3-Ma’ruza. Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tеkshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Ma’ruza rejasi


O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish



Yüklə 90,33 Kb.
səhifə2/6
tarix23.04.2023
ölçüsü90,33 Kb.
#101750
1   2   3   4   5   6
3-курс 3 мавзу

1. O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish.O‘quvchilar darslikdagi so‘z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo‘lishi mumkin. Bu so‘z yangi paydo bo‘lgan so‘z bo‘lmasa ham, o‘quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, o‘quvchi uchun yangi so‘z hisoblanadi.
Masalan, 1-sinf “Ona tili” darsligida xabib (do‘st), darparda (oyna o‘rniga shaffof qog‘ozyopishtirilgan deraza parda), mag‘rur (kekkaygan, mag‘rur-kamtar), kamol (har tomonlama yetuk, to‘kis, kamol topmoq - xazon bo‘lmoq), xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (do‘st, birodar, qarindosh-urug‘), safdosh (harbiy xizmatda birga, tashkilotda birga), sarkarda (qo‘mondan, lashkarboshi), zeb (bezak, ko‘rk, husn), qasr (hashamatli saroy, ko‘shk) kabi so‘zlarga duch keladilar. Bunday so‘zlarning ma’nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo‘li bilan, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar bilan izohberish yo‘li bilan, gap tuzish orqali ma’nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish yo‘li bilan tushuntirish mumkin. Bunday ishlash o‘quvchilarda so‘z ma’nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi.
2. O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini bilmasliklari mumkin. Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini birdaniga o‘zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma’nosini o‘zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 1-2-sinfda o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zning bir-ikki ma’nosi bilan tanishsa, 3-4-sinflarda yana boshqa ma’nolarini bilib oladi.
Tilning barcha sathlari: fonetika, leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlang‘ich sinfda bu bo‘limlar “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” deb nomlanadi)ni o‘rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli so‘zlarning ma’nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi. Masalan, “fikri buzuq” iborasini tushuntirishda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalaniladi:
– Bu iborani “soat buzuq” birikmasi bilan taqqoslang.
– Qaysi biri o‘z ma’nosida qo‘llanyapti? (soat buzuq)
– Qaysi birikma boshqa ma’noda qo‘llanyapti? (fikri buzuq)
“Fikri buzuq” birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? (O‘quvchilar o‘ylab, niyati yomon kishilarni “fikri buzuq” deyishadi, deb izoh beradilar)
Ko‘rinadiki, taqqoslash usuli so‘z ma’nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. “Quloch otib”, “tanbeh yedi”, “ko‘zi o‘ynar”, “qalbi olov”, “til topishdi” kabi iboralarning ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi.
1-sinf darsligida “Xiva ona tarix tilmochi”, “urush yo‘lini taqqa bekitdik”, “biz ma’nosiga zeb bersak”, “rediskaga akaman”, “karvon bo‘lib kelamiz” (“Turnalar”), “chehrasiga tabassum yugurdi”, “bahor oq bulutni yetaklab ketdi”, 2-sinf darsligida “dov-daraxtning soch-soqolin qirishdi”, “Biz oqlagan daraxtlar oppoq paypoq kiyishdi” kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash o‘quvchini so‘z va iboralardan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishga undaydi.

Yüklə 90,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin