5-modul: inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix12.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#111911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jCqHK4dzuIcS3ScPvmjynBZbWNhcV9uvYgUDJ9ap

Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari: 
maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tuzatish sinflarini tashkil etish tartibi 
va alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun o‘quv jarayoni; 
bolalarni inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich asosiy tuzatish sinflariga qabul qilish 
tartibi; 
inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich asosiy tuzatish sinflarida ta’lim sifatini nazorat 
qilish va boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar. 
Bundan tashqari: 
jismoniy, aqliy, hissiy yoki aqliy nuqsonli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasalari; 
sanatoriy-kurort tipidagi ixtisoslashtirilgan ta’lim davlat muassasalari; 
jismoniy, aqliy, sezgi yoki aqliy nuqsonli bolalar, shuningdek, uzoq muddatli 
davolanishga muhtoj bolalar uchun yakka tartibda uyda ta’lim olish tartibi 
to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi. 
2020-yil 
13-oktabrda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” 
PQ-4860-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga asosan “2020 — 2025-yillarda xalq 
ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi”ni amaliyotga tatbiq 
etildi. 



Har bir bola o‘z imkoniyat 
darajasida rivojlanadi
, buni L.S. Vigotskiyning ilmiy 
qarashlariga ko‘ra “Har qanday ruhiy yoki jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot 
davom etadi” fikri bilan ham tasdiqlash mumkin . 
Inklyuziv ta’limga yangicha fikrlarning talqin etilishi milliy, tashkiliy va uslubiy 
islohotlarni talab etadi. Maxsus ta’limga muhtoj bolalar hozirgi maktab tizimida 
ehtiyojlari qondirilmayotgan bolalardir. Shu sababdan maktablar barcha bolalarning 
turli xildagi va umumiy maqsadlari, intilishlari, qiziqishlariga javob berishi va 
ularning bilim olishlarini ta’minlashi lozim. 



2020−2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish 
konsepsiyasiga O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim 
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda 
ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha quyidagi asosiy 
ustuvor vazifalarni nazarda tutadi: 
alohida ta’limga muhtoj bolalar o‘qiydigan ta’lim muassasalari binolariga 
qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; 
ushbu ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, o‘quv qurollari, turli kasblar 
bo‘yicha o‘qitish uchun moddiy-texnik baza va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan 
chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim muassasalarini maxsus asbob-
uskunalar bilan (yuk ko‘tarish moslamalari, panduslar, panjara va boshqalar), 
shuningdek, tegishli xodimlar bilan ta’minlash (maxsusko‘tarish moslamalari, 
panduslar, panjara va boshqalar), shuningdek, tegishli xodimlar bilan ta’minlash 
(maxsus o‘qituvchilar, bolalarni psixologik-pedagogik nazorat qilish bo‘yicha 
mutaxassislar); 
alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning moslashuvi va integratsiyalashuvi 
uchun maktab-internatlarni maxsus jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash va 
boshqalar. 
Shuningdek, qarorda alohida ta’limga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 
ta’lim davlat muassasalarida kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil etish chora-
tadbirlari belgilangan. 




Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin