘qintirilayotgan kishining ustidan suv quyadi yoki uni suvga botirib oladi. Miro yog‘ini surish sirli marosimi katoliklarda «konformatsiya» deb ataladi. Marosim kishining bolalik yoki o‘smirlik yoshida bajariladi. Non va vino tortish sirli marosimida pravoslaviyeda maxsus pishirilgan kulcha non (prosfora)dan foydalanilsa, katoliklarda kvas qo‘shib qorilgan xamirdan tayyorlangan quymoq shaklidagi non (prosfora) ishlatiladi. Umuman, katoliklarning sirli marosimlarni bajarish usullarida qisman tafovut bo‘lsa-da, aslida, pravoslaviyedagiga o‘xshash ekanligini qayd etish mumkin.
Diniy ibodatni tashkil etishda ham bir qator o‘ziga xos jihatlar mavjud. Diniy marosimlarni bajarish vaqtida cherkovda dindorlar o‘tirishlari mumkin, faqat ayrim duolar tik turib o‘qiladi. Shuning uchun katolik cherkovlarida kursilar qo‘yilgan. Diniy marosimlar lotin tilida olib boriladi. Ularni bajarish vaqtida organ yoki dam berib chalinadigan musiqa asboblari (filgarmoniya)dan foydalaniladi.
Diniy tashkilotlarni boshqarishning murakkab tizimi vujudga keltirilgan. Yuqorida qayd etilganidek, katoliklar Yer sharining barcha qit’alariga yoyilgan va xalqaro markazi Vatikanda joylashgan. Unga Rim papasi rahbarlik qiladi. Vatikan Rim shahrining markazida joylashgan. Maydoni – 44 gektar. 1929 yilda Musolini hukumati va Rim papasi Piy XI o‘rtasida tuzilgan Lateran shartnomasiga binoan Vatikanga shahar-davlat maqomi berilgan va u davlat suverenitetiga ega bo‘lgan. Har qanday suveren davlat kabi uning hududi, chegarasi, fuqarolari, gerbi, bayrog‘i va madhiyasi bor. Vatikanni dunyoning ko‘p mamlakatlari tan olgan va u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Aksariyat xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT, YUNESKO, MAGATE, Yevropa Kengashi kabilarning ishlarida Vatikan kuzatuvchilari ishtirok etadi.
Rim papasini kardinallar (lotincha cardinalis – asosiy, katta, eng muhim degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni katolik cherkovida papadan
keyin turuvchi mansabdor shaxs kollegiyasi umrbod muddatga saylaydi. Hozirgi kunda Rim papasi nemis millatiga mansub Benedikt XVI.
Vatikan davlatining asosiy qonuni sifatida Konstitutsiya qabul qilingan. Unga ko‘ra, Rim papasi qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatining boshlig‘idir. Davlatning Markaziy ma’muriy boshqaruv apparatiga Rim kuriyasi rahbarlik qiladi. U dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan katolik cherkovi va Vatikanga bo‘ysunuvchi dunyoviy tashkilotlarning ishlarini boshqaradi. Rim kuriyasi davlat kotibiyati, 9 ta kongregatsiya (lotincha congregatio – ittifoq, birlashma degan ma’nolarni anglatadi, davlat vazirliklari vazifasini bajaradi), 12 ta kengash, 3 ta tribunal va 3 ta devonxonadan iborat.
Davlat kotibiyatiga kardinal stats-kotib rahbarlik qiladi. U Bosh vazir va tashqi ishlar vaziri vazifalarini bajaradi. Davlat kotibiyati ichki va tashqi ishlarni boshqaradi. Muqaddas kongregatsiyalar, kengashlar va kotibiyat cherkov ishlari bilan shug‘ullanadi. Uning tarkibidagi diniy ta’limot masalalari bilan shug‘ullanuvchi kongregatsiya eng asosiysidir. Ushbu tashkilot ruhoniylar va ilohiyotshunoslarning dunyoqarashi, xulq- atvori va matbuotda chiqishlarining ortodoksal katolik cherkovi ta’limotiga mos kelishini nazorat qilib turadi. O‘rta asrlar davrida ushbu tashkilot hurfikrlikning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurash olib borgan, inkvizitsiya sudlarini tashkil etib, ularga rahbarlik qilgan.

  1. asrda jahon miqyosida demokratik jarayonlarning tobora keng yoyilishi katolik cherkovini boshqarish ishida ham muayyan o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Cherkovni boshqarishda demokratik qad- riyatlar joriy qilingan, milliy cherkovlarning vakolatlari kengaytirilgan. Rim papasi huzurida maslahat ovoziga ega muqaddas Sinod tashkil etilgan. Sinod uch yilda bir marta chaqiriladi. Uning tarkibi milliy yepiskoplar konferensiyalari va rohiblar ordenlarining rahbarlari, Sharqiy cherkovlarning patriarxlari va mitropolitlari hamda papa shaxsan tayinlagan ruhoniylardan iborat. Sinod katoliklarning hayoti va e’tiqodi bilan bog‘liq eng muhim masalalarni muhokama qiladi va ular yuzasidan bajarilishi shart bo‘lgan qarorlarni qabul qiladi.

Mintaqalar darajasida yepiskoplarning konferensiyalari o‘tkazib turiladi. Konferensiyalar oralig‘ida unda saylangan rahbarlik organi faoliyat olib boradi. Mintaqaviy konferensiyalarga cherkov bilan bog‘liq ishlarni boshqarishda keng vakolatlar berilgan.
Milliy cherkovga papa tayinlagan kardinal, patriarx yoki mitropolit rahbarlik qiladi. Milliy cherkovlar yeparxiyalarga bo‘linadi. Yeparxiyaga iyerarx (grekcha hieros – muqaddas, arche – hokimiyat degan ma’nolarni
anglatadi) rahbarlik qiladi. Iyerarxga, boshqarayotgan yeparxiyaning nufuziga qarab, yepiskop yoki kardinal unvoni berilishi mumkin.
Katolik cherkovining boshlang‘ich tashkiloti (pravoslaviyedagi kabi) qavm (prixod) deb ataladi. Qavmlarni ruhoniy boshqaradi.
Cherkov boshqaruvi sohasidagi o‘zgarishlar diniy ta’limot va uning ijtimoiy doktrinasida ham modernizatsiya jarayonlarini kuchaytirdi. Bu jarayonlar kam o‘zgaruvchan diniy ta’limotda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Diniy ta’limotdagi modernizatsiya jarayonlari ta’sirida katolik cherkovining ustunligi to‘g‘risidagi g‘oyadan voz kechildi, umumiy xristianlik g‘oyalari atrofida birlashish zarurligi tan olindi. Xristianlik konfessiyalarini birlashtirish to‘g‘risidagi ekuminizm (grekcha aikumene – odamlar yashaydigan dunyo, olam degan ma’nolarni anglatadi) g‘oyasi qabul qilindi. Mazkur voqea konfessiyalararo munosabatlarning yaxshilanishida alohida ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki shu vaqtgacha katolitsizm xristianlarni faqat katolik cherkovi ta’limoti asosida birlashtirish mumkin, deb hisoblar edi. Katolik va pravoslav cherkovlarining 1054 yildagi bir-birini la’natlash to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilindi. Uniat (xristianlik tashkilotlarining katolik cherkovi bilan ittifoqini yoqlovchi oqimlar)larga pravoslaviye yoki boshqa oqimlar sirli marosimlarini qabul qilish huquqi berilgan.
Cherkovning ijtimoiy ta’limoti (doktrinasi)da ham jiddiy o‘zgarishlar mavjuddir. Doktrinaning hozirgi sivilizatsiyaga munosabati masalasida pessimistik qarashlar ustunlik qiladi. Chunki cherkov hozirgi zamon sivilizatsiyasi chuqur inqirozga uchragan deb biladi. Inqirozning moddiy sababi – olamshumul (global) muammolarning hal qilinmaganligi.
Ma’naviy sohadagi eng muhim sabablaridan biri jamiyatda iste’molchilik illatining tobora kuchayishidir. Cherkovning nuqtai nazariga ko‘ra, insoniyatning ishlab chiqarishni rivojlantirishda erishgan yutuqlari farovon turmush uchun moddiy shart-sharoit yaratadi, lekin kishilar ehtiyoji doimiy oshib borish xususiyatiga ega. Oqibatda iste’molchilik ruhiyati ustuvor ahamiyat kasb etadi. Iste’molchilikning jamiyat uchun xavfi shundaki, u kishi ongida narsalarga erishish va unga egalik qilish hayotning asosiy maqsadi degan noto‘g‘ri tasavvurni hosil qiladi, kishini xudodan ajratadi, xalos bo‘lish uchun kurashishga yo‘l bermaydi. Cherkov bu muammoni odamlarni o‘z ehtiyojlarini cheklab, kamtarona yashashga da’vat etish bilan hal qilishni taklif etadi.
Cherkovning ijtimoiy doktrinasida mehnatga munosabat masalasi muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, Injilda mehnat inson yo‘l qo‘ygan
gunohning oqibati va unga berilgan jazo vositasi sifatida talqin etiladi. Masalaga bunday munosabat mehnatni hayotiy zarurat, kishining jamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lishi uchun vosita sifatida emas, balki uning zimmasiga yuklatilgan og‘ir yuk deb baholashga sabab bo‘ladi. Shuning uchun cherkov mehnatni kishi hayotining asosi, mavjudligining manbai ekanligini qayd etadi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, insoniyat birlamchi gunohdan oldin ham mehnat qilgan, lekin undan keyin mehnatning mazmuni o‘zgargan. Mehnat odam uchun og‘ir yuk, iztirob keltiruvchi sabablardan biriga aylangan. Odam birlamchi gunoh qilganidan keyin moddiy borliqqa tabiiy hukmronlik huquqidan mahrum qilingan, mehnat esa uning ilgarigi mavqeini tiklash vositasidir.
Inson o‘z mehnati bilan xudoning moddiy olamdagi yaratuvchilik faoliyatini davom ettiradi. Mehnat orqali kishi nafaqat yaratilgan dunyoning yangi manbalari va qadriyatlarini kashf etadi, balki xudoga yaqinlashadi. Mehnat kishining xalos bo‘lishiga ko‘maklashadi. Qisqacha aytganda, mehnatning inson hayotidagi ahamiyatiga cherkovning yangicha munosabati ishlab chiqilgan.
Katolitsizmda rasmiy doktrina bilan birga ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal etishning muqobil yo‘llarini taklif qiladigan ko‘plab mazhablar mavjud. Ular dinning siyosat va siyosiy hayotga betarafligini tanqid qilib, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan diniy mafkurani ishlab chiqishni taklif etadi. Zero, bunday qarashlar tarafdorlari hozirgi davrda cherkovning mohiyati o‘zgarganligini, o‘tmishda din kuch ishlatuvchi institut sifatida ekspluatator sinflar bilan hamkorlik qilgan bo‘lsa, hozirgi davrda u kishilarni xalos qiluvchi institutga aylanganligini qayd etadilar. Shu bois uning siyosiy mafkurasi cherkovning mavjud ijtimoiy tuzumlardan mustaqilligini aks ettirishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, katolik cherkovi xristianlikning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatidagi ahamiyatini saqlab qoldi. Uning tarkibidagi rasmiy va muxolif yo‘nalishlar ijtimoiy hayotdagi turli manfaat va ehtiyojlarni to‘liqroq ifodalashga yordam bermoqda.
Xristianlikda, katolik cherkovi bilan bir vaqtda pravoslaviye yo‘nalishi vujudga kelgan. Pravoslaviye G‘arbiy Rim imperiyasidagidan keskin farq qiladigan ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhitda rivojlangan. Vizantiyada markazlashgan davlat hokimiyatining kuchli boshqaruv tizimi G‘arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin yana uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan. Davlatga imperator rahbarlik qilgan. Imperator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, unga Konstantinopol cherkovi ham bo‘ysungan.
Cherkov davlat apparatining tarkibiy qismiga aylantirilgan va u imperiya manfaatlariga xizmat qilgan.
Sharqiy Rim imperiyasi hududida qadimgi madaniy markazlarning mavjudligi Konstantinopol cherkovidan mustaqil cherkovlarning ajralib chiqishiga shart-sharoit yaratgan. III–IV asrlarda Sharqiy Rim imperiyasi hududida Konstantinopol cherkovidan tashqari, Aleksandriya (Misr), Antioxiya (Suriya), Iyerusalim (Isroil) kabi mustaqil cherkovlar paydo bo‘lgan va undagi bo‘linish jarayoni keyingi davrlarda ham davom etgan.
Sharqiy Rim (Vizantiya)da mustaqil cherkovlarning mavjudligi bu yerda aslo diniy-siyosiy markaz yo‘qligini anglatmaydi. XI asrgacha Vizantiya imperiyasi Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri bo‘lgan. Konstantinopol cherkovi imperiya hududidagi mustaqil cherkovlarni vaqtinchalik bo‘ysundirib, xristianlikning markaziga da’vogarlik qilib, Rim papasiga qarshi kurash olib borgan.
Sharqiy cherkov rasman grek-kafolik cherkovi deb atalgan.
«Cherkov» atamasiga «kafolik» so‘zining qo‘shib ishlatilishidan, uning o‘z e’tiqodini katolitsizm kabi jahon diniga aylantirishga intilganligini ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, Sharqiy Rim imperiyasidagi vaziyat tamoman boshqacha bo‘lgan. Islom davlatlarining qattiq siquvi imperiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirgan. Birin- ketin unga bo‘ysundirilgan cherkovlar yana o‘z mustaqilligini tiklab olgan. Hozirgi davrda 15 ta avtokefal (grekcha – autos o‘zim, kephale – boshman, ya’ni mustaqil degan ma’nolarni anglatadi) pravoslav cherkovi mavjud. Bular – Konstantinopol (Turkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiya (Suriya, Livan), Iyerusalim (Isroil), Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya va Amerika cherkovlaridir. Avtokefal cherkovlar bilan birga avtonomiya maqomidagi Sinay, Fin va Yapon cherkovlari faoliyat olib bormoqda. XX asrning oxirlarida, Sharqiy Yevropadagi siyosiy jarayonlar sababli, avtokefal cherkovlarning soni yanada ortdi. Bu cherkovlar turli ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadilar va zamonning dolzarb muammolariga turlicha munosabat
bildiradilar.
Pravoslaviye ko‘plab avtokefal cherkovlardan tashkil topgan bo‘lsa ham, Konstantinopol cherkovi uning markazi maqomini saqlab qoldi. Shunga binoan, Konstantinopol patriarxi rasman jahon pravoslaviye cherkovining boshlig‘i hisoblanadi. Konstantinopol patriarxi avtokefal cherkovlarning ichki va tashqi ishlariga aralashish huquqiga ega emas. Avtokefal cherkovlarning e’tiqod va amal masalalaridagi mustaqilligi ularni tashkil etgan markaz (Konstantinopol cherkovi) bilan tuzilgan
o‘zaro bitimda belgilangan. Avtokefal cherkov tarkibidagi avtonom cherkov boshliqlari mahalliy cherkov yig‘inida saylanadi va avtokefal cherkov patriarxining tasdig‘idan o‘tadi.
Avtokefal cherkovlar ekzarxat (grekcha exarhos – boshliq, rahbar degan ma’nolarni anglatadi, viloyat cherkovi, unga yepiskop rahbarlik qiladi), yeparxiya (cherkovning ma’muriy okrugi, unga arxiyerey rahbarlik qiladi) hamda blagochiniyelarga (yeparxiyaning tumanlari, unga katta pop rahbarlik qiladi) bo‘linadi. Pravoslaviyening quyi diniy ma’muriy birligi qavm deb ataladi. Qavmlar cherkov, butxona xodimlari va dindorlar jamoasidan iborat. Diniy tashkilotlar iyerarxiya, ya’ni quyi tashkilotlarning yuqori tashkilotlarga bo‘ysunishi va hisob berishi prinsipi asosida bosh- qariladi.
Bu prinsip ruhoniylar darajasida ham amal qiladi. Unga ko‘ra, kichik martabali ruhoniylar yuqori martabali ruhoniylarga bo‘ysunishlari kerak. Ruhoniylar darajasi bilan birga uylangani (oq) va uylanmaganiga (qora, rohiblikni tanlagan) qarab ham ajratiladi. Diniy tashkilotlar uchun mutaxassislar va rahbar kadrlar asosan rohiblar orasidan tanlanadi.
Pravoslaviye cherkovlari diniy ta’limot, marosim va aqidalar masalasida bir-biridan farq qilmaydi. Diniy ta’limot asosini «e’tiqod ramzi» tashkil etadi. «E’tiqod ramzi» 12 paragrafdan iborat bo‘lib, unda diniy ta’limotning asosiy aqidalari: xudoning yaratuvchiligi, uning dunyo va insonga munosabati, xudoning yagona, lekin uch qiyofada ekanligi, o‘z qiyofasini o‘zgartirishi, odamlar gunohini o‘z zimmasiga olishi, o‘lib qayta tirilishi, oxirat, cherkovning xaloskorligi aks ettirilgan.
Pravoslaviye ta’limotiga ko‘ra, xudo bitta, lekin u uch qiyofalidir: Ota xudo, O‘g‘il xudo va Muqaddas Ruh. Xudoning qiyofalari teng va bir- biridan ajralmasdir. Muqaddas Ruh Ota xudodan kelib chiqqan.
Pravoslav xristianlar birinchi insonlar – Adam va Yeva sodir etgan dastlabki gunoh, O‘g‘il xudo (Iso Masih)ning ilohiy ravishda tug‘ilganligi, odamlar gunohini o‘limi bilan o‘z zimmasiga olganligi, oxiratda tiriklar va o‘liklarni qayta so‘roq qilish uchun yerga qaytib kelishi hamda ilohiy podsholikni qurishiga ishonadilar. Shuningdek, pravoslaviyeda ham jannat va do‘zax, ruhning abadiyligi, cherkovning xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachilik vazifasini bajarishi to‘g‘risidagi ta’limotlar mavjud.
Har bir dinning o‘z marosimlari bo‘lganidek, pravoslaviyeda yetti sirli marosim alohida ahamiyatga ega. Bu marosimlarning sirli deb atalishiga sabab shuki, ruhoniylarning muayyan harakatlarni bajarishlari va duolarni o‘qishlari bilan obyektga odamning ko‘ziga ko‘rinmaydigan xudoning marhamati o‘tadi.
Sirli marosimlar quyidagilardan iborat:


  1. Yüklə 332,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin