91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. Poliamidlar


Kimyoviy texnologiyaning asosiy qonun – qoidalari



Yüklə 80,54 Kb.
səhifə9/40
tarix21.06.2022
ölçüsü80,54 Kb.
#61973
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
91-100

Kimyoviy texnologiyaning asosiy qonun – qoidalari.

Moddalar massasining saqlanish qonuni kimyoning birinchi qonunidir. Bu qonunni dastlab 1748-yilda Mixail Lomonosov, keyin 1789-yilda fransuz kimyogari Lavuaze mustaqil ravishda taʼriflab bergan. Qonunning hozirgi taʼrifi quyidagicha:Kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil boʻladigan moddalarning massasiga teng.Moddalar massasining saqlanish qonuni materiyaning saqlanish qonunining bir koʻrinishidir. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni — tabiatning eng muhim asosiy qonuniyatlaridan biri; unga koʻra, har qanday berk tizimda energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va yoʻqolib ketmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi. Berk tizimda faqat konservativ (oʻzgarmas) kuchlar mavjud boʻlsa, tizimning toʻliq mexanik energiyasi oʻzgarmas qiymatga ega boʻlib qoladi, yaʼni kinetik energiya potensial energiyaga aylanib turadi va aksincha. Kimyoviy muvozanat – toʻgʻri va teskari reaksiyalar tezligi tenglashgan holat. Mac, N2+3H2=2NH3 reaksiyasida azotning vodorod bilan birikish (toʻgʻri reaksiya) tezligi ammiakning azot va vodorodga parchalanish (teskari reaksiya) tezligiga teng . Kimyoviy muvozanat. sodir boʻlganda reaksiya goʻyoki toʻxtab qolgandek koʻrinadi, aslida ikkala reaksiya ham davom etadi, biroq bu reaksiyalarning biri ikkinchisining natijasini yoʻqqa chiqaradi. Mohiyatiga koʻra, Kimyoviy muvozanat. dinamik muvozanatdir. Oʻzgarmas muhit (kislotali yoki asosli) va sharoitda (temperatura, bosim) reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyasining oʻzgarmasligi Kimyoviy muvozanatning muhim belgisidir. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o'zgarganda kimyoviy
muvozanatning siljish yo'nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu
qoida siljuvchan muvozanat prinsipi yoki Le Shatelye prinsipi deyiladi:agar muvozanatdagi sistemaga biror tashqi ta’sir o‘tkaziIsa
(konsentrasiya, temperatura, bosim o‘zgartirilsa) u ikki qarama-
qarshi reaksiyadan shu ta’sirni kamaytiradigan reaksiyaning
borishiga yordam beradi.


  1. Yüklə 80,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin