2-mavzu: Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati Reja


Jamiyatni axborotlashtirish davrida axborot madaniyati



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə14/26
tarix06.06.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#125783
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Media savodxonlik 2-ma\'ruza (2)

Jamiyatni axborotlashtirish davrida axborot madaniyati – axborotdan foydalanish, dunyoning yangi (axborot) manzarasini qurish va unda o‘z o‘rnini aniqlashga asoslangan yangi turmush tarzini o‘zlashtirishga tayyorlikdir. Shaxsning umumiy madaniyatining bir qismi sifatida axborot madaniyati axloq va estetika, axborot xavfsizligi masalalarini (ham axborotni himoya qilish ma'nosida, ham inson ruhiyatini himoya qilish ma'nosida) o‘rganishi kerak.


4. Axborotlashgan jamiyat shakllanishi va rivojlanish bosqichlari


Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan. 

  • birinchi informatsion inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liqYozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi. O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan yuqori iqtisodiy va madaniy darajaga erishganligi ma’lumBunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralig’i davlatlari, Xitoy kabilarni keltirish mumkin. Bu borada piktografik va iyeroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi;

  • ikkinchi informatsion inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq. Bu hodisa axborotlarni saqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi. Savodxonlik alohida tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi. Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayoniga turtki bo’ldi;

  • uchinchi informatsion inqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Telegraf, telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi. Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi “globallashuv” jarayonining debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositalarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muhtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi;


  • Yüklə 61,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin