16 Mavzu: Kredit tizimining asosiy boʻgʻinlari va ularning oʻzaro aloqalari. Oʻqitish texnologiyasining modeli



Yüklə 167,88 Kb.
səhifə3/5
tarix18.12.2023
ölçüsü167,88 Kb.
#184035
1   2   3   4   5
16-mavzu

Chegirma berish usulida haridor toʻlov hujjatlari yozilgandan soʻng, shartnomada kelishilgan ma’lum davr ichida toʻlovni amalga oshirsa toʻlov yigʻindisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davrda toʻlay olmasa, unda belgilangan muddatda toʻlovni toʻliq amalga oshiradi.
Mavsumiy kredit odatda oʻyinchoqlar, suvenirlar va boshqa xalq iste’mol mollarini sotishda qoʻllaniladi. Masalan, oʻyinchoqlarni vaqtidan oldin olib yangi yil oʻtgach yanvar-fevral oyida toʻlaydi. Buni ishlab chiqaruvchilar uchun qulayligi ular oʻyinchoqlarni omborlarda saqlash harajatlaridan xolos boʻladilar.
Konsignasiya usulida tovarni sotib oluvchilar hyech qanday majburiyatsiz sotib oladilar, ya’ni tovarlar sotilganidan keyin puli toʻlanadi, agar u sotilmay qolsa egasiga qaytarib beriladi.
Xorijiy mamlakatlarda tijorat kreditidan keng foydalaniladi. MDH mamlakatlari amaliyotida tijorat kreditidan kam foydalaniladi. Umuman jaxon amaliyotida ham tijorat kreditining ochiq schyot, konsignasiya, chegirma berish usullari kengroq foydalaniladi.
Tijorat kreditining salbiy tomoni boʻlib tovarlarni kreditga bergan tashkilot unga pul tushgunga qadar mablagʻga muxtoj boʻlishi, uni oʻzi kreditga murojaat qilishga majbur boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalarni tijorat kreditidan foydalanishi bank kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablagʻlarini xoʻjalik faoliyatidan tezroq boʻshashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Kreditning xalqaro kredit shakli bilan fanning «Xalqaro kredit va uning tashqi iqtisodiy munosabatlarining riojlantirishdagi oʻrni» mavzusida, lizing krediti bilan fanning «Banklar va bank tizimi» mavzularida batafsil tanishish mumkin.
Kredit munosabatlarining subyektlarga yoki kreditlarning turlariga nisbatan aniq koʻrsatkichlar shaklida belgilab qoʻyiladigan kreditdan foydalanishning qat’iy chegarasi kreditlash chegarasi deyiladi. Masalan, kreditning hajmi va yalpi ijtimoiy mahsulot hajmi oʻrtasidagi nisbatdan foydalanib kredit chegarasini belgilash mumkin. Bu koʻrsatkichning optimal darajasi korxonani kreditga layoqatligini hisobga olgan holda kreditlashdir. Bunga har xil normativlarni qoʻllash, bir mijozga beriladigan kredit miqdorini cheklash kabi tadbirlarni kiritish mumkin. Kreditning quyidagi chegaralari mavjud:

Yüklə 167,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin