4- mavzu: Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi. Mavzu rejasi



Yüklə 22,09 Kb.
səhifə5/9
tarix16.04.2022
ölçüsü22,09 Kb.
#55578
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4- mavzu Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi. Mavzu rejasi

So‘roq metodlari. So‘roq metodlari ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi, ayniqsa, anketa so‘rovi va intervyu metodlari. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.

So‘roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birinchisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi nazarda tutiladi.

Bu metodlarni qo‘llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu erda doim shaxslararo o‘zaro munosabatlar, o‘zaro ta’sir shakllari mavjud bo‘lib, tadqiqotchining sub’ektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Tadqiqot mobaynida shaxslararo idrok va sub’ektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. SHunga qaramay, juda ko‘p ijtimoiy psixologik ma’lumotlarni to‘plashda so‘roq metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelinmokda.

Shunday qilib, so‘roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat, intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir. Odamlar tilidan yozma yoki og‘zaki tarzda olingan fikrlar ma’lumotlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. CHunki suhbatdan farqli, intervyu aniq muammo doirasida, qatiy bir yo‘nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda bo‘lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga taz’yiq o‘tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o‘ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so‘zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.

Intervyu o‘tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada "rolli o‘yinlar" metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tadilar.

Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa respondentdan o‘z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo‘lib, tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan, qarashlari, fikrlari bilan mos bo‘lgan javobni beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo‘yilgan vazifaga etarli darajada mas’uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo‘lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o‘z fikriga ergashtirishga o‘xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo‘lmaslikdir. SHunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.

Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki, ularda javob variantlaridan tashqari, yana qo‘shimcha fikr bildirish uchun qo‘shimcha qatorlar qoldiriladi.

Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo‘linadi:

1. Kirish qismi yoki “respondenga murojaat" deb ataladi. Bu qismda odatda tadqiqot o‘tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonimlilik), anketani to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi. Yo‘riqnoma — murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir.




Yüklə 22,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin