8-mavzu: O`quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash. Oila tarbiyasi



Yüklə 41,29 Kb.
səhifə2/3
tarix22.04.2023
ölçüsü41,29 Kb.
#101666
1   2   3
8-mavzu O`quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash. Oila tarbiy

Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’nggi g’ishti qo’yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi.
Oilaning kommunnikativ funksiyasi oila a’zolarining o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy oriyentatsiyalar, «ustanovka»lar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi- oilada o’zaro, ichki muloqot xarakteri, xonadondagi yoshi kattalarning o’zaro, munosabatlarida psixologik «ustanovka»larni namoyon qilishlari oiladagi axloqiy psixologik iqlimga to’g’ridan- to’g’ri bog’liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan texnika taraqqiyotining yuksalib, odamlarning kundalik hayotning urbanizatsiya-lashuvining (radio,televideniye, video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi, oilalarning tobora nuklearlashib1 borayotganligi bilan oilaning kommunikativ funksiyasining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Oilaning rekreativ funksiyasi nimadan iborat? Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo’lgan xususiyatlardan biri, oila a’zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini ta’minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy yordam ko’rsatish kabilardan iborat bo’lib kelgan2.
Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini- tashkil qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi- o’zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Oilaning muhim bo’lgan funksiyalaridan yana biri- bu uning reproduktiv ( jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo’lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab turishdan ham iboratdir.
Oilaning jamiyat oldidagi reprokduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo’lishi lozimligi nazarda tutiladi.
Oilaning felitsitologik funksiyasi nima? Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funksiyalaridan biri uning felitsitologik funksiyasidir (italyancha «felitsite»- baxt degani). «Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko’p jihatdan hal qiluvchi omil bo’lib bormoqda. Oilada er-xotining bir-birini to’liq tushunishi- ularning o’zlarini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o’zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidorni) ro’yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o’zini baxtli his qilish imkonini beradi»3. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro’ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodi nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy tomondan qo’llab- quvvatlash nazarda tutiladi.
Oilaning relaksatsiya funksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir4.
Oilashunos olimlar: G’.B.Shoumarov, N. Sog’inov,E. Sattorovlar oilaning maqsadi: barkamol avlodni voyaga yetkazish va jamiyat ravnaqiga hissa qo’shish, deb ta’kidlaydilar.
Demak, oilaning asosiy maqsadi ham ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan oilaviy ahvolni rivojlantirish, jamiyatga sog’lom, aqlli, har tomonlama barkamol farzand tarbiyalash. Jamiyatdagi barcha yutuqlardan foydalangan holda, undagi illatlarni tag-tomiri bilan yo’q qilishda faol ishtirok etish. Oila qal’a ekan, bu qal’ada bekinmachoq o’ynamaslikni, yoshlikdan o’yinqaroqlik, beboshlik, erkalik, beparvolik o’rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlikni sezish kabi fazilatlar egallashi lozimligini tushunish kerak. Buning uchun o’zimizda ma’suliyat hissi ko’nikmasini his qilishimiz zarur.
Yosh avlodning hayotdagi ko’p qismi oilada o’tadi. Shu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar.
Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusmlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo’lsagina o’sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlashi mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuqlar ota-onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo’yicha tajribalar almashish, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg’in jalb qilishga ham bog’liqdir. Har bir ota-ona o’z farzandini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chuqur anglashiga bog’liq.
Bundan tashqari normal oilaviy muhit, ota-onaning obro’si, to’g’ri kundalik rejim, bolani kitobga va o’qishga, mehnat qilishga o’z vaqtida jalb qilishlari ham muvoffaqqiyat garovidir.
Shunday qilib, oilaning jamoatchilik bilan hamkorligining o’rni beqiyosdir.
Oilaning jamoatchilik bilan hamkorligi yaqin bo’lgandagina sog’lom g’oyalar, siyosiy ong va huquqiy madaniyat, mustaqil fikrlash, iymon, e’tiqod kabi tushunchalar ravnaqiga yetishadi. Bunda mahalla, bobolar va momolar tarbiyasi demokratiya darsxonasi bo’lishi kerak.

Yüklə 41,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin