4 -ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar Reja



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix10.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#87181
1   2   3   4   5   6
4-MA\'RUZA

2. Nuklein kislota komponentlari. Ajratib olingan va tozalangan DNK va 
RNK maxsus sharoitda kislota (DNK) va ishqor (RNK) bilan gidrolizlanadi; 
ko’pincha gidroliz polinukleotidlardagi fosfodiefir bog`larini uzadigan maxsus 


fermentlar – nukleazalar ishtirokida boradi. Nuklein kislotalarning fosfodiefir 
bog`lari gidroliz qilinganda ularning struktura monomerlari – azotli asos, pentoza va 
fosfat kislota qoldiqlaridan iborat mononukleotidlar ajralib chiqadi. 
Azotli asoslar. Nuklein kislotalarning azotli asoslari kimyoviy tuzilishiga ko`ra 
2 guruhga – purin va pirimidinli guruhlarga bo`linadi. Ularning orasida asosiy va 
siyrak (minor) purin va pirimidinli asoslar mavjud. Eng muhim purinli asoslarga 
adenin va guanin; pirimidinliga esa – sitozin, urastil va timin kiradi. DNK tarkibiga 
A,G,S,T; RNK tarkibiga esa timindan boshqa shu asoslarning hammasi va urastil 
kiradi. Minor asoslar asosan tRNK va rRNK da uchraydi. Ularga qo`shimcha
metillangan purin va pirimidinli asoslar kiradi. 
Nuklein kislotalari (RNK va DNK) polimerlardir nukleotidlardan qurilgan. Ularning 
yordami bilan qafasda saqlanadigan va uzatiladigan genetik ma'lumotlar; bundan 
tashqari, ba'zi RNK molekulalari ham ishtirok etadilar Supero'tkazuvchilar 
tarkibidagi yoki katalitik molekulyar komplekslar. ( Д. Нельсон, М. Кокс. Основы 
биохимии ленинджера 2006 г, 46-48 стр ) 
Nukleozidlar. Azotli asosning pentoza bilan birikishidan hosil bo`lgan 
moddaga nukleozid deb aytiladi. Nukleozidlar N-glikozidlarga mansub. Ularda 
pentozaning C-1 atomi purinning N-3 yoki pirimidinning N-1 atomi bilan 
bog`langan. pentoza turiga qarab 2 xil nukleozidlar – tarkibida 2-dezoksiriboza 
bo`lgan dezoksiribonukleozidlar va tarkibida riboza bo`lgan ribonukleozidlar 
farqlanadi. Dezoksiribonukleozidlar faqat DNK ga; ribonukleozidlar esa faqat RNK 
ga kiradi. pirimidin va purinli nukleozidlar o`ziga mos azotli asoslar tutadi. 
Nukleotidlar. Nukleozidlarning fosfat kislota qoldig`i bilan birikishidan
nukleotidlar hosil bo`ladi, ya’ni nukleotid tarkibiga azot asosi, uglevod qoldig`i va 
fosfat kislota kiradi. Bu tartib (A-U-F) dagi nukleotid 2 xil gidroliz qilish bilan aniq 
tasdiqlanishi mumkin. Birinchi gidrolizda uglevod bilan fosfat kislota orasida bog` 
uzilib, azot asosi va uglevoddan iborat glikozid (nukleozid) hosil bo`ladi. Ikkinchi tur 
gidrolizda azot asosi erkin xolda ajralib, uglevod bilan fosfat kislotadan iborat
monosaxarid-fosfat hosil bo`ladi. Demak, nukleotid molekulasida uglevod o`rtada 
joylashgan.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin