2021 vatan himoyachilari yodi mangu barhayot!


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 445,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.05.2023
ölçüsü445,3 Kb.
#119461
1   2   3   4   5   6
vatan-himoyachilari-yodi-mangu-barhayot-ikkinchi-jahon-urushida-noma-lum-ketgan-bobom-begmatov-omon-va-xaramjo-ylik-urush-qatnashchilari-haqida

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami metodologik manba sifatida 
olindi. Mazkur tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, mantiqiylik, analiz, 
sentiz metodlaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushida 
noma’lum ketgan fidoyilar haqida fikr - mulohazalar olib borildi 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Darhaqiqat, ikkinchi jahon urushi tarixda yuz bergan jangu-jadallarning eng 
dahshatlisi hisoblanadi. Bu urushda vatanimizning har bir go‘shasidan yurt fidoyilari 
avvalo o‘z ona zamini, muqaddas tuprog‘ini yovdan asrash, himoya qilish uchun bel 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
546 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
bog‘ladilar. Qarshi shahrining janubiy-g‘arbida joylashgan Qadimgi Qarshi 
tumanidagi Xaramjo‘y
1
qishlog‘idan ham ikkinchi jahon urushiga yuzlab mard va 
jasur yurt o‘g‘lonlari urushning dastlabki kunlaridan jangga otlandilar. Ularning har 
birini xotirlash, nomlarini abadiylashtirish, biz minnatdor avlodlarning burchimiz 
hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushiga 400 ga yaqin Xaramjo‘yliklar safarbar etildi. 
Ulardan Bozorov Jabbor, Qodirov Parda, Rahmatov Karim, Xalilov Hikmat, Nor 
Bozorov, Nosir Haqberdiev, Fayzullaev Sayfi, Haydar Chinniev, Raupov Mavlon, 
Davron Raupov, Jo‘raev Alimardon, Jo‘rayev Shukur, Samadov Turdi Rasulov 
Umar, Qozoqov Elmurod, Qozoqov Abdulla, Jo‘rayev Safar, Samadov Tursun, 
Boybekov Ahmad, Mustanov Sayfulla, Tolipov Ahmad, Xalilov Jalil, Pirov Nor, 
Pirov Karim, Samarov Nur, Obidov Sayfi, Boqiev G‘aybi, Turdiev Qilich, Ravshan 
Odilov, Fozil Odilov, Temir Ashirov, Chori Egamberdiev, Sag‘dulla Narzullaev, 
Nabi Sodiqov, Ahad Maqsudov, Barat Qudratov, Hakim Xoliqov, G‘ofir Pardaev, 
Raim Hasanov, Yo‘ldosh Ergashev, Tursun Mamatov, Temir Pardaev, Qo‘chqor 
Jo‘raev, Najim Nosirov, Sharif Kamolov, Haydar Olimov, Amir Sultonov, Turdi 
Muqimov, Sattor Samadov, Kamol Shamsiev, Parda Mahmudov, Aziz Xayrullaev, 
Jo‘ra Eshonqulov, Tursun Akbarov, Omon Sirojiddinov, Mamatqul Tursunov
Hikmat Murodov, Xudoyor Akbarov, Sunnat Sultonov va boshqalarni ta’kidlashimiz 
mumkin. 
Bu kabi ma’lumotlarni nafaqadagi pedagog Hazratqul Haydarov “Xaramjo‘y 
mahallasi tarixidan lavhalar” nomli kitobida mahallamizdagi har bir xonadonga kirib, 
ikkinchi jahon urushiga safarbar etilgan ota-bobolarimizning qahramonligi, ularning
g‘alabaga qo‘shgan hissasi, erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlar keltirgan. 
Shuningdek, bu asarda ustoz Hazratqul Haydarov 400 ga yaqin 
qishlog‘imizning norg‘ul, azamat yigitlari, ota-bobolarimiz fashizm balosini daf 
qilish uchun jonbozlik ko‘rsatganliklari alohida ta’kidlanadi. 
Ularning ko‘rsatgan xizmatlari, jasoratlari, qaerlarda shahid ketgani borasida 
ko‘proq izlanishlar olib borishimiz, ularning har birlarini nomlarini abadiyatga 
muhrlash, yoshlarimiz esa o‘z ajdodlarining ikkinchi jahon urushida qozonilgan 
g‘alabaga qo‘shgan hissasi, ulardan faxrlanish tuyg‘usini his qilishi uchun
Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga keltirgan kulfat, asorat tafsilotlari 
to‘laligicha hali yoritilmagan. CHunki, 2020 yil 9 mayda Ikkinchi jahon urushida 
qozonilgan g‘alabaga 75-yil to‘ldi. G‘alabaning 75-yilligida xalqimizga urush 
1
Xaramjo‘y – Haram kalimasi arab tilida ta’qiqlangan, muqaddas joy. Alisher Navoiy asarlarida Makka va Madina 
shaharlari haramayn sharafayn (ikki muqaddas shahar) deb tavsif qilingan. Xaramjo‘y Qarshi shahrining janubi-g‘arbiy 
tomonida joylashgan bo‘lib, sabza va so‘lim joy, suv bilan o‘ralgan, obod maskan kabi ma’nolarni anglatadi.



Yüklə 445,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin