2-amaliy mashg’ulot Mavzu: asosiy ekologik omillar ishning maqsadi



Yüklə 191,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü191,95 Kb.
#180927
  1   2   3   4   5   6
2-Амалий иш



2-amaliy mashg’ulot 
 
Mavzu: ASOSIY EKOLOGIK OMILLAR 
 
Ishning maqsadi. 
Asosiy abiotik omillarning turlari va ularning tirik 
organizmlarga ta’siri natijasida organizmlarning moslashishlarini o‘rganish hamda 
ekologik guruhlarni aniqlash. 
Material va jihozlar. 
Turli guruhlarga xos o‘simliklar rasmlari, o‘simlik 
gerbariylari, chizg‘ich, lupa, mavzuga oid jadvallar. 
 
Nazariy material. 
 
Tabiiy muhitda uchraydigan har xil omillarni 3 ta asosiy ekologik guruhga 
taqsimlash mumkin: 1. Abiotik 2. Biotik 3. Antropogen omillar guruhi. 
1. Abiotik omillar –
organizmlarga ta’sir qiladigan noorganik muhitning jami 
omillaridir. Bu omillarni kimyoviy (atmosferaning tarkibi, suvning sho‘rligi, 
tuproqning tarkibi, loyqaning kimyoviy tarkibi), fizikaviy yoki iqlim (harorat, 
bosim, yorug‘lik, namlik, shamol) omillariga bo‘lish mumkin. Yer yuzasining 
tuzilishi (relef), geologik va iqlim abiotik omillarining xilma-xilligi tirik 
organizmlarning tarixiy rivojlanishi, muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega 
bo‘ladi. 
2. Biotik omillar –
muhitda uchraydigan organizmlarning hayot faoliyati, bir-
birlariga qiladigan ta’siri va ular o‘rtasidagi munosabatlaridan iborat, ya’ni bir tirik 
organizmga uni o‘rab turgan boshqa tirik jonzotlarning har xil ta’siri tushuniladi. Bu 
ta’sir turli ifodaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: 1. Tirik organizmlar bir-birlariga 
ozuqa manbai (o‘simliklar turli hayvonlarga ozuqa, yem-xashak; ba’zi hayvonlar 
yirtqich hayvonlarga ozuqa); 2). Bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga 
xo‘jayin-parazit (sigir, ot, it, tanasi kana, bakteriyalarga; katta daraxtlar esa moxlar 
va boshqa epifit o‘simliklarga); 3). Bir organizm ikkinchi organizmning 
ko‘payishiga sabab bo‘lishi; 4). Turli organizmlarning boshqa organizmlar 
yordamida tarqalishi; 5). Bir turning ikkinchi turga fizikaviy va kimyoviy ta’sir 
qilishi. 

Yüklə 191,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin