Axborot deyilganda biz radio va televideniye xabarlarini, kitob, gazeta, berilganlar bazasi, kutubxona ma’lumotlarini, insonlar bilan muloqot qilish orqali va ilmiy jurnallardan olingan bilimlarni nazarda tutamiz. Axborot og’zaki, yozma, elektron signal va radioto’lqin yordamida uzatiladi. Sezgi organlari, foto va videokameralar, elektron datchiklar yordamida qabul qilinadi.
Alohida xabarlar va ma’lumotlar qayta ishlanadi, shakllantiriladi, tizimlashtiriladi, saralanadi va yangi axborot yoki yangi bilimlar olinadi. Turli usullar va shakllar yordamida taqdim etilayotgan axborot, sifatidan qat’iy nazar, ma’lumotlar deyiladi. Jo’natish uchun mo’ljallangan axborot xabar deyiladi.
Keng ma’noda axborot – bu ma’lumotlar, bilimlar, xabarlar bo’lib, saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo’yilgan masalalarni yechishga yordam beruvchi obyekt hisoblanadi. Axborot tushunchasini matematik turdagi abstrakt tushuncha deb qarash mumkin. Ammo, uning bir qator xususiyatlari uni moddiy olamga yaqinlashtiradi. Axborotni olish, saqlash, qayta ishlash, uzatish va o’chirish mumkin. Moddiy olamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun
axborot tashuvchi;
axborotni taqdim etuvchi;
uzatkich;
aloqa kanali;
axborot qabul qiluvchi bo’lishi zarur.
Uzatish muhiti manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga birlashtiradi. Axborot tushunchasi u xossalarini ifodalovchi biror bir obyekt bilan bog’liq. Axborot kuzatish, hisoblash tajribalari hamda mantiqiy xulosalar orqali olinishi mumkin.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.Texnik axborot
2. Agrobiologik axborot
3. Siyosiy axborot
4. Huquqiy axborot
5. Ommaviy axborot va h.k.
Jamiyat va tabiatni o’zgartirish uchun insoniyat faoliyatining har qanday turi yangi axborotlarni olish bilan kuzatilgan. Tabiat, jamiyat va fikrlashning obyektiv qonuniyatlarini ifodalovchi mantiqiy axborot «ilmiy axborot» nomini olgan. Uni olinish yoki qo’llanilish sohalariga qarab turlarga ajratish mumkin. Masalan: siyosiy, iqtisodiy, fizik, ximik, matematik va boshqalar. Ilmiy axborot bilan bir qatorda texnika sohasida ishlab chiqarish masalalarini yechishda texnik axborot qo’llaniladi. U yangi mahsulotlar, materiallar, agregatlar, konstruktsiyalar, texnologik jarayonlarning ishlab chiqilishida asosiy omil bo’ladi. Ayrim hollarda, ilmiy va texnik axborotlar birlashtirilib, ilmiy-texnik axborot deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |