M A ’ R U Z A C H I : Y U V A S H O V . S H
Mavzu:
Dinning ijtimoiy madaniyat
hodisa sifatidagi ahamiyati.
Milliy va dunyo dinlari.
1. Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, predmeti,
funksiyalari, kategoriyalari.
2. Dinshunoslikning boshqa ijtimiy fanlar bilan o‘zaro
aloqasi.
3. Ijtimoy muhit va diniy an’analarning shaxsning diniy
e’tiqodi va individual tarbiyasiga ta’siri.
Din inson va jamiyat hayotining ma’naviy
asoslaridan biri bo‘lib, kishilarni ezgulikka
chorlab kelgan. Din
(arabcha – ishonch,
ishonmoq)
–
borliqni
yaratuvchi
va
boshqaruvchi oliy mavjudotga, ya’ni xudoga
nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va
marosimlar majmui sanaladi. Har bir din o‘ziga
xos sig‘inish obyekti va rasm-rusum, ibodat va
aqidalarga ega.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI
“Dinshunoslik”
barcha ijtimoiy fanlar qatori
o‘zining o‘rganish obyektiga ega. U dinning
paydo
bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va
jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga
diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi
evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
– o‘quvchilarga din haqida to‘g‘ri, ilmiy asoslangan va bugungi hayot
talablariga mos tushunchalar berish;
– din va uning kelib chiqishi, milliy va jahon dinlari asoslari, ta’limoti,
tarixi to‘g‘risida ilmiy-nazariy tushunchalar berish;
– dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari,
jamiyatni ma’naviy kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini
yoritish;
– mustaqil yurtimizda dinga munosabat, diniy qadriyatlarning tiklanishi,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy
tashkilotlar
to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida
tushunchalar berish;
– haqiqiy diniy qadriyatlarni soxtalaridan farqlash, turli zararli oqimlar
ta’siriga tushib qolmaslik uchun yordam beruvchi eng muhim tushuncha
va tasavvurlar asosida ma’naviy immunitetni shakllantirish;
– o‘quvchilarning dinga ongli munosabatini shakllantirish hamda diniy
bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |