Akademiya



Yüklə 332,77 Kb.
səhifə2/46
tarix03.12.2023
ölçüsü332,77 Kb.
#172252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
WdH331ah1sEEBJbD5pX6P4F52TbFLojVXKi8zjDH

mavzu DINSHUNOSLIK FANINING PREDMETI

VAZIFALARI VA XUSUSIYATLARI

Dinshunoslik fanining mohiyati, predmeti va vazifalari


Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning ibtidosida «yaxshilik
va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustahkamlandi.
Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.
Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq muayyan muammolar kelib chiqmoqda. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi.
Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) mu- nosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi, Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi.
Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir
qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi. Bu tadbirlarning ayrimlarini sanab o‘tish kifoya.
Masalan, 1991 yil 11 aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon bayrami»ni milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. 1992 yil 7 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 1992 yil 1 aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Ta’kidlash joizki, 1993 yil 16 sentabrda islom dinida naqshbandiya tariqatiga asos solgan Xoja Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 yilligi Buxoro shahrida keng nishonlandi. 1993 yil 23–24 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan va Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti ishtirokida Samarqand shahrida «Imom Buxoriy: hayoti va davri» mavzuida xalqaro anjuman o‘tkazildi. 1994 yil 18 oktabrda yana Samarqand shahrida islom ilmiga katta hissa qo‘shgan alloma Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 590 yilligi keng nishonlandi. 1995 yilning noyabrida Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi va Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi Xorazmning Urganch shahrida nishon- landi. 1998 yil 23 sentabrda muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman Toshkent shahrida o‘tkazildi. 1998 yil 23 oktabrda esa Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi Samarqand shahrida nishonlandi va Imom al- Buxoriy majmuasi ochildi. Bu tadbirlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi hukumatining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida amalga oshirildi.
1998 yilga kelib mamlakatda din va diniy faoliyat shu qadar keng quloch yozgan ediki, ezgu ishlar bilan bir qatorda, yovuz, qora niyatlarni amalga oshirish, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborish uchun sharoit yaratishga urinishlar ham ko‘zga tashlanib qoldi. Bu holat mantiqan va tarixan 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning hayotdan orqada qolganligini ko‘rsata boshladi. Shu bois 1998 yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi hayot taqozosi bo‘ldi. Bu qonun eskisidan farq qilib, dindor shaxs va diniy tashkilot faoliyatining amaldagi Konstitutsiyasi va qonunlar asosida tartibga solinishini, fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlarining poymol etilishiga barham berilishini,
O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lining saqlab qolinishini, mamlakatda demokratiya prinsiplarining himoya qilinishini ta’minlashi lozim edi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning hayotga joriy qilinishi dinga va diniy tashkilotlarga g‘araz maqsadlar bilan kirib olgan, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan turli unsurlarni bezovta qila boshladi. Bunday qora niyatli unsurlar endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik, kuch ishlatish yo‘li bilan o‘z manfur va jirkanch maqsadlariga erishmoqchi bo‘ldilar.
Mash’um 1999 yil 16 fevral, 2004 yil 29, 30 mart – 1 aprel, 2005 yil 12–13 may voqealari bu jarayonlarning asl mohiyatini ko‘rsatdi. Buning oqibatida ko‘plab begunoh odamlar hayotdan ko‘z yumdilar. Ushbu voqealar dinning jiddiy mafkuraviy omilga aylanib borayotganligini, ko‘p millatli davlat sharoitida u diniy nizolar chiqishi uchun ayrim siyosiy kuchlarga qo‘l kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Natijada dinni, uning tarkibi va jamiyat hayotidagi o‘rnini ilmiy o‘rganish ehtiyoji tug‘ildi.
O‘zbekiston, milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Hozir respublikamizda 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari istiqomat qilmoqda, 20 ga yaqin diniy konfessiya (lotincha confessionalis so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi) faoliyat ko‘rsatmoqda, 80 dan ziyod milliy markazlar ishlab turibdi. Tabiiyki, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash demokratik davlat sharoitida nafaqat davlat siyosatining izchil va kuchli bo‘lishini, balki, avvalo, diniy konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar qaror topishini, eng asosiysi, har bir fuqaroning din, diniy mazhablar, dinning tarixi va hozirgi hayotda tutgan o‘rni haqida ilmiy tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishini talab qiladi.
Aynan shunday ehtiyojlar dinshunoslikning ijtimoiy mavqeini va hozirgi ahamiyatini belgilaydi. Dinshunoslik tarix, falsafa, siyo- satshunoslik, sotsiologiya, huquq va boshqa fanlardan farq qilib, din hodisasining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) ildizlarini ochib beradi, diniy aqidaga umumilmiy metodlardan biri bo‘lgan tarixiylik va mantiqiylikning dialektik birligi orqali yondashadi. Dinshunoslik fanining yana bir muhim xususiyati shundaki, u dinni ilmiy asosda, dunyoviy nuqtai nazardan o‘rganadi, dinshunoslikning predmetini, din, uning kelib chiqishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lish shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini, madaniyat sohalari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil qiladi.
Dinshunoslik IIV Akademiyasida hamda boshqa yuridik va o‘rta max- sus ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan musulmon huquqi fanidan farq qiladi. Dinshunoslik din hodisasining nafaqat huquqiy, balki axloqiy- ma’naviy, madaniy-ma’rifiy, tarixiy-iqtisodiy jihatlarini, diniy aqidalarning mohiyatini, diniy mazhab va oqimlar, ularning asosiy da’vatlari, xususan, mafkuraviy da’volarini ham o‘rganadi. Shu ma’noda dinshunoslik keng qamrovli xususiyatga ega bo‘lib, dinning mavjud barcha jihatlarini umumlashgan holda tahlil qiladi, uning ijtimoiy mavqeini aniqlaydi.
Dinshunoslik faniga ehtiyoj yuzaga kelishining yana bir sababi shun- daki, sobiq Ittifoq davrida o‘qitilgan «Ilmiy ateizm» kursi vijdon va e’tiqod erkinligi ta’minlangan mamlakatda o‘z mavqeini yo‘qotdi, diniy e’tiqodga keng imkoniyatlar yaratildi. E’tiqod erkinligiga tashna xalq ichida diniy tasavvurlarga ehtiyoj nihoyatda ortdi. Ammo bu holatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga urinuvchi yovuz kuchlar ham paydo bo‘ldi. Din, uning tarkibi va vazifasi haqida deyarli tasavvurga ega bo‘lmagan kishilar, diniy savodsizliklari sababli, turli makkor siyosiy kuchlarning tuzog‘iga ilindilar. Din niqobi ostida ish ko‘ruvchi manfur va jirkanch kimsalar azaliy diniy qadriyatlarimizning tiklanishiga yo‘l qo‘ymay, diniy bilishni janggarilik va takabburlik o‘zaniga burib yuborishga harakat qildilar.
Bunday harakatlarning misoli sifatida Namangan viloyatidagi 1991– 1992 yillar voqealarini keltirishimiz mumkin. U yerda bir guruh unsurlar diniy poklanish, azaliy diniy qadriyatlarni tiklash niqobi ostida mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirish, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan yosh davlatni diniy davlat taraqqiyoti o‘zaniga burib yuborishga harakat qildilar. Ular xalqimizning azaliy diniy qadriyatlaridan farq qiluvchi vahhobiylik g‘oyalarini targ‘ib qilib, diniy bilimlardan uzoq kishilarni haqiqiy islom niqobi ostida o‘z ta’sir doirasiga tortdilar. Ular manfur maqsadlarini amalga oshirishda turli jinoyatchi unsurlardan, janggari kallakesarlardan foydalandilar.
2005 yilning may oyidagi Andijon voqealari esa diniy mutaassiblik va terrorizmning haqiqiy qiyofasini yana bir marta namoyon qildi. Uning tashkilotchi va ishtirokchilari mamlakatimizdagi barqarorlikni qurolli fitna va xorijdagi «demokratiya» uchun yollanma kurashchilar yordamida buzishga urinib ko‘rdilar. Islom bayrog‘i ostida konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlashga da’vatlar xalqimizning g‘azab to‘lqiniga urilib, parchalanib ketdi. Afsuski, mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillarining muammoni tinch muzokaralar bilan hal qilishga urinishlari samara bermadi. Diniy ekstremistlar va terrorchilar murosasizlik yo‘lini tutib, tinch aholining qurbon bo‘lishiga sababchi bo‘ldilar. Demokratiya xavf ostida qolgan
yuqoridagi vaziyatda O‘zbekiston Prezidenti olib borgan oqilona siyosati tufayli mustaqilligimizga tahdid bartaraf etildi. Oqibatda bunday aqida- parastlarning payi qirqildi. Adashgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lning ahamiyatini kechroq anglab yetdilar (Bu haqda qo‘llanmaning so‘ngi qismlarida batafsil to‘xtalamiz).
Dunyoviy, demokratik siyosiy taraqqiyot yo‘lini tanlagan ko‘p konfessiyali O‘zbekiston uchun diniy davlat qurish milliy va diniy nizolarning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratishi mumkin. Milliy va diniy tarkibi jihatidan murakkab bo‘lgan mamlakatda faqat millatlararo tenglik va erkinlik munosabatlarigina milliy birlik uchun sharoit yaratadi.
Mazkur ijtimoiy holat dinshunoslik faniga ehtiyojni yanada oshiradi. Ushbu ehtiyoj yana bir muhim ijtimoiy hodisa bilan bog‘liq. Ma’lumki, mustaqil iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot yo‘liga kirgan O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Ayni vaqtda u turli diniy mafkuralarga ega davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan, balki har bir fuqarodan jahon dinlari, turli diniy oqim va mazhablar haqida ilmiy tasavvur va tushunchaga ega bo‘lish talab qilinadi. O‘zbekiston hududida, yuqorida eslatib o‘tilganidek, ko‘plab diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dinshunoslik fani diniy konfessiyalar, ularning tarixiy ildizlari, vatani, hozirgi holati va mavqei haqida ham bilim beradi. Shu ma’noda u falsafiy fanlarga yaqin turadi. Dinshunoslik diniy e’tiqod va uning tabiati, muayyan diniy dunyoqarash haqida chuqur tahlilsiz umumiy ilmiy tasavvur hosil qiladi. Dinshunoslik nafaqat islom, balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari (mazhablari) haqida faqat dinshunoslik predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, dinshunoslik, o‘z tarkibi va tabiatiga ko‘ra, umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi fan bo‘lib, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi holatiga qadar bo‘lgan tarixiy
evolutsiyasini o‘rganadi.
Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus – aloqa, birikma degan ma’nolarni anglatadi. Predmetlar, harakatlar va vo- qeliklarning birikmasi bo‘lib, ular bir butunlikka birlashadi) tarmog‘ini tashkil etadi. Ushbu fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr rivoji natijasida shakllandi.
Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot (teologiya grekcha teos – xudo va logos – ta’limot degan ma’noni anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir.
Ilohiyot muayyan dinning aqida (qoida)larni, muqaddas yozuvlar va diniy tashkilotlar hujjatlarini odamlarga tushunarli tilda yetkazib beruvchi ta’limotdir.

Yüklə 332,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin