2-amaliy mashg’ulot Mavzu: asosiy ekologik omillar ishning maqsadi


Soyasevar (stsiofitlar) o‘simliklar



Yüklə 191,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix16.12.2023
ölçüsü191,95 Kb.
#180927
1   2   3   4   5   6
2-Амалий иш

Soyasevar (stsiofitlar) o‘simliklar.
Ular kuchsiz yorug‘lik tushayotgan 
joylarda o‘suvchi o‘simliklardir. Bularga o‘simliklar qoplamining pastki 
qatlamlarida o‘suvchi turlar, moxlar, plaunlar, paporotniklar, yong‘oqzorlar ostida 
o‘suvchi yovvoyi xina, tog‘ gunafsha kabilarni ko‘rsatish mumkin. Yorug‘sevar va 
soyasevar o‘simliklar morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlari bilan bir-
birlaridan farqlanadi. 
3. 
Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit o‘simliklar.
Ularning ko‘pchiligi 
yorug‘sevar hisoblansada, yorug‘lik uncha yetarli bo‘lmaganda ham, ortiqcha 
yorug‘likda ham normal o‘sib rivojlanadigan turlardir. Ularga qo‘ng‘irbosh, 
qulupnay, arg‘uvon va boshqalarni kiritish mumkin. 
O‘simliklarning harorat omiliga qarab ekologik guruhlarga ajralishi 
Barcha o‘simliklarni haroratga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikkita ekologik 
guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta’sirida yaxshi o‘sib rivojlanadigan 
termofil
o‘simliklar va past harorat ta’sirida yashovchi 
psixrofil 
o‘simliklar. Har ikki 
guruhga mansub o‘simlik turlari o‘ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil 
o‘simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi
tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo‘lishi, o‘zidan ortiqcha 
tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim davrini o‘tkazishi va boshqa 
xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Psixrofil o‘simliklar sovuq sharoitni har xil 
holatlarda (ya’ni tinim yoki vegetatsiya davrida) anatomo-morfologik moslanish 
orqali o‘tkazadi. Bunday moslanishlarga poyasining yer bag‘irlab o‘sishi, novdaning 
yotiq yo‘nalishi, to‘planish bo‘g‘ini va ildiz bo‘ynining yer ostida joylanishi, 


hazonrezgilik, po‘kak qavatining yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo‘lish kabilarni 
ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 191,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin