Bu kabi sabablar noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Dunyoda katta hajmdagi axborot potensiali yig’iladi, ammo insonlar ulardan o’z imkoniyatlari doirasida foydalana olmaydilar. Axborot krizisining yuzaga kelishi jamiyat oldiga yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketish yo’llarini qidirish zaruratini qo’ydi. EHMlarni faoliyatning turli sohalariga tadbiq qilinishi yangi evolyutsion jarayonning birinchi qadami bo’ldi. Axborotlashgan jamiyat vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat.
Axborot jamiyatida jamiyatning ko’plab ishchilari axborotni, ayniqsa uning yuqori shakli bo‘lgan bilimlarni,ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va uzatish bilan band bo’ladilar. Axborot jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi global xarakterga ega, bu esa XXI asrning birinchi o’n yilligida axborot jamiyatining asosiy belgilari va xususiyatlari shakllanitirildi. Ushbu jarayon yangi iqtisodiy rag’batlantirish, ijtimoiy qurilma(jamiyat)ning rivojlanishi, madaniyatlararo aloqaning kuchayishiga yordam beradi. Ma’lumot axborot jamiyati asosidir. Axborot jamiyati bu – bu insoniyat sivilizatsiyasini rivojlantirish bosqichi bo’lib, jamiyat va insonlar hayotida ma’lumot, bilimlarning roli va ahamiyatini keskin oshiradi.
Zamonaviy axborot jamiyati quyidagi xususiyatlarga ega:
Axborot mahsulotlari va xizmatlarining xilma-xilligi mavjudligi.
Har qanday jarayonning yaxshi va yomon tomonlari bo‘lganidek, jamiyatni axborotlashtirishning ham ijobiy hamda salbiy jihatlari mavjud. Xususan, axborotlashtirish va istiqbolli axborot texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini hamda mehnat tejamkorligini oshirishni, ilmiy bilimlar va ilg‘or texnologiyalar jamiyatda jadal tarqalishini, jamiyat intellektuallashuvi umumiy darajasini oshirishni ta'minlashi kabi ijobiy tomonlar bilan bir qatorda, axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta'sir ko‘rsatishning avj olishi kabi alohida xavfni ham yuzaga keltiradi.