4 -ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar Reja



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix10.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#87181
  1   2   3   4   5   6
4-MA\'RUZA



4 -Ma’ruza.  Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. 
Nukleozid va nukleotidlar 
Reja: 
1. Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi va Nuklein 
kislota komponentlari. 
2. Nuklein kislotalarning tuzilish darajalari va fizik-kimyoviy xossalari. 
3.Xromosomada DNK ning struktura tuzilishi (nukleosomalar). Nuklein 
kislotalar va organizmlar sistematikasi 
 
Tayanch iboralar: Fridrix Misher, Mononukleotid, azotli asoslar, uglevod va fosfat 
kislota, Kossel, prokariotlar, eukariotlar, DNK ning ikkilamchi strukturasi, DNK va 
RNK birlamchi strukturasi, . purin, pirimidin 
 
1. Nuklein kislotalarni o`rganish tarixi va ularning umumiy tavsifi. Nuklein 
kislotalar yangi bir biologik modda sifatida 1868 yili shveystariyalik biolog olim 
Fridrix Misher tomonidan kashf etilgan edi. U yiringni tashkil qiladigan qon 
elementlari – leykostitlar yadrosidan fosforga boy noma’lum birikmani ajratib olib, 
unga “nuklein” nomini beradi. Keyinroq bu modda kislota xossasiga ega bo`lgani 
uchun “nuklein kislota” deb ataldi. 1891 yilda nemis olimi Kossel bu moddalarni 
gidroliz qilib, ular 3 xil komponentdan: purin va pirimidinlar qatoriga kiradigan
geterostiklik azotli asoslar, uglevod va fosfat kislotadan tashkil topganligini aniqladi. 
Shuningdek, u kislotalarning 2 turi mavjudligini ko`rsatdi. Ular keyinroq tarkibiga 
kiradigan uglevod komponenti – pentozaning riboza yoki dezoksiriboza bo`lishiga 
qarab ribonuklein kislota(RNK) va dezoksiribonuklein kislota(DNK) nomini oldi.
Mononukleotidlardan tashkil topgan va zanjirda 3¹5¹ - fosfodiefir bog`lari yordamida 
bog`langan yuqori molekulyar moddalarga nuklein kislotalar yoki polinukleotidlar 
deyiladi.


Hujayra tarkibidagi DNK va RNKning umumiy miqdori uning funkstional holatiga 
bog`liq bo`ladi. Masalan, urug` hujayralari (s’ermatozoidlar)da DNK hujayra quruq 
massasining 60% ini, ko’pchilik hujayralarda 1-10, muskullarda esa 0,2 % bo`ladi. 
‘NK ning miqdori esa odatda, DNK ga nisbatan 5-10 marta ko`proq bo`ladi. Jigar, 
oshqozon osti bezi, embrional to`qimalar kabi faol ravishda oqsil sintezlovchi 
to`qimalarda RNK/DNK nisbati 4 dan 10 gacha bo`ladi. 
Yadrosi shakllanmagan bakteriya hujayralari (prokariotlar) da DNK molekulasi 
sitoplazmaning maxsus zonasida – nukleoidda joylashgan bo`ladi. Agar u 
bakteriyaning hujayra membranasi bilan bog`langan bo`lsa, mezosoma deb aytiladi. 
Kichik o`lchamli DNK bo`laklari bunday xromosomali zonadan tashqarida 
joylashgan bo`lib, bakteriyalarda bunday qismlar ‘lazmidalar deyiladi. 
Yadrosi to`la shakllangan hujayralar (eukariotlar) da DNK yadro bilan 
yadrocha oralig`ida – xromosomalar tarkibida hamda yadrodan tashqari organoidlar 
(mitoxondriya va xloro’lastlar)da bo`ladi. Hujayraning taxminan 1-3 % DNK si
yadrodan tashqariga, qolgan qismi esa yadro ichida taqsimlangan bo`ladi. DNK dan 
farqli ravishda RNK hujayrada tekisroq taqsimlangan. Bu esa RNK ning vazifasi 
turli-tuman ekanligi bilan bog`liq. Yuksak tuzilgan organizm hujayrasida hamma 
RNK ning 11 % i yadroda, 15 % i mitoxondriyada, 50 % i ribosomada va 24 % i 
gialoplazmada joylashgan bo`ladi. 
DNK ning molekulyar massasi tirik organizmning murakkablik darajasiga 
bog`liq. Odam va boshqa yuksak organizmlarning hujayralaridagi xromosomalarda 
DNK giston va giston bo`lmagan oqsillar bilan bog`langan bo`ladi. Bunday 
komplekslar dezoksiribonukleo’troteidlar (DN’) deyiladi. 
RNK ning DNK ga nisbatan molekula massasi ancha kichik. Bajaradigan 
vazifasi, molekula og`irligi va nukleotidlar tarkibiga qarab RNK ning quyidagi asosiy 
turlari farq qilinadi: informastion yoki matritsali (mRNK), transport (tRNK) va 
ribosoma (rRNK).

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin