6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari


Etkazib berish turlari va tashishning texnologik sxemalari



Yüklə 234 Kb.
səhifə3/8
tarix14.06.2023
ölçüsü234 Kb.
#130135
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini

3. Etkazib berish turlari va tashishning texnologik sxemalari
Hozirgi sharoitda transport korxonalari o’zlarning tijorat va ishlab chiqarish faoliyatlarini qayta ko’rib chiqishlari hamda asosiy diqqat – e’tiborni iste’molchilar ehtiyojlari va talablarini o’rganish, tahlil etish va qondirishga qaratmog’i lozim. Transportda yuk tashish faoliyati ikki xil yo’nalishdagi tashkilotlar - sotuvchi va sotib oluvchi, ya’ni yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar ehtiyojini qondirishga qaratilgandir. O’z-o’zidan ma’lumki, tovarning sotilishi jarayoni iste’molchiga yetkazib berilgandagina tugallangan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning barqaror holati nafaqat uni ishlab chiqarish xarajatlari bilan, balki bozorda o’z tovarini o’tkaza olishi, ya’ni xaridorlarga sota olishi bilan ham belgilanadi. Korxona va tashkilotlar o’z tovarlarini sotganlaridan so’ng mahsulotni xaridorga yetkazib berish muammosi tug’iladi. CHunki bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot va tovarlar bozoridan tashqari transport xizmati bozori ham shakllanadi, transport korxonalari orasida raqobat paydo bo’ladi.
Mutaxassislar fikricha, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatdoshligining yuqori emasligi birinchi navbatda ularda transport-ekspeditsiya ishlariga sarflanayotgan xarajat miqdori yuqori ekanligi bilan izohlanadi2. Bunday holat yuklarni yetkazib berishga doir transport faoliyatidagi va zaxiralarni boshqarish tizimidagi kamchiliklar oqibatidir.
Tovarlarni yetkazib berishda tashish jarayonidan tashqari, yana bir qancha ishlar va xizmatlar amalga oshirilishi taqozo etiladi. Bunday xizmatlar esa tovarlarni samarali taqsimlash ehtiyojidan kelib chiqadi. AQSH da o’tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, transport xizmatining narxi mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash xarajatlarining uchdan birini tashkil etadi.
Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish ma’lum darajada o’zaro bog’lanmagan turli tashuvchilar tomonidan bajarilayotgan ketma-ket bosqichlardan iborat jarayon sifatida amalga oshiriladi. SHu tufayli fazo va vaqt ichida shunday ketma-ket joylashgan bosqichlar zanjirini optimallashtirish ancha murakkab masaladir. Tovarlar taqsimlanishida transportning asosiy xizmat ko’rsatish funktsiyasi, uni yetkazib berishni transport va ekspeditsion jihatdan ta’minlashdan iborat.
Tovarlar taqsimlanishining transport-ekspeditsion ta’minoti quyidagilarni ko’zda tutadi:


Yüklə 234 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin