6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini shakllantirish tamoyillari


Transport va ishlab chiqarish muammolarini hal qilish uchun logistika markazlarini yaratish zaruriyati



Yüklə 234 Kb.
səhifə2/8
tarix14.06.2023
ölçüsü234 Kb.
#130135
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu. Logistika tizimida transport-ishlab chiqarish tizimini

2. Transport va ishlab chiqarish muammolarini hal qilish uchun logistika markazlarini yaratish zaruriyati

Logistika markazlari yopiq aktsiyadorlik jamiyati tashkil etilishi va kundalik moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilovchi asosiy huquqiy hujjat – ularning Nizomi hisoblanadi.


Mazkur Nizomga ko’ra jamiyat tuzish to’g’risidagi ta’sis shartnomasida nomlari keltirilgan ta’sischi-aktsiyadorlar (bundan buyon Ta’sischilar deb ataladi) ta’sis yig’ilishining qarori bilan yopiq aktsiyadorlik jamiyati (bundan buyon Jamiyat deb ataladi) shaklida tuzilgan “Logistika Markazi” yopiq aktsiyadorlik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi. “Angren logistika markazi” misolida logistika markazlarining zarurati haqida bayon etiladi.
“Angren logistika markazi” yopiq aktsiyadorlik jamiyati yuridik shaxslar (ular to’g’risida ma’lumotlar 2009 yil 12 avgustdagi ta’sis shartnomasida keltirilgan) tomonidan tuzilgan bo’lib, u ushbu shaxslar tomonidan birgalikda xo’jalik faoliyati yuritish, foyda olish maqsadida jamiyat manfaatlarini qondirish, Jamiyat faoliyatining mazmuni, asosiy vazifalari va maqsadlarida nazarda tutilgan ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish birlashmasidir.
Quyidagi tashkilotlar “Angren logistika markazi” yopiq aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari hisoblanadi: “O’zbekiston temir yo’llari”; “O’zavtosanoat”; “O’zkimyosanoat” DAK; “O’zneftegaz” MXK; “O’zqurilishmateriallari” AK; “Yog’-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi”.
“Angren logistika markazi” yopiq aktsiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy maqsadlari, yo’nalishlari va mazmuni quyidagilardan iborat. Iste’mol talabi va bozordagi vaziyatning o’zgarishiga tezkor munosabat bildirish yo’li bilan xalq iste’moli va transport, yuklarni tushirish-ortish va omborlarda saqlash xizmatlarini ko’rsatish maqsadlarga mo’ljallangan xizmatlarni amalga oshirish va xizmat ko’rsatib foyda olish, Jamiyat faoliyatining maqsadidir.
Jamiyat faoliyatining mazmuni marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, tijorat faoliyati, moliya va boshqaruv masalalari bo’yicha maslahat berishdan iboratdir.
Jamiyat quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- o’rnatilgan tartibda o’zaro manfaatli tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yish va rivojlantirish, qo’shma korxonalarni tuzish haqida qaror qabul qilish, shu jumladan, xorijiy hamkorlar bilan ham;
- transport xizmatlari;
- temir yo’l va avtomobilь transportlari orqali yuklarni tashishni tashkil etish;
- transport vositalari, mexanizmlar va omborlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko’rsatish hamda ijaraga berish;
- marketing, agentlik va boshqa xizmatlar ko’rsatish;
- lizing asosida ishlab chiqarish faoliyati;
- sarmoya kiritish faoliyati;
- aholiga pullik xizmat ko’rsatish;
- avtotransport va servis xizmati;
- tijorat va savdo;
-tijorat do’konlarini tashkil qilish va ulardan foydalanish;
- ko’rgazmalar, kim oshdi savdolari, taqdimot marosimlari va reklama kompaniyalarini tashkil kilish va o’tkazish;
- umumiy ovqatlanish tarmoqlari, kafe, bar, restoran, pitstseriyalarni tashkil qilish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat;
- nizom jamg’armasiga kiritgan hissalari miqdorida ishtirokchilarning moliyaviy resurslarini jamlash, ulardan samarali foydlanishning strategiyasi va maqbul shartlarini belgilash;
- aktsiyalar va qimmatli qog’ozlarni chiqarish, ularni ta’sischilar orasida taqsimlash;
- Jamiyat sho’’ba korxonalari faoliyatini investitsiya, ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy-tashkiliy, huquqiy va kadrlar jihatidan ta’minlash;
- Jamiyat tarkibiy bo’linmalariga faoliyatning yangi turlarini o’zlashtirishda, qayta tiklash, texnikaviy qayta qurollanish, kapital qurilish, yangi bo’linmalarni tuzishda moliyaviy yordam ko’rsatish;
- Jamiyat tarkibiy bo’linmalari rivojlanishining strategik dasturlari muvozanatini, bozor kon’yunkturasini o’rganish va tahlil qilish, marketing faoliyatini amalga oshirish;
- vositachilik, injiniring, konsalting, bank, o’quv va marketing hizmatlarining yangi turlarini ko’rsatish uchun jamiyat tarkibiga kiruvchi tarkibiy bo’linmalarning jamlanma investitsiya salohiyatini ro’yobga chiqarish:
- shartnoma va kontraktlarning loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash, ularni ishtirokchilar bilan muvofiqlashtirish, tuzilishi va bajarilishi ustidan nazorat qilish;
- Jamiyat va uning ta’sischilari, ishtirokchi aktsiyadorlari manfaatlarini ko’zlab mamlakat ichida va xorijda ko’chadigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq istalgan operatsiyalarni, jumladan, ham ishtirokchilar, ham uchinchi shaxslar bilan qarz va kreditlar olish va berish operatsiyalarini amalga oshirish;
- to’lovlarga, jumladan, mulkka kafolat berish, bunda kreditorlar va aktsiyadorlar oldidagi majburiyatlarning birinchi navbatda bajarilishini kafolatlash;
- kapitalning bir sohadan ikkinchi sohaga oqib o’tishini yengillashtiradi;
- tarkibiy tuzilmalarning barqaror daromadliligini ta’minlash buyicha shart-sharoit yaratadi;
- tarkibiy bo’linmalar faoliyatida xarajatlar kamayishini, rentabellik oshishini hamda ichki va tashqi bozorda xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlaydi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi;
- yangi xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradi;
Jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatning qonunchilikda taqiqlanmagan va ta’sis hujjatlarida ko’rsatilmagan istalgan turi bilan shug’ullanishga haqli.
Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qiladigan barcha faoliyat turlari qonunda qayd etilgan tartibda litsenziya olingandan so’ng amalga oshiriladi.
“Angren logistika markazi” yopiq aktsiyadorlik jamiyatining nizom jamg’armasi fondi har birining qiymati 1 000 000 (bir million) so’m bo’lgan 600 (olti yuz) dona egasining nomi yozilgan oddiy aktsiyalarning nominal qiymatidan tashkil topadi.
“Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qaroriga binoan jamiyat kengashi a’zolariga ular o’z vazifalarini bajarib turgan davrda badal to’lanishi va (yoki) kengashining a’zosi vazifasini bajarish bilan bog’liq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va to’lovlarning miqdori aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi qarori bilan belgilab qo’yiladi.
Jamiyat Kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- jamiyat faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash;
- jamiyat aktsiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yig’lishlarini chaqirish;
- aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining kun tartibini va uni o’tkazish sanasini tasdiqlash;
- aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilish uchun umumiy yig’ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aktsiyadorlarning ro’yxati, tuziladigan sanani belgilash;
- jamiyat aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi vazifasini bajarish;
- jamiyat ijroiya organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazo), uning vakolatlarini muddatidan ilgari to’xtatish;
- Jamiyat tomonidan obligatsiyalarni va emissiya qilinadigan qimmatli kog’ozlarni joylashtirish;
- mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash;
- jamiyat tomonidan joylashtirilgan aktsiyalar, obligatsiyalar va boshka qimmatli qog’ozlarni olish;
- jamiyat taftish komissiyasi a’zolariga to’lanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasida tavsiyalar berish;
- aktsiyalar bo’yicha dividendlar miqdori va ularni to’lash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;
- jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish;
- mazkur nizomiga muvofiq Kengash vakolatlariga kiritilgan Jamiyat ichki ichki hujjatlarini tasdiqlash;
- jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil
etish;
- "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda, tuzishdan manfaatdorlik bo’ladigan bitimlarni tuzish;
- aktsiyadorlik jamiyatining boshqa xo’jalik jamiyatlaridagi ishtiroki bilan bog’liq bitmlarni tuzish;
- mazkur Nizom va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalar. Jamiyat kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish
uchun jamiyat ijroiya organiga o’tkazilishi mumkin emas.
Jamiyat kengashi a’zolari Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan nizomda nazarda tutilgan tartibda Aktsiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig’ilishigacha muddatga saylanadi.
Jamiyat kengashi tarkibiga saylangan shaxslarning qayta saylanishlari cheklanmaydi.
Jamiyat kengashi a’zosi faqat jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. Jamiyat kengashi a’zosi Jamiyat aktsiyadori bo’lmasligi mumkin.
Jamiyat ijroiya organining a’zolari Jamiyat kengashiga saylanishlari mumkin emas.
Jamiyat kengashining miqdoriy tarkibi aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining qarori bilan belgilab qo’yiladi.
Jamiyat kengashining raisi kengash a’zolari tomonidan ularning o’zlari orasidan kengash a’zolari umumiy soniga nisbatan ko’pchilik ovoz bilan saylanadi.
Jamiyat kengashining faoliyat tartibi «Kengash to’g’risida»gi aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik kollegial ijroiya organi bo’lgan Jamiyat Boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi. Ijroiya organlar Jamiyat kengashi va Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishiga hisobdordir.
Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aktsiyadorlar
umumiy yig’ilishining vakolatlariga yoki Jamiyat kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Jamiyat ijroiya organi aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi va kengashining, qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Jamiyat Boshqaruvi Raisi jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan, uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.
Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat nizomida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo’lsa, aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga binoan amalga oshriladi.
Jamiyatning Boshqaruvi Raisi, Jamiyat Boshqaruvi a’zolarining jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirishga doir huquqlari va majburiyatlari O’zbekistan Respublikasi qonun hujjatlari asosida hamda ularning har biri jamiyat bilan tuzadigan shartnomada belgilanadi. SHartnomani jamiyat nomidan kengash raisi imzolaydi;
Jamiyat Boshqaruvi jamiyat nizomi, shuningdek, Aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi tasdiqlanadigan «Jamiyat boshqaruvi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.
“Angren logistika markazi” yopiq aktsiyadorlik jamiyatining tashkiliy strukturasi 2.1-rasmda keltirilgan.


“Angren logistika markazi” YoAJ tarkibiga kiruvchi tashkilotlar


Muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar

2.1-rasm. “Angren logistika markazi” yopiq aktsiyadorlik jamiyatining (AYoJ) tashkiliy strukturasi


“Angren logistika markazi” (ALM) YoAJ Nizomida keltirilgan markaz faoliyatining maqsadlari, yo’nashilishlari va mazmuniga oid vazifalar tarkibida transport xizmati jarayonini logistik boshqarishga qaratilgan bir qator masalalar hisobga olinmagan. Bunday masalalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Iste’molchilarga ko’rsatilayotgan transport xizmati sifatini belgilaydigan miqdor ko’rsatkichlari aniqlanmagan va ALMning ish faoliyatiga kiritilmagan;

  • ALMning Nizomida ko’zda tutilgan funktsiyalar tarkibida iste’molchilar ehtiyojini qondirishga qaratilgan hamda yetkazib beriladigan yuk oqimlarini logistik rejalashtirish va boshqarishga oid masalalar, ko’rsatkichlar o’z aksini topmagan;

  • ALM “Tranzit – yuk terminali” moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga oid ko’rsatkichlari tarkibida turli texnik-texnologik operatsiyalarga doir ishlar hajmi keltirilgan;

  • ALM faoliyatini rejalashtirishga oid ko’rsatkichlar tizimida iste’molchilarning turli logistik xizmatlarga bo’lgan ehtiyoji va ularni qondirish darajasi, shuningdek, tashishga bo’lgan ehtiyojini qondirishning rejalashtirilgan ishonchliligi va sifatini belgilaydigan ko’rsatkichlar ko’zda tutilmagan;

  • ALM faoliyatini baholovchi ko’rsatkichlar tizimida yuklarni yetkazib berish samarali texnologiyalar vositasida amalga oshirilishi, transport-texnologik jarayonlarning asosiy bosqichlaridagi kamchilik va muammolar bo’yicha ma’lumotlar keltirilmagan va tahlil etilmagan;

  • ALM texnik-ekspluatatsion va iqtisodiy-moliyaviy ko’rsatkichlar tizimida yuklarni iste’molchilarga yetkazib berish sifatini belgilovchi eng muhim mezonlar o’z aksini topmagan. Bunday ko’rsatkich – mezonlar sirasiga quyidagilar kiradi:

  • iste’molchilarga yuklarni yetkazib berish ishonchliligi;

  • yuklarni yetkazib berish texnologiyasi va boshqarilishining turli tashish sharoitlari va iste’molchilar talablariga moslashuvchanligi;

  • xizmat ko’rsatishning har tomonlama to’laqonligi va ehtiyojlarni qamrab olishi;

  • ko’rsatilayotgan transport xizmati narx-navosi.




Yüklə 234 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin