41 – dars. Paskalda ekranni grafik holatga o‘tkazish mavzusini takrorlash
Darsning blok-chizmasi: D jadval
O’tilganlarni takrorlash avvalgi mavzular materiallari va darslikning shu mavzusida berilgan vazifalar yordamida amalga oshiriladi.
Uyga vazifa:
1. Darslikdagi ishlanmay qolgan yoki qo’shimcha misollar.
2. Test tuzish (5 ta va undan ortiq).
42 – dars. Paskalda shakllar chizish imkoniyatlari
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Paskalda shakllar chizish imkoniyatlari
|
Maqsad va vazifalar
|
Darsning maqsadi: o‘quvchilarga Paskalning shakllar chizish operatorlari haqida ma’lumot berish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Paskalning shakllar chizish protseduralaridan dasturlashda foydalanish bo’yicha bilim berish va ko’nikma shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: shakllar chizish protseduralarini o’rgatish orqali o’quvchilarni erkin fikrlashga yo’naltirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
|
O‘quv jarayonining mazmuni
|
Paskalning shakllar chizish protseduralari. SetColor(rang)–chiziq rangini tanlash, SetBkColor(rang) – fon rangini tanlash protseduralari. Joriy rang tushunchasi. Line(X1,Y1,X2,Y2), Circle(X,Y,R) va boshqa protseduralarning vazifalari.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
|
Dostları ilə paylaş: |