6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari



Yüklə 234 Kb.
səhifə7/8
tarix14.06.2023
ölçüsü234 Kb.
#130135
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini

1-bosqich – mahsulotni transportda tashish uchun tayyorlash. Bu bosqich mahsulot ishlab chiqarilgandan uni konteynerga yoki transport vositasiga joylashtirgunga qadar davom etadi. Mahsulotni transportda tashish uchun tayyorlash - yuklarni taralashtirish, ularni paketlashtirish, tekis tagliklarga yoki konteynerlarga joylashtirishdan iborat bo’lishi mumkin. Birinchi bosqichdagi xarajatlar mazkur ishlarni bajarish uchun talab etiladigan ekspluatatsion xarajatlar yoki yordamchi vositalar (taglik, paket, konteyner) ni xarid qilish uchun lozim bo’lgan kapital xarajatlardan iborat bo’lishi mumkin.
2-bosqich – yuklarni magistral transport terminaliga tashib berishdan iborat.
3-bosqich – yuklarni magistral transport vositasiga ortish va bunda tegishli omborxona-transport ishlarini bajarish. Transport vositalariga yuklarni ortish xarajatlarini aniqlash uchun bu yumushlarni bajarish usuli va qo’llanilayotgan ortish mexanizmlarining texnik-ekspluatatsion ko’rsatkichlarini bilish zarur.
4-bosqich – yuklarni magistral transport turida tashish. Tashish xarajatlari qo’llanilayotgan transport turi, tashish masofasi va texnologiyasiga bog’liq ravishda aniqlaniladi.
5-bosqich – yuklarni magistral transpordan tushirib olishda bajariladigan transport-omborxona ishlaridan iborat.
6-bosqich – yuklarni magistral transport terminalidan tashib chiqish va ularni ulgurji ta’minot-sotuv bazalariga, ya’ni taqsimlovchi markaziy omborxonalarga joylashtirish.
7-bosqich – yuklarni ta’minot-sotuv bazalaridan iste’molchilarga yetkazish.
Yuklarni yetkazib berishning har bir bosqichida qo’llanilayotgan texnik-texnologik vositalar (paketsiz tashish usuli, paketda, taglikda yoki konteynerda tashish, avtomobilь yoki avtopoezdlarning turli modellarida yoki turli transport vositalarida), tashish texnologiyasi va tashkil etilishi o’zgarib turadi va shu tufayli har bir bosqichda transport yoki boshqa ishlar samaradorligi qabul qilinayotgan boshqaruv yechimlariga bog’liq.





Yüklə 234 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin