2-mavzu: Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati Reja


Axborot savodxonligi va axborot madaniyati tushunchalari mazmuni



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə10/26
tarix06.06.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#125783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Media savodxonlik 2-ma\'ruza (2)

3. Axborot savodxonligi va axborot madaniyati tushunchalari mazmuni


Axborot savodxonligi - qaror qabul qilish va muammolarni tahlil qilish maqsadida axborotni olish, tushunish, baholash, moslash, generatsiya qilish, saqlash va namoyish qilish uchun kerak bo'lgan kompetensiyalar to'plamidir. Axborot borasida savodxon insonlar quyidagi tayanch ko'nikmalarga ega bo'ladilar:

  • tanqidiy fikrlash, axborotni tahlil qila bilish va undan o’z fikrini bayon etishda foydalanish, mustaqil ta'lim olish qobiliyati, davlat faoliyati va jamiyatda kechayotgan demokratik jarayonlarda ishtirok etish, xabardor fuqaro va o’z kasbining ustasi bo’lishga tayyor bo’lish;

Axborot borasida savodxon insonlar odob-axloq qoida va me'yorlariga tayangan holda axborotni qanday to’plash, undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil etishni yaxshi biladilar. Mazkur kompetentsiyalar har qanday o’quv jarayoni kontekstida, shu jumladan ta'lim va kasbiy muhitga yoki o’z-o’zini rivojlantirishga nisbatan tatbiq qilinishi mumkin.
Axborot savodxonligi o’z ichiga quyidagi ko’nikmalarni oladi:
O’z axborot ehtiyojlarini aniqlash /anglash: Menga nima kerak? Qanday muammoni hal qilishga urinayapman?
Axborot manbalarini aniqlash: Qaysi axborot manbalaridan foydalangan ma'qul? Internet ma'lumotlari, kitoblar yoki televideniyedanmi? Birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi manbalarning qaysi biridan foydalanish kerak?
Axborotni qidirish: Axborotni qayerdan izlagan ma'qul?
Yordam uchun kimga murojaat qilish kerak?
Axborot sifatini tahlil qilish va uni baholash: axborotning ishonchliligi va haqqoniyligini aniqlash.
Axborotni tashkil etish, saqlash yoki arxivlash: bir nechta axborot manbalaridan olingan axborotni qanday qilib samarali tashkil etish mumkin?
Axborotdan odob-axloq me'yorlariga rioya qilgan holda samarali foydalanish: axborot yaratuvchilarining mualliflik huquqlari buzilmasligi uchun qanday harakat qilish kerak?
Yangi bilimlarni yaratish va ular bilan almashinish: Axborotni qanday taqdim etish mumkin?

Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin