91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. Poliamidlar


Kuldiruvchi gaz nimadan iborat va qachon hosil bo‘ladi?



Yüklə 80,54 Kb.
səhifə8/40
tarix21.06.2022
ölçüsü80,54 Kb.
#61973
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
91-100

Kuldiruvchi gaz nimadan iborat va qachon hosil bo‘ladi?

Azotning kislorodli birikmalari N2O, NO, N2O3, NO2, N2O4 va N2O5 hisoblanadi.
Azot (I) oksidi. Rangsiz, kuchsiz hidli, shirin mazali gaz. Suvda kam eriydi, xona haroratida barqaror. Azot(I) oksidi molekulasi chiziqli tuzilishga ega:
Markaziy azot atomi ikkita sp gibrid orbitallarga ega.N2O molekulasi ozroq bo’lsa ham dipol momentiga ega, shuning uchun suvda ozroq eriydi.
Azot(I) oksdidi ammoniy nitratini qizdirib olinadi:
NH4NO3 = N2O + 2H2O
N2O aktivligi kam, lekin qizdirilsa metallar bilan ta’sir etadi:
Cu+N2O= CuO+N2
Yuqori haroratda oltingugurt va uglerodni ham oksidlaydi:
C+ 2N2O = CO2+2N2
S+ 2N2O = SO2+N2
Yuqori haroratda(700oS) N2O parchalanadi:
2N2O= 2N2+O2
N2O ga tegishli giponitrit kislotasi(H2N2O2) ma’lum. Bu oksid betaraf oksid va u suv bilan ta’sirlashmaydi. Shuning uchun giponitrit kislota bilvosita usullar bilan olinadi. Giponitrit kislota quyidagicha tuzilishga ega:
Giponitrit kislotasi gidroksilaminga nitrit kislotasini ta’sir etib olinadi:
NH2OH+HNO2= H2N2O2+ H2O
Agar kumush giponitritiga ham kuchli kislotalar ta’sir etganda giponitrit kislota olish mumkin:
Ag2N2O2+2HCl= H2N2O2+ 2AgCl
H2N2O2 erkin holda uchramaydi. U ikki asosli kislota :K1=10-8, K2=10-12. Lekin uning tuzlari ma'lum - Ag2N2O2; PbN2O2.
N2O tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. U “kuldiruvchi gaz” ham deyiladi, chunki u bilan nafas olinsa mast qiladi va kishi xursand bo’lib kula boshlaydi. Kattaroq dozada ishlatilsa kishi oqriqni sezmaydi. Ana shu tufayli jarrohlik amaliyotida narkoz sifatida kislorod bilan aralashtirib qo’llaniladi. Uning eng yaxshi tarafi organizm uchun bezararligidir.

94-variant

  1. Metallar. Noyob metallar texnologiyasi.

Har qanday mamlakatning iqtisodiy va mafkuraviy salohiyati unda mavjud tabiiy boylik, energiya resurslari va shu mamlakat egasi bo‘lgan har bir insonning bu tabiy boyliklardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan munosabati bilan belgilanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mustaqil Respublikamizning birinchi prizidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» nomli asarida ta’kidlab o‘tganidek “O‘zbekiston qazilma boyliklari bilan haqli ravishda faxirlansa arzidi. Unda Mendelyev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar mavjud”. Darhaqiqat ozod va obod mamlakatimiz zaminida inson xayoti uchun zarur bo‘gan barcha xom ashyolar va nozu – ne’matlarga boydir. Xalqimizning farovon xayoti yo‘lida ulardan oqilona foydalanish ushbu o‘lkada yashovchi xar-bir fuqoroning kelajak avlod oldidagi muqaddas burchidir. Mustaqil respublikamiz nafaqat xomashyo bazasidir, balki unda yirik – yirik islab chiqarish korxonalari bo‘lib, ular o‘z maxsulotlari bilan jaxon bozorlarida tan olinmoqalar. Jumladan mamlakatiz ranli, nodir, noyob va tarqoq rangli metallar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqa. Zamonoviy texnika noyob va tarqoq metallarsiz tasavvur etish qiyin. Chunki elektrovakuum texnikasni, elektronikani, atom energetikasini, avia–va raketasozlikni, shuningdak maxsus po‘latlar ishlab chiqarishda, qattiq, o‘lovbardosh va emirilishga chidamli qotishmalar tayyolash kabi texnikaning asosiy tarmoqlarining takomillashishida noyob metallarning o‘rni beqiyos. XX asr boshlariga kelib ilgari qo‘llanilmagan kimyoviy element-larning sanoat miqyosida ishlatilishi katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu elementlarni birlashtirib «Noyob elementlar», keyinchalik esa «Noyob metallar» deb yuritila boshlandi. D.I.Mendeleyev tomonidan tuzilgan davriy tizimning barcha guruhida noyob metallar joylashganini ko‘rish mumkin. Ular o‘zining fizik-kimyoviy xossalari bilan boshqa elementlardan katta farq qiladi va sanoat miqyosida qo‘llanishi hamda bir qator xususiyatlariga ko‘ra, noyob metallar guruhiga kiritilgan.


  1. Yüklə 80,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin