Axborot manbai iqtisodiy toifa sifatida industrial jamiyatning muhim tavsiflaridan biri bo’lib hisoblanadi. Axborot manbai– mavjud bo’lgan faktlar, hujjatlar, ma’lumotlar va bilimlarning jamlanmasi bo’lib, jamiyat holatining vaqt bo’yicha o’zgarishini tasvirlaydi va mutaxassislar tayyorlashda, ilmiy izlanishlarda va material ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Hujjatlar– bu ma’lum tartibda tarkiblangan va qog’oz tashuvchilarga tushurilgan axborot qismidir.
Faktlar – predmet sohasini kuzatishlar natijasidir.
Ma’lumotlar– bu matn, vizual va so’zlashuv uchun xarakterli bo’lgan erkin tarkibdan farqli ravishda yuqori darajada formatlanganligi bilan farqlanuvchi axborot turidir.
Bilim – bu insonning nazariy va amaliy faoliyati natijasi bo’lib, yuqori darajada tarkiblangan va malakani jamlashni ifodalovchi axborotdir. Bilimning uchta asosiy turini ajratish mumkin:
deklorativ– obyektning umumiy bayonini taqdim etadi, aniq predmet sohasida ularni qo’shimcha tartiblashlarsiz qo’llash imkoniyatini bermaydi;
tushunchali (tizimli)– birinchisidan tashqari, tushuncha xossalari va tushunchalar o’rtasidagi bog’liqliklarni o’z ichiga oladi;
jarayonli (algoritmik)– yechim algoritmini olish imkonini beradi.
Axborot olish va foydalanish metodlari. Globallashayotgan jamiyatda axborot hatto xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ya'ni u jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiy, ham salbiy kuch sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Shu ma'noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega bo'lgan mamlakatlar qulay sharoitga ega bo'ladilar. Bu esa hatto mamlakatlar o'rtasida yoshlarni buzg'unchi yoki bunyodkor shaxs sifatida shakllantirishda manfaat jihatidan o'ziga tegishli qilib tarbiyalash istagini oshiradi va bu mamlakatlararo mafkuraviy kurash shaklini ham namoyon etadi. Shunga ko'ra ko'pgina davlatlarda globallashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, ular yagona jahon uyg'unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar. Shu o'rinda axborot manbalari masalasi chuqurroq tahlil qilinadigan bo'lsa, uni uch toifaga ajratish mumkin(quyida bu haqda fikr yuritiladi). Tajribali foydalanuvchi turli xil axborot manbalarining bir nechtasini tanlaydi va zaruratga ko'ra ulardan foydalanadi.