1-AMALIY MASHG’ULOT
DASTURIY TA’MINOT
Inson va ma’lumotlarga ishlov berish o’rtasidagi aloqa kompyuter dasturlari
orqali boshqariladi. Markaziy protsessor (CRI) belgilari to’plami ikkita belgigacha
“0” va “1” yoki “yoqilgan” va “o’chirilgan” bilan chegeralangan. Inson harflardan,
raqamlardan, tasvirlardan foydalanadi. Inson va mashina o’rtasidagi interfeysni
(muloqotni), (kodlashtirish)ni dasturiy ta’minot tartibga solib turadi. Bu vazifadan
tashqari kompyuter dasturi operatsion tizimi ko’rinishida kompyuterni butun
apparat qismini boshqarilishini tartibga soladi. Shunday qilib dasturiy ta’minot ikki
qismga bo’linadi:
tizimli dastur ko’rinishidagi apparat qismining boshqarilishi
muammolarning yechilishiga qaratilgan amaliy dasturlar
Bu bilan bir qatorda tizimli va amaliy dasturlar ishlab chiqish va kompyuter
xizmatini yengillashtirish uchun bir qator dasturlash tillari va qo’llash servisi
mavjud.
Tizimli dastur shu bilan birga, kompyuter va unga tegishli periferiyalardan
foydalanishga imkon beradi. Tizimli dasturlarga foydalanuvchining ma’lumotlarga
ishlov berish tizimining ishlash tamoyillari bo’yicha keyingi texnik belgilarga ega
bo’lishini talab qilmasdan, masalani kiritish va chiqarish boshqaruvini
tayyorlaydigan operatsion tizimlarini o’z ichiga oladi.
Xizmat uchun belgilangan va yordamchi dasturlar ham tizimli dasturlarga oid
bo’lib, masalan formatlash va nusxalashda axborot tashuvchilar bilan muomala
qilish singari operatsion tizimlar bilan munosabatni yengillashtiradi. Windows XP,
Windows 2003 mijoz-server arxitekturali Novell, UNIX va LINUXning har xil
variantlari mashhur operatsiya tizimlaridandir.
Professional va kundalik masalalar qo’yilishini hal qilish uchun iqtisodiy, texnik
va ilmiy sohadan amaliy dasturlar foydalaniladi yoki ishlab chiqiladi.
Foydalanuvchilar va qo’llanish miqdoriga ko’ra soni va ushbu amaliy dasturlarni
yana bo’laklarga bo’lib chiqish mumkin.
Standart dasturiy ta’minot quyidagicha ko’rinishda deyarli har qanday masala
qo’yilishi uchun amal qiladi, masalan:
Matnga ishlov berish (masalan, MS Word)
Elektron jadvallar bilan ishlash (masalan, MS Excel)
Ma’lumotlar bazalari (masalan, MS Access, Oracle)
Grafiklar (masalan, Visio, CorelDraw)
Nashriy tizimlar (Desktop Publishing) (mas. Adobe Pagemaker,
QuarkXPress)
Loyihalash (masalan, MS Project)
Standart dasturiy ta’minot foydalanuvchilarning keng doirasi talablarini hisobga
olgan holda ishlab chiqilgan va bu bilan eng ko’p umumiy vazifalarni namoyon
qilgan bir paytda, soliq idorasi, arxitektorlar, mebel tayyorlovchilar kabi muayyan
kasbiy guruhlar tegishli talablarga muvofiqlashtirilgan tayyor xizmatlar ko’lamiga
ega bo’lgan amaliy dasturlarning tarmoq paketlari deb ataluvchi dasturlardan
foydalanadilar, ya’ni bunday dasturlarga talabgor bo’ladilar.
Agar xizmatlarning bunday o’ziga xos tarmoq ko’lami alohida tashkilot
muammolarini hal qilish uchun baribir haddan tashqari umumiy bo’lib chiqsa, unda
bir yoki bir nechta tashkilotlar talablariga moslashuvchi alohida dasturiy ta’minot
ishlab chiqish imkoniyatigina qoladi xolos. Bu yerda misol sifatida bir yoki bir
nechta tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan mutlaqo o’zgacha ishlab chiqarish
mashinalarini boshqarish uchun qo’llanuvchi ishlab chiqarishni rejalashtirish
tizimini tasavvur qilish mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarga muvofiq texnik yoki iqtisodiy
sohalaridagi muammolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnikasi va texnalogiyalari
yordamida yechish uchun turlicha alternativalar (yondoshuvlar) mavjud:
Mavjud dasturiy ta’minotdan foydalanish yoki uni qo’lga kiritish.
Yangi standart, tarmoq yoki alohida dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.
Bu orqali o’z kuchlari bilan yoki ishlab chiqish haqidagi yoki chetdan taklif
Dostları ilə paylaş: |