5-modul: inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix12.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#111911
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
jCqHK4dzuIcS3ScPvmjynBZbWNhcV9uvYgUDJ9ap




5-modul:
INKLYUZIV TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI 
5.1.Mavzu:
Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari(1s amaliy)
 
1-topshiriq 
1. Alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni 
rivojlantirishga oid Hukumat qarorlari, farmonlari 
2017 yil 1-dekabrdagi “ Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Pf 
-5270 Farmonida va 2019 yil 29 apreldagi PF- 5712 “Xalq ta’limi tizimini 2030 
yilgacha rivojlatirish konsepsiyasi”da xam inklyuziv ta’lim alohida belgilab 
qo’yilgan. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi 
“Inklyuziv ta’lim” deb nomlanib, unga quyidagicha ta’rif berilgan:
“Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarining 
xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim 
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi), yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) 
uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. 
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.” 
Hukumat O‘zbekistonda alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv 
ta’limni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarni tasdiqladi. Jumladan, umumta’lim 
maktablarida alohida ta’limga muhtoj bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch 
korreksion sinflarni ochish tartiblari belgilandi.
 
 



 
 
12 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar 
uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga oid bir qator normativ-huquqiy hujjatlarni 
tasdiqladi. 
Hujjat prezidentning 2020 yil 13 oktabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. 
Qaror bilan umumiy ta’lim muassasalarida alohida ta’limga muhtoj bolalarni 
inklyuziv o‘qitish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni nazarda tutadi: 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin