9-Mashg’ulot. Minoga va miksinalar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/4
tarix04.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#107566
  1   2   3   4
9-амалий


9-Mashg’ulot. Minoga va miksinalar. To’garak og’izlilarning oziqlanishi,teri qoplag’ichlari,o’q skeleti,bosh skeleti, qon aylanish, nafas olish,ayiruv va qon aylanish tizimlari.
Turning sistematik holati

Tip. Xordalilar-Chordata


Kenja tip. Umurtqalilar yoki bosh suyaklilar-Vertebrata yoki
Craniata
Bo’lim. Jag’sizlar-Agnotha
Cinf. To’garak og’izlilar-Cyclostomata
Turkum. Minogalar-Petromyzoniformes
Tur. Daryo minogasi-Lampetra fluviatilis
Jihozlar



  1. Tirik yoki fiksatsiyalangan minoga.

  2. Tayyor preparatlar: yorilgan minoga, qon aylanish sistemasi; bosh miyasi; skeleti.

  3. Tablitsalar:

minoganing tashqi ko’rinishi; ichki organlarining umumiy ko’rinishi; jabra apparati atrofi ko’ndalang kesimi; tana bir qismining ko’ndalang kesimi; ovqat hazm qilish sistemasi; qon aylanish sistemasi; bosh miyasi, skeleti.

  1. Preparaval jihozlar

(skalpel (tig’), qaychi, pintset qisgich, ustara, preporaval nina, kantselyariya tug’nag’ichi.

  1. Vannochkalar, kyuvetkalar.

  2. Qo’l lupalari.

Ishning mazmuni:

Texnik ko’rsatmalar. Mashg’ulotdan oldin ushlangan minogalar odatda formalin yoki spirtda fiksatsiya qilinadi. Dastlab minoga 4-5% formalin eritmasiga solinadi, bir necha (4-5) kun davomida eritma 2-3 marta almashtiriladi va to’kib tashlanadi. Uning o’rniga 700 spirt qo’yiladi va minogani 2-3 yil preparat sifatida saqlash mumkin bo’ladi.


Mashg’ulot boshlanishdan bir necha soat oldin eritmaga solingan minoga
oqib turgan toza suvda chayiladi va o’rganiladi.
To’garak og’izlilar hozirgi umurtqali hayvonlarning dastlabki guruhlaridan biri bo’lib, tuban xordalilardan farq qiluvchi alohida progressiv belgilari mavjud.
To’garak og’izlilarda nerv sistemasi bosh va orqa miyaga bo’lingan, sezgi organlari bir oz murakkablashgan. To’garak og’izlilarda tog’aysimon skeletni-miya qutisida, vistseral va o’q skeletning yuqori yoylari murtagida ko’rish mumkin.
To’garak og’izlilarda qon aylanish sistemasining asosini-yurak tashkil etadi, shunga bog’liq holda nafas olish organi jabra xaltachalari shaklida, ayiruv organi esa buyrak shaklida mavjud.
Tuban xordalilarga o’xshash to’garak og’izlilarda hayot tarziga mos holda tuzilishida ayrim sodda belgilarni ko’rish mumkin. To’garak og’izlilarda bosh miya sodda tuzilgan bo’lib, bosh miyaning asosiy bo’limlari bitta gorizantal tekislikda ketma-ket joylashgan. O’q skelet to’garak og’izlilarda hayotining oxirigacha xordaligicha saqlanib qoladi. Miya qutisi juda sodda tuzilgan. U bosh miya ostida joylashgan tog’ay plastinkadan iborat. Plastinkaning yon tomonlariga tog’aydan iborat eshitish kapsulasi tutashadi, ammo qo’shilib o’smaydi. Oldinda esa tog’aydan iborat hidlash kapsulasi joylashgan. To’garak og’izlilarda haqiqiy tog’aydan iborat miya qopqog’i bo’lmaganligi va miya tepa qismidan parda bilan qoplanganligi tufayli miya qutisi to’liq bo’lmaydi.
Yuqori umurtqalilardan farq qilib, to’garak og’izlilarda jag’ yo’q, juft suzgichlari yo’q, eshitish organi faqat ichki quloqdan shuningdek bir yoki ikkita yarim doira kanallardan iborat. Nafas olish organi jabra xaltalaridan iborat. To’garak og’izlilarning boshqa umurtqalilardan farq qiluvchi o’ziga xos belgisi, jabra xaltalarining ektodermal kelib chiqqanligidir.
Yarim parazitlik (minoga) va parazitlik (miksina) hayot tarzi ularning tuzilishida ko’rinadi. O’ziga xos so’ruvchi voronkasimon og’izida shoxsimon tishlar, muskuli yaxshi rivojlangan tili, yalang’och terisi bezlarga boyligi, ko’p miqdorda shilimshiqsimon modda ajralishi va boshqa belgilari yashash sharoitiga moslashganligidan iborat.
Tashqi tuzilishi.
Tana shakli; toq-suzgichlari-elka, dum; yalang’och shilimshiqsimon teri; og’iz oldi voronkasi; og’iz teshigi; tishlari; toq hidlash kapsulasi, murtak holatdagi ko’zlar; jabra xaltasining tashqi teshigi; anal va siydik-tanosil teshigi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin