4 -ma’ruza. Nuklein kislotalar, kimyoviy tarkibi. Nukleozid va nukleotidlar Reja


Xromosomada DNK ning struktura tuzilishi (nukleosomalar)



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix10.03.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#87181
1   2   3   4   5   6
4-MA\'RUZA

2. Xromosomada DNK ning struktura tuzilishi (nukleosomalar). Yuksak 
tuzilgan organizmlarda DNK xromosomalarda joylashgan bo`ladi. Xromosomalar 
turli shakllarda bo`lib, murakkab struktura tuzilishiga ega. Har bir xromosomada 
DNK ning bitta gigant molekulasi joylashgan, uning molekulyar og`irligi taxminan 
10¹¹, uzunligi bir necha sm atrofida bo`ladi va xromatinning asosini tashkil etadi.
Xromatin molekuladan yuqori tuzilgan strukturaga ega bo`lib, unda qo`sh 
zanjirli DNK molekulasi oqsil, kam miqdordagi RNK va anorganik moddalar bilan 
murakkab kompleks hosil qiladi. Xromatin tarkibidagi komponentlar nisbati 
foizlarda quyidagicha bo`ladi: DNK 30-45, gistonlar 30-50, giston bo`lmagan oqsillar 
4-33 va RNK 1,5-10. 
Xromatinning asosiy qismi faol emas, uning tarkibida zich taxlangan DNK 
joylashgan. Faol xromatin turli xil hujayralarda 2-11 % ni tashkil etadi. Bosh miya 
hujayralarida uning miqdori ko`proq – 10-11%, jigarda – 3-4 % va buyrakda – 2-3%. 
Elektron mikrosko’da xromatin munchoq shaklida ko`rinadi: uning sharga o`xshash 
kengaygan qismlari 10 nm atrofida bo`lib, ipsimon qismlari bilan bir-biridan ajralgan 
bo`ladi. Bunday sharsimon kengaygan joylari nukleosomalar deb ataladi. Har bir 
nukleosoma qo`sh spiralli DNK parchasi bo`lib, uzunligi 140 juft nukleotid va 8 
molekula giston (O’2A, O’2B, O’3, O’4) ga teng. Har bir nukleosomada 4 turdagi 
gistonlarning har biridan ikki molekuladan joylashgan. Qo`sh spiralning ipsimon 
qismlari 30-60 juft asosdan iborat bo`lib, O’1 gistoni bilan bog`langan hamda turli 
xil hujayralarda uning uzunligi har xil bo`ladi. Odam DNK si molekulalarining 


uzunligi santimetrlar bilan o`lchansa 3-5 sm atrofida bo`ladi, xromosomaning 
uzunligi atigi bir necha nanometr keladi. Demak, xromosomada joylashgan DNK juda 
qisqargan bo`ladi. 
Nukleosomada DNK ning taxlanish darajasi beshga teng, ya’ni uning uzunligi 5 
martaga qisqaradi. Taxminan 90 % DNK nukleosoma tarkibiga, qolgan qismi esa 
ipsimon qismiga to`g`ri keladi. Nukleosomalar “tinch” turgan xromatin, ipsimon 
qismi esa faol xromatin parchalaridir.
Nukleosomalar yoyilishi va to`g`ri shaklga o`tishi mumkin. Yoyilgan 
nukleosomalar faol xromatinga aylanadi. Bunda bajaradigan vazifaning strukturaga 
bog`liqligi yaqqol namoyon bo`ladi. Globulyar nukleosomalar tarkibida qancha ko’p 
xromatin bo`lsa, u shuncha faollashmagan bo`ladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin