Mavzu
|
Nazorat ishi-5 o’tkazish
|
Maqsad va vazifalar
|
Darsning maqsadi: o’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarini nazoratdan o’tkazish va kamchiliklarni aniqlash.
Darsning ta’limiy vazifasi: o’quvchilarda olingan bilim va va ko’nikmalarni mustahkamlash.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, olgan bilim va ko’nikmalarini qo’llashga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarda o’zining har bir harakatini nazorat qila olish va tartibga solishga yo’naltirish.
|
O‘quv jarayonining mazmuni
|
Chiziqli dasturlar. Tarmoqlanuvchi dasturlar. Tarmoqlanish operatorining shakllari. Uning ishlatilish yo’nalishlari. Takrorlanuvchi dasturlar. Parametrli takrorlash operatori. Shart bo’yicha takrorlash operatori. Ularni qo’llash.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: Mustaqil ishlash.
Shakl: Yakka holda test yoki yozma ish bajarish.
Vosita: Kompyuter yordamida test o’tkazish yoki yozma ish daftari.
Usul: Ko’p variantli vazifalar.
Nazorat: Kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’quvchilar o’z bilimlarini mustaqil qo’llashni o’rganadi va kamchiliklarni hamda bo’shliqlarni aniqlaydi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)
|
O’qituvchi nazorat ishi tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi. O’quvchilar bilimi va ko’nikmalarida aniqlangan kamchiliklarni hamda bo’shliqlarni bartaraf etish uchun reja tuzadi.
|