3-Ma’ruza. Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tеkshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Ma’ruza rejasi


So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash



Yüklə 90,33 Kb.
səhifə4/6
tarix23.04.2023
ölçüsü90,33 Kb.
#101750
1   2   3   4   5   6
3-курс 3 мавзу

1. So‘z ma’nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko‘chma ma’noli so‘z va iboralar, paronim so‘zlar, shakldosh so‘zlar ma’nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo‘llaniladi Masalan, ziyrak – zirak: odamning xususiyati (sezgirligi) – ziyrak; quloqqa taqiladigan taqinchoq – zirak. Bu so‘zlarning talaffuzi ham ikki xil.
2. So‘zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma’nosini va talaffuzini o‘rgatish. Bu usul o‘zakdosh so‘zlarni o‘rganish jarayonida, ko‘m-ko‘k, oppoq, qip-qizil kabi sifatlarning ma’no nozikliklari, imlosi, talaffuzini o‘rgatishda qo‘llaniladi. Masalan, o‘quvchilar guldon, gulchi, guldor, gulli, gulsiz, gulla so‘zlarning tarkibini kuzatadilar, bu so‘zlar ma’nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so‘zlar hisobiga boyib borishini anglay boshlaydilar. Shu o‘rinda o‘qituvchi so‘zlarni o‘z so‘ziga aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o‘rganish o‘quvchining burchi ekanini aytishi lozim.
Kuzatish usuli shakllari o‘zgarayotgan so‘zlarning imlosini o‘rgatishda ham qo‘llaniladi: og‘iz+im – og‘zim, singil+im – singlim, u+ga – unga.
3. So‘zlarni belgilariga ko‘ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo‘lib, u ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so‘zlarning anglatayotgan ma’nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkonini beradi. Guruhlash kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog‘liq. So‘zlarni guruhlash uchun avvalo ular kuzatiladi, so‘ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan, qavm-qarindoshlik bo‘yicha guruhlash quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Ota urug‘i: ota, amaki, amma, dada, buvi, buva.
2. Ona urug‘i: ona, xola, tog‘a, buvi, buva.
Sifatlarda xususiyat bildiruvchi sifatlar (sho‘x, og‘ir, bosiq, aqlli, aqlsiz, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va hok.), ta’m bildiruvchi sifatlar (shirin, achchiq, nordon, taxir, sho‘r, mazali, bemaza, chuchmal va hok.) va shu kabilar guruhlash musobaqasi tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma’lum bir guruhdagi so‘zlar ro‘yxatini tuzish ishini alifbo asosida yozdirish ham mumkin. Bu jarayonda guruhlash uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Bolalar o‘yinlari nomining lug‘atini tuzing.
2. O‘zingiz bilgan shoir nomlari ro‘yxatini tuzing.
3. Ertak nomlari ro‘yxatini tuzing.
4. Joy nomlari ro‘yxatini tuzing.
5. Ma’nodosh so‘zlar ro‘yxatini tuzing va boshq.
Bular o‘rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog‘liq holda tashkil etiladi.So‘zlarning izohli lug‘atini sinf yoki maktab miqyosida tuzib, osib qo‘yilib, umumiste’molga kiritish mumkin. Bunda “O‘quvchilar pochtasi” tashkil etilishi ham mumkin. O‘quvchilar qaysi so‘zning ma’nosini bilib olishda qiynalsalar, shu so‘zni yozib yashikka tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so‘zlar ma’nosi, imlosi, izohi ustida ishlanadi.

Yüklə 90,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin