“Ajdodlar xotirasi muqaddas”



Yüklə 73,11 Kb.
səhifə1/8
tarix14.12.2023
ölçüsü73,11 Kb.
#179962
  1   2   3   4   5   6   7   8
“Ajdodlar xotirasi muqaddas”


Ajdodlar xotirasi muqaddas”

(9- may- G`alaba va xotirlash kuniga bag`ishlangan tadbir senariysi).


Maqsad: 9-may G`alaba va xotirlash kuni,Ulug` Vatan urushi ,qatag`onlik yillari qurbonlarimizni xotirlash haqida tushuncha berish;

b) Farzandlarimizni vatanparvar,mard,jasur bo`lishga chaqirish,Ulug` Vatan urushi qatnashchilari,qatag`onlik yillari qurbonlarini xotirlashga chorlash.


Tadbir o`tkaziladigan xona xotira kuniga mos holda bezatilgan.Xonaga Ikkinchi jahon urushida halok bo`lganlar,qatag`onlik yillari qurbonlari xotirasini,yoshi ulug` otaxonlar-u onaxonlarning keksalik gashtini surayotganligini ifodalovchi suratlar osilgan.Ular orasida prezidentimizning yoshlar bilan tushgan surati ham ko`zga tashlanib turibdi.




Yigit:
Do`stim, bir lahza sukut saqlaylik ,
Baxtimiz qurboni bo`lganlar haqqi,
Nomlarin yo`d etib,bir-bir yo`qlaylik ,
Xalqim deb,yurtim deb o`tganlar haqqi.
Qiz:
Kel,do`stim bir lahza quloq beraylik ,
Tinglaylik mardlarning yurak sasini.
Mangulik bog`idan gullar beraylik ,
Qalblarga yozaylik xotirasini .
Yigit:
Ular yosh edilar , hayotga tashna ,
To`yib ham totmagan sevgi otashin ,
Umid g`unchalari barg yozmay yashnab ,
Abadiy qo`yganlar tuproqqa boshin.
Qiz:
Ota edi –ular oilaga bosh ,
Faxrlanib eslar o`g`il-qizlari ,
Nogahon ko`zlardan sizib chiqar yosh ,
Urush solgan dardning bitmas izlari.


Yigit :
Fidolar qabrida kezaman beun,
Mayus bir kuy chalar qalbim torlari. ...
Alvon chechaklarga burkanib bu kun,
Bunda yotar baxtim ijodkorlari.
Qiz:
Kel,do`stim,bir lahza sukut saqlaylik,
Shu qutluq dargohni qilaylik tavof.
Vatan ishonchini dildan oqlaylik,
El-u yurt chekmasin sira iztirob.
Birgalikda:
Kel,do`stim, bir lahza sukut saqlaylik.

Yüklə 73,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin