16 Mavzu: Kredit tizimining asosiy boʻgʻinlari va ularning oʻzaro aloqalari. Oʻqitish texnologiyasining modeli



Yüklə 167,88 Kb.
səhifə4/5
tarix18.12.2023
ölçüsü167,88 Kb.
#184035
1   2   3   4   5
16-mavzu

Kreditning ichki chegarasi - kreditning turli shakllarga ega ekanligidan kelib chiqadi (banklar, tijorat va boshqalar). Kreditning ichki chegarasi miqdor jihatdan kreditning har bir shakliga boʻlgan talabga, korxona va xalq xoʻjaligining ehtiyojiga va kredit resurslarining mavjudligiga bogʻliq

  1. Kreditning qayta taqsimlash chegarasi iqtisodiyotda mavjud kredit resurslarining hajmi bilan belgilanadi.

  2. 2.Kreditning antisipasiyaviy chegarasi. Kredit yordamida pul jamgʻarmalarini hosil qilish imkoniyatlarini soʻngi chegarasi antisipasiya deb yuritiladi va bu imkoniyat uning barcha shakllarida namoyon boʻladi.

Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq toʻlash. Bu xaq qarz summasining yigʻindisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni toʻlash muddati, olingan qarzni oʻz vaqtida uzilishiga bogʻliq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xoʻjalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank boʻyicha hisobot oyi boshiga boʻlgan oʻrtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari mavjud. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkalari tushuniladi.
real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyasiya darajasi.
Bundan tashqari kreditning qat’iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz stavkalari tushunchalari ham mavjud.
Qat’iy belgilangan foiz stavkalari kredit shartnomasi bajarilgunga qadar oʻzgarmasdan qoladi. Bunda bank oʻzining aktivlarini ma’lum qismini yoʻqotishi mumkin.
Suzib yuruvchi stavkada foiz stavkalariga tegishli oʻzgarishlarni hisobga olgan holda oʻzgartirishlar kiritib boriladi.
Xalqaro kreditlar boʻyicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-Mayne, Parij, Bryussel shaharlarida joylashgan.
Umuman kreditlar boʻyicha foiz stavkalari turli omillar ta’sirida oʻzgarib turadi. Shunday omillarning asosiylari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi.
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Koʻproq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha.
Qarzni toʻlash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-sekin kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi boʻladi va aksincha.
Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa foiz yuqori va aksincha.
Inflyasiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyasiya darajasiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda oʻzgaradi.
Pulni qarz berishdan koʻra boshqa yoʻsinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal koʻrish prinsipi amal qiladi. Masalan, agar aksiya boʻyicha dividend yuqori boʻlsa foiz pasayadi va aksincha.
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali boʻlsa foiz yuqori boʻladi va boshqa omillar.

5-ilova




Yüklə 167,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin