2021 vatan himoyachilari yodi mangu barhayot!


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 445,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix22.05.2023
ölçüsü445,3 Kb.
#119461
1   2   3   4   5   6
vatan-himoyachilari-yodi-mangu-barhayot-ikkinchi-jahon-urushida-noma-lum-ketgan-bobom-begmatov-omon-va-xaramjo-ylik-urush-qatnashchilari-haqida

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
547 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
ko‘rsatgan talofatlar, urushga safarbar etilganlar, shahid ketganlar, bedarak ketganlar 
haqidagi ma’lumotlar, raqamlar yangilandi. Arxiv ma’lumotlari, og‘zaki tarix va 
boshqa ko‘plab manbalar asosida ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar davom etmoqda. Har 
bir izlanish davomida urush talofatlarining, inson qalbini junbushga keltiradigan 
yangi faktlar, dalillar ma’lum bo‘lmoqda. 
Birgina Xaramjo‘y qishlog‘i misolida Ikkinchi jahon urushiga safarbar 
etilganlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, urushga jo‘nab 
ketganlarning atigi 10 foizi ya’ni 36 nafari o‘z qishlog‘iga qaytib kelgan. Urushdan 
qaytib kelganlarning aksariyati yarador, mayib-majruh holda qaytganlar. Hozirgi 
kunda mahallamizdan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etganlarning barchasi olamdan 
o‘tdilar. Ularning yorqin xotirasi hozir ham xalqimiz, mahalladoshlarimiz tomonidan 
hurmat va e’zoz bilan tilga olinadi, xotirlanadi. 
Ana shunday insonlardan biri, matematika fani bilimdoni, hurmatli ustoz
ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qozoqov Abdulla domladir. Qarshi tumaniga 
qarashli 25-sonli maktab (hozirda Qarshi shahridagi 30-sonli maktab) da uzoq yillar 
davomida yoshlarga saboq bergan ustozimiz G‘alaba kuniga bag‘ishlangan 
marosimlarda, tadbirlarda ko‘ksii to‘la orden va medallar bilan tashrif buyurardi. 
YOshlarga urush janggohlarida ko‘rsatgan jasorati, qahramonligi haqida ko‘zlarida 
yosh bilan xotirlab, so‘zlab berardi. Hatto dushmanni Berlingacha quvib borganligini 
ta’kidlaganligi yodimda. Qirg‘inbarot urush janggohlarida bir oyoqlaridan yaralanib, 
keyinchalik oyoqlari oqsab qolgan. 
Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yana bir hamqishlog‘imiz Begmatov 
Shomirza bobo edilar. Shomirza bobo ham ayni Ikkinchi jahon urushining shiddatli 
payti urushga kirganliklarini, ko‘rsatgan qahramonliklarini maktabning boshlang‘ich 
sinflarida o‘qib yurgan kezlarimizda maktabdagi tadbirlarda ishtirok etib so‘zlab 
berganlar. Hattoki Ikkinchi jahon urushining asorati SHomirza boboni umrining 
oxirigacha tark etmadi. U urushda boshidan yaralanganligi, boshidagi o‘qni hatto 
jarrohlik yo‘li bilan olib bo‘lmaganligini aytib berganini eslayman. 
Ikkinchi jahon urushiga qatnashib, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan yana bir 
jangchi xaramjo‘ylik Kamol SHamsievdir. U 1924 yilda Xaramjo‘y qishlog‘ida 
tavallud topgan. Kamol Shamsiev Qarshi shahridagi pedagogika texnikumida o‘qib, 
uni tugatgach, Chiroqchi tumanidagi 7-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
bo‘lib faoliyat olib boradi. Uni 1942 yil oxirlarida harbiy xizmatga chaqirishadi va u 
bir muddat harbiy mahoratini oshiradi. Kamol SHamsiev 1943 yilda urushga kiradi. 
U o‘z xotiralarida shunday ta’kidlaydi. “Dnepr daryosini kechib o‘tish kerak edi. 



Yüklə 445,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin