NOT – “emas”, AND – “va”, OR – “yoki” mantiqiy amallarini qo‘llash va ularning bajarilish ketma-ketligi. Matematik misol va masalalarni yechish uchun ulardan foydalanib tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: Aralash. Guruhlarga bo’lingan holda musobaqa.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
O’quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to’g’risidagi bilim va ko’nikmalari rivojlanadi. Dasturlashda mantiqiy amallardan foydalanish malakasi hosil bo’ladi. Tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish malakasi shakllanadi.
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)
O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
Asosiy tushunchalar:
AND, OR va NOT – mantiqiy amallar, murakkab shartlar.
O’tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin.
SJ, K Avvalgi mavzulardagi materiallar asosida.
MY Darslikning avvalgi mavzusidagi yoki qo’shimcha misol va mashqlar.
BST BST-59 dan BST-75 gacha.
Mavzuni yoritish:
AH O’quvchilar e’tiboriga quyidagicha masala havola etiladi: Faqat bitta IF – THEN operatoridan foydalanib |x|<1 shart bajarilishini tekshiring.
Masalani hal etish uchun o’quvchilar 8-sinfda o’rganilgan VA, YOKI, EMAS amallarini eslashga va Paskal alifbosidagi mantiqiy amallarni taqqoslashga yo’naltiriladi.
M Shundan so’ng AND, OR, NOT mantiqiy amallar misollar yordamida tushuntiriladi.. Darslikda keltirilgan misollar orqali o’quvchilarda murakkab shartlar bilan ishlash ko’nikmasi hosil qilinadi. 1>