2-amaliy mashg’ulot Mavzu: asosiy ekologik omillar ishning maqsadi


O‘simliklarni namlik sharoitlariga moslashishlari



Yüklə 191,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü191,95 Kb.
#180927
1   2   3   4   5   6
2-Амалий иш

O‘simliklarni namlik sharoitlariga moslashishlari 
Organizmlarning suvga bo‘lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda yashashi 
hamda moslashishlariga ko‘ra to‘rt guruhga ajratiladi: 1. Suvda yashovchi 
(o‘simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar). 2. Ortiqcha namlikda yashovchilar 
(gigrofitlar, gigrofillar). 3. O‘rtacha namlikda yashovchilar (mezofitlar, mezofillar). 
4. Qurg‘oqchil sharoitda yashovchilar (kserofitlar, kserofillar). 
Barcha o‘simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga moslanishiga 
ko‘ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar, 
kserofitlar. 
Gidatofitlar
– hayoti doimo suvda o‘tuvchi, bu guruhga asosan suv o‘tlar kiradi. 
Gidrofitlar
– tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv 
qatlamida joylashgan o‘simliklardir. Suv nilufarlari, g‘ichchak, nayzabarg, o‘qbarg 
va boshqalar shular jumlasidandir. 
Gigrofitlar
– tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo‘lgan sharoitda 
yashovchi o‘simliklardir. Ular daryo va ko‘l bo‘ylari, botqoqliklarda, sernam 
o‘rmonlar va boshqa joylarda o‘sadigan o‘simliklardir. 
Mezofitlar
– o‘rtacha namlik sharoitida yashovchi o‘simliklar bo‘lib, ularga 
ko‘pchilik madaniy va yovvoyi holdagi o‘simliklar kiradi. 
Kserofitlar
– qurg‘oqchil sharoitda yashashga moslashgan o‘simliklardir. 
Dasht, cho‘l va chala cho‘l mintaqalarida keng tarqalgan, bu o‘simliklar o‘z 
navbatida 2 guruhga ajratiladi: 
sklerofitlar va sukkulentlar
. Sklerofitlar O‘rta Osiyo 
cho‘llarida uchrasa, sukkulentlar – tanasida suv saqlovchi kaktuslar hisoblanadi. 
 
Namlikka nisbatan organizmlarda fiziologik moslanishlar 
 
Organizmlar 
Moslanishlar 
Hasharotlar 
(qo‘ng‘iz, 
xonqizi, chumoli) 
Ayiruv a’zosining (malpigi naychalari) bir uchi 
ichak orqa devorlariga tutashgan, suv so‘rilishi 
orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi 
(reabsorbsiya) 
Asalari, 
kapalak 
va 
pashshalar 
Suyuq ozuqa bilan oziqlanadi, tashqariga siydik 
orqali ortiqcha tuzlar, mochevina chiqariladi 
Sudralib 
yuruvchilar 
(toshbaqa), qushlar 
Yaxshi erimagan siydik kislotasini tashqariga 
chiqaradi 
O‘rgimchaklar 
Guanin moddasini chiqaradi 
Gidrobiontlar – lixetlar, 
mishankalar, atsidits, 
mideyalar,
qisqichbaqasimonlar 
Suvni filtrlaydi - bir kecha-kunduzda 150-280 m
3
suvni tindiradi va tozalaydi
Poykilokserofitlar, 
suvo‘tlari, moxlar, 
lishayniklar 
Qurg‘oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz 
holatiga o‘tadilar, yog‘ingarchilik paytida yana 
holatini tiklaydi 


Galopogos orollaridagi 
toshbaqalar, Avstraliya 
cho‘llaridagi qurbaqalar 
Suvni siydik qopida jamg‘arma holida saqlaydi 
Yumronqoziq kabilar 
Qurg‘oqchilikda uyani chuqur kovlaydi, tanasida 
jamg‘argan yog‘ hisobiga yozgi uyquga ketadi 
Tuyalar
To‘plagan yog‘ miqdorini metabolitik parchalaydi 
Umurtqasiz hayvonlar
Qurg‘oqchil davrda sista yoki qalin po‘stli spora 
holatiga o‘tadi 

Yüklə 191,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin