“Ajdodlar xotirasi muqaddas”



Yüklə 73,11 Kb.
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü73,11 Kb.
#179962
1   2   3   4   5   6   7   8
“Ajdodlar xotirasi muqaddas”

5-o`quvchi:

Qaydadir uchchiydi fashist vorisi,


Buxenval`dlar emish- malham dorisi,
Vahm-u sarosima ichra kechalar,
Ular tuzishadi qabih rejalar.
Do`zax yaratishib o`ng-u so`lida ,
Goh Abu Zaabalda,goho Songmida .
6-o`quvchi:

Ogoh bo`ling!- deydi Buxenval`d bongi,


Xazin nola kabi yangrab ohangi,
V`etnam yerida kezar bir sharpa ,
Qoldirdi qonli iz ,kul tepe-tepa.
Hayot quvonchidan bahramand damlar,
Bularni unutmang,aziz odamlar!


Yigit: Lelingrad –Sankt-Peterburg shahrini siz juda yaxshi bilasiz.Bu shahar 200 kundan ortiqroq qamalni o`z boshidan kechirdi, lekin o`z irodasini bukmadi.Gitler Sankt-Peterburg ochlikka chiday olmay ,taslim bo`ladi deb xayol qiladi.
Qiz: 1943- yil Sankt-Peterburg qamalni yorib chiqadi. Sankt-Peterburgliklar azob va qiyinchiliklarga sabr va matonat bilan bardosh berdilar.
Sankt-Peterburgda Piskaryov qabristoni bor.Bu qabristonga Ulug` Vatan urushi qatnashchilari bo`lgan O`zbekiston farzandlari ham ko`milgan.Bu qabriston “Qardoshlik qabristoni” ham deb ataladi.
Yigit:
Qabrlar yotibdi qalashib ,
Va bunda sokinlik hukmron.
O, ruhlar yotibdi adashib,
Bu g`amgin maydonda ko`p giryon.


1-o`quvchi:
Biz ham edik go`zal jussadir,
Qalbimizda yonar edi cho`g`.
Hayotimiz edi shu`lador.
Niyatimiz ezgu va ulug`.


2-o`quvchi:

Biz ham edik baqquvat,mag`rur,


Shahar aro kezardik quvnoq.
Dala-qirni bezaganda gul,
Yashash zavqi o`rtardi porloq.
3-o`quvchi:

Nomard fashist qilganda hamla ,


Shahrimizni asradik mahkam.
Bag`rimizni ochlik tilganda,
Yelkadoshlar bo`lishdi malham.


Hamma:

Shod etmoqqa ruhimizni,oh,


Ziyoratda keldi qadamlar .
Qalbingizga albat qiling jo,
Urushga yo`l qo`ymang,odamlar!


Qiz:
Ulug` vatan urushi davrida Karim Sultonov,Qudrat Suyunov.Sobir Rahimov singari o`zbek o`g`lonlari mislsiz qahramonlik ko`rsatib,Vatanning eng oliy unvoniga sazavor bo`lganlar.Ular ona Vatanimiz uchun jonlarini fido qilganlar.


Yigit:
1945-yil 9-may .Xuddi shu kuni Ulug` Vatan urushi bizning g`alabamiz bilan yakunlandi.

(Kompyuter orqali g`alaba nashidasi tasvirlangan voqealar ekranga tushiriladi.)


Musiqa sadosi yangraydi,qizchaga pochtalon xat berib ketadi.U uzoqlarga termilib o`tirgan onasiga xatni keltirib beradi.Ona xursand bo`lib ,xatni o`qib boshlaydi.Ona xatni o`qib bo`lgach, faryod chekadi,sahnadan chiqib ketadi.
Ayrim askarlar harbiy kiyimda,qo`ltiq tayoqda urushdan qaytadilar.Onalar,keksalar-u bolalar,yosh kelinlar xursand bo`lib,ularni gullar bilan kutib oladi.

Yüklə 73,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin