3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
4-5-9-10-12



3-MAVZU. KASBIY MA’NAVIYATNING O’ZIGA XOS PRINSIPLARI 
Reja: 
1. Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri.
2. “Obro’-e’tibor” tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Kasbga va lavozimga 
munosib bo’lishni anglash.
3. Adolat, sadoqat, burch va halollik kasbiy ma’naviyatning bosh mezoni.
4. Kasbiy ma’naviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon 
bo’lishi.
5. Muomala madaniyati, uning asosiy shakl va qoidalari.
6. Kasbiy ma’naviyatda xulq-atvor madaniyati va xodimning tashqi ko’rinishi.
7. Nutq madaniyati, uning mazmun va mohiyati. Kasbiy faoliyat xodimlari nutqiga 
qo’yiladigan axloqiy talablar 
 
1. Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri 
 
Biz oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarni, barcha orzu-niyatlarimizni amalga oshirishda 
avvalambor milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi keng ko’lamli va 
murakkab vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi kadrlarni tayyorlash masalasini muhim 
prinsipial va hal qiluvchi darajaga ko’targanimiz hammamizga yaxshi ayon, deganda har bir 
sohada 
mehnat 
qilayotgan 
yoshlarning 
kasbiy 
madaniyat 
darajasini 
ko’tarishni 
nazarda tutgan. 
Bugungi kunda “eng yomon narsa – bu odamning oyog’i yerdan uzilishidir. Agarda kim 
qayerda tug’ilgani, kimning farzandi ekanini, qaysi zamin, qaysi tuproqning suvini ichib, tuzini 
totganini esdan chiqarsa, bilingki, u o’zini butunlay yo’qotgan bo’ladi. Bunday odamning 
kelajagi bo’lmaydi”. Shunday ekan, madaniyat, xulq-atvor va ruhiyat odamzodni kimning va 
qaysi elning farzandi ekanligini, kimga va nima uchun xizmat qilishi kerakligini doimiy ravishda 
anglatib turuvchi eng muhim tarbiyaviy omil hisoblanadi. 
“Kasbiy madaniyat” tushunchasini tahlil qilish uchun, birinchi navbatda, “kasb”, 
“madaniyat”, “faoliyat” kabi tushunchalarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu 
tushunchalar orasida “madaniyat” tushunchasi muhim o’rin tutadi. Chunki madaniyat ulkan 
hodisotlar olamini qamrab olgan va mavhumotning yuksak darajasidagi eng umumiy falsafiy-
ijtimoiy tushunchalardan biri hamda madaniyat nazariyasi tahlilini to’g’ri yo’naltira olishi 
ijtimoiy jarayonlarga xolis baho berishga yaqinlashishni va ijtimoiy hodisalarga munosib ta’sir 
ko’rsatish yo’llarini topishni anglatadi. 
“Kasb” va “faoliyat” tushunchalarini ko’rib chiqayotganda qisqacha tahlil va umum 
e’tirof etgan tushunchalar bilan cheklanamiz, chunki ular muayyan muammolar ko’rib 
chiqilayotgandagina qiziqish uyg’otadi. “Kasb” tushunchasi lotinchada professio, ya’ni maxsus 
nazariy bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni taqozo etuvchi hamda hayot kechirishning oddiy 
manbai hisoblanuvchi mehnat faoliyati, mashg’ulot turi, degan ma’nolarni anglatadi. 
Kasbiy madaniyat muammosi bilan bog’liq qarashlarni o’rganish va umumlashtirish 
kasbiy madaniyat abstrakt holda emas, balki kasbiy faoliyatning muayyan turi bilan bog’liq, 
degan xulosaga kelish imkonini beradi. Bu, o’z navbatida, kasbiy madaniyatning muayyan turlari 
va shakllarini tadqiq etishni talab etadi. Bu yerda kasbiy madaniyatning o’ziga xos shakli, kasbiy 
faoliyatning u yoki bu turiga tegishliligi haqida so’z yuritilayotgan bo’lib, unga ko’ra, 
huquqshunos, o’qituvchi, siyosatchi, harbiy xizmatchi, ichki ishlar idoralarida xizmat qilayotgan 
tezkor qidiruv, tergov hamda profilaktika xodimlarining kasbiy madaniyati to’g’risida so’z 
yuritish mumkin. 
Kasbiy faoliyatning boshqa turlarida unga oz bo’lsa-da, o’xshash bo’lgan faoliyat turini 
uchratish qiyin. Aytish joizki, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy xulq-atvoriga deviant 
submadaniyat, ya’ni umum qabul qilgan madaniyatga zid madaniyat “namoyandalari” bilan 


o’zaro 
muloqot 
ta’sir 
ko’rsatmay 
qolmaydi 
(adabiyotlarda 
“aksilmadaniyat” yoki 
“kontrmadaniyat” kabi tushunchalar ham uchrab turadi). 
Yuqorida ta’kidlanganidek, bularning hammasi ichki ishlar xodimlari mentaliteti, xulq-
atvor qoidalari, qadriyatlar va an’analarning shakllanishiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Boshqa 
tarafdan, ichki ishlar xodimlarining kasbiy madaniyati shaxs umumiy madaniyati unsurlaridan 
biri sifatida namoyon bo’ladi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin