5-modul: inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Aqliy hujum texnologiyasidan foydalanish



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix12.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#111911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jCqHK4dzuIcS3ScPvmjynBZbWNhcV9uvYgUDJ9ap

Aqliy hujum texnologiyasidan foydalanish: 
Nogiron va nogironligi bor shaxs iborasining farqi nimada?
Inklyuziv talim bo’lmasa, bola qanaqa bo’lardi? 
Sog’lom insonlar bilan muloqot cheklanadi. 
O‘qimasa oila qaramogida qoladi. 
Sog’lom insonlar orasida yashashga moslashmaydi. 
Ota -ona avaylaydi, shaxsiy “men”i chegaralanadi. 
Ota- ona fakat shu bolani o’ylovi bilan umrini kechiradi. 
Salbiy:
jamiyatimiz tayyormas, mentalitetimiz insoniyligi bo’lsa ham, bolani xafa 
qiladigan omillar ko’p, tarbiyachilar pedagogika, psixologiyani yetarli darajada 
bilishmaydi, maktab jihozlari, o’quv adabiyotlari talabga javob bermaydi.... 
Inklyuziv ta’limda maktabga keladigan bolalarning berilgan bilimni umuman eslab 
qolish qobiliyati (autizm) yo‘q. 
3 yashar bolaning ongi bo‘lgan 9 yoshli bolaga muomala qilinsa, sinf o’quvchilari 
ham u bolaga uxshab xarxasha, tartibga rioya qilmaslik kabi holatlar kuzatiladi. 
Sudorgi bergan payt bu bola bilan ovora bo’lib darslar kolib ketadi. 
Darsdan chiqib axlat toshib keladiganlari bor, muammo bo’lyapti. 
Aytib tursa yozadi, o’qituvchi ishtirokida, o’zi mustaqil yozmaydi, 3-sinf 
Qo‘llari qotib qolgan bolalar bilan qo‘l motorikalari ustida ishlagan bilan umuman 
ochilmaydigani bor, yozuv ishlari qolib ketadi. 
 
2-topshiriq:Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari 
 
Inklyuziv ta’lim - alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar 
bilan teng huquqlilik asosida ta’lim olishidir. 
Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu 
tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda 
o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos. 



O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat umumta’lim 
maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z 
yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati 
cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani 
haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktabrda qabul 
qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi 
asosiy muammolar sanalgan: 
- alohida ta’lim 
ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim 
muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan; 
- alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur 
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan 
uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan. 
Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan 
bolalarni qabul qilishga tayyormi? 
O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim joriy etish reja 
qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi, 
2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv 
ta’lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud. 
- pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish 
metodikasiga oid fanlar kiritilmagan; 
Pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari 
kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 
bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy 
tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq



sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming 
nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 
mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar 
inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan. 
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-
bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning 
maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni 
xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini 
takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va 
Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida 
inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan. 
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar 
O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit, 
o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi reja 
qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning 
o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p 
bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor. 
Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun 
umumta’lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba’zi 
muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor 
bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy ta’limda 
tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q. 



Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak. Maktablarda 
o‘qituvchilar ko‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan. Ular o‘qituvchini 
tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom bolalar bilan bir 
maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la olish ehtimoli 
kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq 
kuch sarflashi kerak bo‘ladi. Shu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va 
ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo 
ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan bolaga dars 
o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola tilini 
tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning 
uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish 
lozim». 
«Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi, jismoniy 
imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda 
boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa 
bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo‘lsa, 
bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi. 
Umumta’lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi 
alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar 
haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik 
kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq 
ekanini tushunishmaydi. 
Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri hisoblanadi. Inklyuziv 
ta’limning asosiy qismi–bolalarga bilimi olish uchun do’stona munosabat va o’qishga 
imkon beruvchi muhitni yaratishdir. Maxsus ehtiyojli bolalarning hayotga ilk yoshdan 
ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yuqori samaralarga erishish mumkin. 
Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga 
mos bo‘lgan siyosatni ishlab chiqish inklyuziv ta’limni qo‘llab–quvvatlashning 
asosidir. 
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashda quyidagi masalalarni hal etish lozim: 
-Jamiyatda ijobiy munosabatni ishlab chiqish; 
-Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi 
oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan 
tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda 
qadrlanmasa, bolalarda o‘ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib 
boradi. 



-Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish. 
Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do‘stona 
munosabat va o‘qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga 
bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo‘lishlari lozim. Bundan 
tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko‘ra, dars 
jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o‘quv qurollarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bunday 
o‘zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal rivojlanishdagi bolalar 
uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi. 
Ilk yoshdan aralashuv. 
Qisqa qilib aytganda, bolaning hayotiga ertaroq, e’tibor berilsa, natijasi 
bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Ijobiy namuna bo‘la oladigan insonlar obrazini yaratish. 
Bolada o‘ziga ishonch va o‘zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning 
qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko‘p maxsus ehtiyojli bolalar o‘sib, ulg‘ayayotgan 
bir paytda o‘zlariga o‘xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarni uchratmaydilar va 
katta bo‘lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shuning uchun ham maxsus 
ehtiyojli kattalar maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limida doimiy ishtirok etishlari 
kerak. Chunki katta yoshdagi maxsus ehtiyojli insonlar ota-onalarga farzandiga ta’lim 
berish muhimligini tushintirish mumkin. Buning uchun esa maxsus ehtiyojli kattalarni 
maktablarga taklif etish kerak. Shunda ular o‘zlarining hayotda erishgan yutuqlari 
haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv ta’limni targ‘ib qilishda katta 


10 
imkoniyat yaratiladi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin