Atmosferaning ifloslanishiga qarshi kimyoviy usullar



Yüklə 7,64 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü7,64 Kb.
#197662
To\'xtabayeva


ATMOSFERANING IFLOSLANISHIGA QARSHI KIMYOVIY USULLAR
To’xtaboyeva Sayyora Abdulboqiyevna
Farg’ona shahar Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi
Annotatsiya: Atmosfera havosining toza, musaffo bo'lishi insonning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq. Shuning uchun atniosferani ifloslayotgan yirik shahar va sanoat obyektlarida havoni tozalash sohasida turli chora-tadbirlar ishlab chiqarilgan hamda tadbiq etilgan. Atmosfera havosi shunday xususiyatlarga egaki u vaqt-vaqti bilan o'zini tozalab turadi. Chunki turli sabablar natijasida havo tarkibiga qo'shilgan gaz va mexanik zarralar atmosferada bo'ladigan jarayonlar natijasida havoda tarqaladi va qor, yomg'ir kabi yog'inlarda qo'shilib ketadi. Havo tarkibida iflos texnogen qo'shilmalarining ko'payishi yoki kamayishi insonga bog'liq bo'lib qoldi.
Kalit so’zlar: Turli sanoat obyektlaridan chiqadigan karbonat angidrid, oltingugurt (IV) oksid, azot (II) oksid fenol
Hozirgi kunda havoni zararli gaz va zarralardan tozalashda turli xil usullardan foydalanilmoqda. Bular asosan ikkita katta guruhga bo‘linadi. Fizik-kimyoviy usullar havoni zararli gazlardan tozalashda ishlatiladi. Bu usullar ko'pincha gazlarni kimyoviy yo'l bilan tozalash deb yuritiladi. Turli sanoat obyektlaridan chiqadigan karbonat angidrid, oltingugurt (IV) oksid, azot (II) oksid fenol va boshqalarning havoni ifloslanishidan saqlashda kimyoviy usullardan foydalanish mumkin. Kimyoviy birikmalardan tarkib topgan filtrlovchi
uskunalar yordamida zavod, fabrika va kombinatlardan chiqadigan zaharli gazlar tutib qolinadi. Yoki turli katalizator yordamida saqlab turiladi. Sanoatning gaz holidagi chiqindilarini suyuqliklar yordamida absorbsiyalash zararli birikmalaming turli erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bo'lib, eng ishonchli usul hisoblanadi. Absorbsion tozalash usuli uzluksiz- yopiq jarayonbo‘lib, atmosferaga chiqariladigan uglerod oksidlari, azot oksidlari, xlor, oltingugurt birikmalari, sianli birikmalar, fenol kabi birikmalarni ushlab qolish uchun qo‘llaniladi. Absorbent sifatida suv, ammiakli suv, o'yuvchi ishqorlar, etanolaminlar, kaliy permanganat, kalsiy sulfatning suspenziyasi, marganets oksidlari ishlatiladi. Absorbsion reaktorlar sifatida esa, to‘ldiruvchilar bilan to'ldirilgan minoralar yoki tarelkali reaktorlardan foydalaniladi. Sanoatning chiqindi gazlarini katalizatorlar yordamida tozalashning mohiyati shundaki, bunda barcha zararli gazlar boshqa zararsiz birikmaga aylantiriladi va havoga chiqarib yuboriladi. Fizik usullar guruhi havodagi zaharli gaz, qattiq va suyuq qo‘shilmalarni chang, tutun va boshqalarni tozalaydi. Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlaridan atmosferada iflos gazlarni tozalab chiqarishda turli chang va mayda zarraiarni tutib qoladigan oddiy filtrli uskunalardan foydalaniladi. Bu usullar gruppasi arzon energiya hisobiga havodagi juda mayda chang zarralarini quruq holda tutib turadi. Keyingi vaqtlarda iflos gaz va chang qo'shilmalarini elektr filtrlar orqali ushlanib qolinmoqda. Kam elektr energiyasi sarflash oqibatida soatiga millionlab kub metr havo iflos qo'shilmalardan toza bormmoqda. O‘zbekistonda sanoat obyektlarini qayta qurish va ularga o‘rnatilayotgan chang gazlarni tutib qoladigan uskunalar korxona mahsulotlarini tejash bilan bir qatorda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olmoqda.Shuning uchun ko‘pgina sanoat korxonalari shahardan tashqarida shamol yo‘nalishini puxta o'rganilgan holda qurilmoqda va korxona atrofidagi keng maydonlarda daraxtzorlar barpo etilmoqda.Sanoat korxonalari atroflaridagi havoni chiqindilardan tozalash texnologiyasi murakkab va qimmatlidir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlati atmosferani muhofaza etishda bir qator tadbirlar ko‘rdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. G. D. Shamsiddinova, D. A. Karimova “Kimyoviy Biologiya” Fan va texnologiya – 2010

  2. Константинов В.М. Экологические основы природопользования. М. 2001.

  3. I. R. Asqarov, N. X. To‘xtaboyev, K. G‘. G‘opirov - Kimyo 7-sinf darsligi. : Toshkent-2013.

  4. I. R. Asqarov, K. G. G‘opirov, N. X. To‘xtaboyev. -:Kimyo 9-sinf darsligi Toshkent-2019.

Yüklə 7,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin