AS larining axborot – kommunikativ o’zaro ta’siri orqali resurslarni jamlash uni yagona axborot maydoni (YAAM -Edinoye Informatsionnoye Prostranstvo) deb nomlandigan birlashgan (korporativ) axborot resurlari darajasiga yetkazadi. Tashkilot, hududlarda YAAM amalga oshirish axborot tizimlari va uning alohida ilovalarining o’zaro aloqasi standartiga tuzish va rioya qilishda namoyon bo’ladi.
Axborot iste’molchilari– jismoniy shaxslar, tashkilotlar, hukumat organlari va hokazo. Axborot xizmatlari – axborot bozoridagi alohida Tovar turi bo’lib hisoblanadi. Masalan, kutubxona xizmatchilari tomonidan mijozlar buyurtmsi bo’yicha konkret mavzudagi adabiyot yoki boshqa turdagi materialni to’plash kabi xizmatlar. Axborot xizmatlarini faqat kutubxonalargina ko’rsatmaydilar. Ko’pgina davlatlarda turli bilin sohalari bo’yicha ilmiy-texnikaviy axborotlarni qayta ishlovchi institutlar mavjud bo’lib, to’plangan ma’lumotlar bo’yicha obzorlar, referatlar, ma’lumotnomalar tayyorlaydilar. Axborot xizmatlari sohasining rivojlanish darajasi jamiyat axborotlashuvi darajasini belgilaydi. Axborot tovarlari va xizmatlari bozori bir necha rivojlanish bosqichlarini o’tadi. Bozorning shakllanish bosqichi XX asrning 50- yillariga to’g’ri keladi. 80- yillarga kelib gullab-yashnash bosqichiga o’tdi. Jahon axborot tovarlari va xizmatlari bozoridaAQSh, Yaponiya, Angliya, Fransiya va boshqa G’arbiy Yevropa davlatlari asosiy rol o’ynaydi. 2. Axborotga bo’lgan ehtiyoj – aynan ma’lum bir ijtimoiy rol va vazifalarni bajarish uchun lozim bo’lgan axborotni olishga bo’lgan ehtiyojdir. Aksariyat hollarda iste’molchi u yoki bu maqsadga erishish uchun nimani bilishi zarurligini anglaydi va o’z qidiruv ishini ma’lum bir natijaga qaratadi. Masalan, inflyatsiya sharoitida har bir fuqaroni narx-navoning o’sishi qiziqtiradi. Abituriyent oliy ta’lim muassasasiga kirish qoidalariga oid barcha ma’lumotni o’rganadi. Tadbirkor va moliyachini birinchi navbatda birjadagi narx qiziqtiradi. Insonga u yoki bu axborot kanaliga murojaat qilish maqsadi tushunarli. Tanlov xabarning to’laligi, manbaning ishonchliligi yoki qiziqarligi va h.k. asosida qilinadi. Ammo bu yerda ham manbaning ishonchligini chuqur o’rganish lozim. Masalan, o’zini adabiy tanqidchi deb tanishtirgan shaxsning yangi adabiyot bo’yicha tavsiyalari avvalo muayyan maqsadda berilgan bo’lishi mumkin. Demak, axborotni saralash asosida uning iste’molchiga hatto, o’zi tushunmagan holatda ham qadrliligi yotadi. Axborot manbasini baholashda avvalo inson undan axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlash zarur. Mazkur jarayon ishonchli axborot manbalarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, quyidagi savollarga javob topishga harakat qilish joiz:
ushbu holatda qaysi manba axborot olish uchun eng ishonchlidir?