ISpring dasturida interaktiv test yaratish



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə1/3
tarix26.02.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#85661
  1   2   3
12. iSpring dasturida interaktiv test yaratish. 071858

iSpring dasturida interaktiv test yaratish.


1MI-22IM guruh talabasi
Sattorova Moxidil

iSpring dasturida test yaratish


Buxoro davlat pedagogika instituti
Kompyuter yordamida onlayn taqdimotlar va elektron o‘quv kurslarini yaratuvchi zamonaviy dasturlardan biri iSpring Suite dasturlar to‘plamidir. iSpring Suite dasturlar paketiga iSpring Pro, iSpring QuizMaker, iSpring Kinetics jamlangan. Ular yordamida audio, video, interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar kabi bir qancha elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
Bu dasturlardan iSpring QuizMaker dasturi audio, video fayllar, tasvir va formulalar yordamida interaktiv testlar va anketalar yaratadi. Interaktiv testlarni iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzish uchun kompyuterga iSpring Suite dasturi bilan Adobe Flash (operatsion tizim razryadiga ko‘ra 32 va 64 bitli) dasturi o‘rnatilishi talab etiladi. Dastur o‘rnatib bo‘lingach Pusk menyusidan “Все программы” bo‘limida iSpring Suite tanlanadi va natijada oyna paydo bo‘ladi.

iSpring dasturida test yaratish


Buxoro davlat pedagogika instituti
Kompyuterga Ispring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz maker bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud.
Testlar bazasi yaratilgach, darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin.
Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun, xujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud. Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi.
Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player dasturi mavjudligi etarli.

iSpring dasturida test yaratish


Buxoro davlat pedagogika instituti
1. Bu oynadan Создать новый тест bo’limini tanlasak testlarni tuzish uchun oyna ochiladi.
Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить тест bo’limidan test yaratish amali boshlanadi.
Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish mumkin:
Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga bog‘liq. Bu test turida javob variantlarini keraklicha “добавить” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “удалить” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin