3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
4-5-9-10-12

“Sadoqat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi «samimiy va chin do‘stlik, samimiyat, vafodorlik 
bo‘lib, insonga xos eng ezgu ma’naviy-axloqiy xislatni ifoda etadi, insonlararo munosabatlardagi 
birdamlik, do‘stlik, mehroqibat va samimiylik kabi fazilatlarni aks ettiradi. 
Sadoqatlilik yoki sodiqlik sadoqatning amaliy ko‘rinishidir. Vatanparvarlik – Vatanga 
va xalqqa sadoqatning oliy shakli. Tilimizda «sadoqat» so‘ziga o‘zakdosh bo‘lgan sidq, siddiq, 
sadqa va sadaqa so‘zlari ham qo‘llanadi. «Sidq» so‘zining ikki ma’nosi bor: 
birinchisi “rostlik, chinlik, to‘g‘rilik” bo‘lsa,
ikkinchisi “samimiyat va ixlos”dir.
Bu xalqimiz o‘rtasida keng tarqalgan sidqidildan, ya’ni chin dildan, sidqu vafo, ya’ni 
“sadoqat va vofodorlik” iboralari tarkibida uchraydi. “Siddiq” so‘zining lug‘atlarda to‘rtta 
ma’nosi beriladi: birinchisi “g‘oyatda rostgo‘y kishi”, ikkinchisi “Tangriga iymon keltirgan
unga chin dildan ishongan kishi», uchinchisi “Ya’qubning o‘g‘li Yusufning laqabi” va 
to‘rtinchisi “Muhammad payg‘ambarning birinchi xalifasi Abubakrning laqabi”. “Sadqa” so‘zi 
“qurbon, fido” degan ma’nolarni anglatib, xalq tilida “sadaqa” shaklida ham qo‘llanadi. Bu so‘z 
“qurboning bo‘lay” ma’nosidagi “sadqang (sadaqang) bo‘lay” iborasi hamda befahm odamga 
nisbatan “gapirgandan foyda yo‘q ekan” ma’nosida ishlatiladigan “sadqai gap” iborasi tarkibida 
uchraydi. “Sadaqa” so‘zi esa “tilanchilarga beriladigan xayr, ehson” ma’nosida ishlatiladi. 
Tilimizda qo‘llanadigan “tasdiq” va “tasadduq” so‘zlari ham “sidq” o‘zagidan hosil 
bo‘lgan. Demak, “sadoqat” tushunchasining zamirida to‘g‘ri so‘zlik va to‘g‘ri amallik, ya’ni 
so‘z va amal birligi, biror kishi yoki narsaga (masalan, g‘oya, maqsad, kasb-kor, oila, Vatan 
kabilarga) chin ko‘ngildan ishonish va ixlos qo‘yish, uning uchun o‘z oromi va manfaatlaridan 
voz kechish, ezgu maqsad yo‘lida o‘zini qurbon qilishga ham tayyor turish kabi mazmun yotar 
ekan. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin