Darsningmaqsadi: o’quvchilarga ekranning grafik holati haqida tushuncha berish va ekranni grafik holatga o‘tkazish usullari bilan tanishtirish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarda ekranni grafik holatga o‘tkazish usullarini amaliy ishlarda qollay olish ko’nikmasini shkllantirish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: ekranni grafik holatga o‘tkazish usullarini o’rgatish orqali o’quvchilarni kasb tanlashishiga ko’maklashish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish
O‘quv jarayonining mazmuni
Graph (graf) moduli. Uses Graph ko‘rsatmasi. InitGraph(GD,GM,) protsedurasi. CloseGraph protsedurasi va uning vazifasi. PutPixel(X,Y,Rang) protsedurasi, GetPixel(X,Y) funksiyasi hamda GetMaxX va GetMaxY funksiyalari vazifalari ishlatilishi.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiyava slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.