3-Ma’ruza. Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tеkshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Ma’ruza rejasi



Yüklə 90,33 Kb.
səhifə1/6
tarix23.04.2023
ölçüsü90,33 Kb.
#101750
  1   2   3   4   5   6
3-курс 3 мавзу


3-Ma’ruza.

Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tеkshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi.
Ma’ruza rejasi
1.Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimi, ko‘nikmasi va malakasini nazorat qilishning ahamiyati usullari
2.Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimi, ko‘nikmasi va malakasini nazorat qilishning shakli va usullari
3.Nazorat jarayoniga ilg’or texno-logiyalarni tatbiq etish.
Tayanch atamalar:
notanish so‘z, iboralar, ilg’or texnologiya, tovushlar, harflar, so‘z, gap, bog‘lanishli nutq
Boshlang‘ich sinflar o‘quv dasturida “ona tili, o‘qish bolalarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqni o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchan-ligini ta’minlashning muhim omilidir”, deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o‘rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug‘aviy -grammatik mashqlar orqali bajariladi.
Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til – aloqa vositasi, chunki so‘zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro‘yobga chiqqan fikrni anglaydi.
Ona tili fani o‘quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro‘yobga chiqadi, shu sabablihar bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik qonun-qoidalarini, ta’rifini o‘zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya’ni fikrni og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Lug‘at ishida so‘zning ma’nosi, talaffuzi va imlosi e’tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o‘quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o‘zgalar nutqini anglashlarini ta’minlashdir. Buning uchun o‘qituvchi ona tili darslarida qo‘llangan har bir so‘zning va ta’limiy jarayonlarda: ekskursiya, o‘zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so‘zlarning ma’nosiga e’tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak.
Tilning lug‘at boyligini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so‘zlar va ularning ma’nolari quyidagicha tanishtiriladi:

Yüklə 90,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin