9-Mashg’ulot. Minoga va miksinalar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/4
tarix04.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#107566
1   2   3   4
9-амалий

Ovqat hazm qilish sistemasi
Minoganing hazm qilish organlari o’ziga xos tuzilgan bo’lib, bu ovqatlanish xususiyati-qon so’rishi bilan bog’liq. Yuqorida ta’kidlanganidek og’iz voronkasining ostida og’iz bo’shlig’i bilan qo’shilgan og’iz teshigi mavjud, u qisman yoki to’lig’icha til bilan qoplangan. Minoganing tilidagi muskullari yaxshi rivojlangan bo’lib, uzunchoq tog’ay yordamida tutib turiladi. Til apparatining tuzilishini uning ko’ndalang kesimida o’rganish mumkin.
Og’iz bo’shlig’i to’g’ridan-to’g’ri halqumga tutashadi. Halqumning keyingi qismi mustaqil ikkita nayga ajraladi: pastda turadigan serbar nafas olish nayi va ustki tomonida turadigan qizilo’ngach nayi chiqib ketadi. Qizilo’ngach orqaga qarab qayrilib va yurakni yonlab o’tib ichakka aylanadi. Oshqozoni yaxshi rivojlanmagan. Ichak qizilo’ngachdan klapan orqali ajralgan. Ichakning oldingi va keyingi bo’laklari biroz kengaygan naydan iborat bo’lib anal teshigi bilan tutashadi. Qizilo’ngach qisqa bo’lib jabra apparati atrofi ko’ndalang kesimida yaxshi ajralib turadi.
To’garak og’izlilarda butun ichak sistemasi sodda tuzilgan, yuqorida ta’kidlangan qismlar bir-biridan unchalik farq qilmaydi.
Kesilgan ichakning ichki tomonida spiral klapan joylashgan bo’lib, shilimshiq pardasimon burmani hosil qiladi. Barcha tuban baliqlar uchun ham xos bo’lgan bu burma ichakning ovqat so’ruvchi yuzasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Oshqozon ostida katta jigari joylashgan. Jigarida o’t pufagi va o’t yo’li rivojlanmagan, jigari xuddi ichki sekretsiya bezlari singari to’siq organ vazifasini bajaradi. Oshqozon osti bezi ichakning butun yuzasida tarqalgan.
Nafas olish organlari
Barcha umurtqalilar singari minogada ham nafas olish organlari, hazm nayining oldingi qismi bo’lgan halqumni bo’rtib chiqishidan o’ziga xos jabra xaltachalari shaklida hosil bo’ladi. Nafas nayining har ikki tomonida yettitadan ichki jabra yoriqlari bo’ladi.
Jabra xaltachalari yumoloq shaklda bo’lib, ektodermal kelib chiqqan. Jabra xaltachasining ichki devori shilliq qavatdan iborat bo’lib, unda ko’plab jabra yaproqlari bor, bu yaproqlar xaltachaning ichki devoriga meridian bo’ylab joylashadi. Jabra xaltachalarining orasida keng bo’shliqlar ya’ni jabra oldi sinuslari bor, bu sinuslarning har qaysisini biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan jabraaro to’siqlar ikki kameraga bo’ladi. Mayda kapillyar qon tomirlari jabra yaproqlarini o’rab olib kislorodga boyiydi va karbonat angidrid gazini suvga chiqaradi.
Minogada nafas olish akti butun jabraning qisqarib-bo’shashi hisobiga amalga oshadi. Og’iz orqali so’rilgan suv jabra yaproqlarini yuvib, jabra yoriqlari orqali tashqariga chiqariladi. Minoga ovqatlanish vaqtida o’ljasiga yopishadi va suvni jabra yoriqlari orqali o’tkazadi.
Qon aylanish sistemasi
To’garak og’izlilarning qon aylanish sistemasi lantsetnika o’xshash, lekin farqli xususiyati yuragining bo’lishidir (13-rasm).


13-rasm. Minoganing qon aylanish sistemasi sxemasi:
1-orqa aorta ildizlari; 2-qon olib ketuvchi jabra arteriyalari; 3-oldingi kardinal vena; 4-orqa aorta; 5-keyingi kardinal vena; 6-ichak arteriyasi; 7-olib ketuvchi jabra arteriyalari; 8-qorin aortasi; 9-jabra yoriqlari; 10-yurak qorinchasi; 11-yurak bo’lmasi; 12-venoz sinus; 13-jigar venasi; 14-ichak osti venasi; 15-dum venasi va arteriyasi; 16-uyqu arteriyasi (vena qon tomirlari qora rangda, arteriya qon tomirlari esa shtrixlangan).

Preparatda minoga yuragi ikki bo’limga bo’linganligini ko’rish mumkin: yupqa devorli yurak oldi qismi, uning chap tomonida esa tog’aysimon yurak oldi xaltachasi bo’lib, zich prizmatik shakldagi qorinchadan iborat (14-rasm).



14-rasm. Minoga yuragining qorin tomonidan ko’rinishi.
1-venoz sinus; 2-yurak oldi bo’lmasi; 3-yurak qorinchasi; 4-qorin aortasi; 5-oldingi kardinal venalar; 6-keyingi kardinal venalar; 7-jigar venasi; 8-pastki buyinturuq vena.
To’g’ridan-to’g’ri yurak oldiga naysimon yupqa devorli venoz sinus kelib qo’shiladi. Qorin aortasining ikki tomonidan jabra arteriyalari chiqadi va ular jabralar o’rtasidagi to’siqlarga boradi. Bular qon olib keluvchi jabra arteriyalari deyiladi. Bu arteriyalar jabra xaltachalaridagi yaproqchalarga borib kapillyar qon tomirlar to’rini hosil qiladi. Bu kapillyarlar yig’ilib qon olib ketuvchi jabra arteriyalarini hosil qiladi. Halqumning orqa devoridan toq aorta ildizi hosil bo’ladi. Aorta ildizidan qon xorda ostida joylashgan orqa aortaga qo’yiladi. Orqa aortadan gavdaning oldingi tomoniga qarab boshni qon bilan ta’minlaydigan juft uyqu arteriyasi chiqadi. Qonning asosiy qismi esa orqa aorti orqali gavdaning keyingi qismiga qarab oqadi, natijada orqa aorta mayda arterial qon tomirlarni bo’linib barcha ichki organlarni arterial qon bilan ta’minlaydi va dum arteriyasini hosil qiladi.
Tanadan qaytgan barcha venoz qon venoz sinusga yig’iladi. Gavdaning keyingi qismidan venoz qon dum venasiga yig’iladi va bu vena ikkita keyingi kardinal venaga bo’linadi. Bularning har qaysisi mustaqil ravishda venoz sinusning ustki qismiga qo’yiladi. Boshning ustki qismidan venoz qon olib keladigan bir juft oldingi kardinal (ustki bo’yinturuq) venalar ham shu yerga qo’yiladi. To’garak og’izlilarda buyrak qopqa sistemasi yo’q. Shunga ko’ra dum venasi kardinal venaga aylanib ketadi. Boshning pastki qismidan venoz qon olib keluvchi pastki bo’yinturuq vena venoz sinusning pastki qismiga oldingi tomonidan qo’yiladi. Ichakdagi venoz qon jigar qopqa venasiga yig’iladi. Bu vena jigarga kelganda mayda kapillyarlarga bo’linib ketadi va bu kapillyarlar yana yig’ilib jigarning orqa tomonidan venoz sinusga (keyingi kardinal vena, oldingi kardinal vena, pastki bo’yinturuq vena, jigar venasi) qo’yiladi. Minogada kardinal venalar kyuver oqimini hosil qilmaydi va mustaqil venoz sinusga qo’yiladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin